Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti
Yalpi ichki mahsulotda turizmni o‟rni
Download 3.36 Mb. Pdf ko'rish
|
T menejment
4.4.
Yalpi ichki mahsulotda turizmni o‟rni Yalpi turistik mahsulot – bu turizm sohasida ishlab chiqarilgan (iste‘mol qilinadigan) tovarlar va xizmatlarning qiymat hajmidir. Qiymat ifodasida turistik mahsulot ikki uslubda baholanadi: 50 korxonalar, hududlar daromadlariga aylanadigan turistlar xarajatlari summasi sifatida; turistik mahsulotni ishlab chiqarish xarjatlari summasi sifatida. Daromad sifatida yalpi turistik mahsulot o‗z ichiga oladi: turistik tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan tushumning bir qismi sifatidagi jami ish haqi. Bunga shuningdek taqdim etilgan zayomlar (kreditlar) kiradi; xonalar, apportamentlar va hokazolarni ijaraga berish orqali tushum; pullarni qarzga berish (masalan bankdagi depozit raqamida pullarni saqlash uchun foizlar) orqali turistik korxona oladigan foizlar. Foyda – turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga xarajat qilingandan so‗ng qoladigani. Xarajatlar turistik tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushumdan ayriladi. Natija salbiy bo‗lishi mumkin, qachonki korxona zarar bilan ishlasa. Daromadlarning bir qismi mulkdorga qaytmasligi mumkin, ammo kelgusida foydalanish maqsadida turistik biznesda qoladi. Aynan shu qismi daromad sifatida ko‗riladi. Turistik mahsulotni ishlab chiqarishga xarajatlar summasi sifatidagi yalpi turistik mahsulotlar o‗z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: - turistik iste‘mol (tovar) va xizmatlarni xarid qilish uchun barcha xarajatlar; - xususiy turistik investitsiyalar, ular o‗z ichiga yangi kapital quyilmalarni amalga oshirishdagi harajatlarning umumiy sonini oladi, shuningdek turizm strukturasini yaxshilash maqsadidagi xususiy sektor harajatlarini; - davlat tomonidan turistik tovarlar va xizmatlarning xarid qilinishi, - turistik eksport minus import. Ushbu kategoriyada mamlakatdan turizm eksporti umumiy xarajatlar hajmi yalpi turistik mahsulot hajmiga qo‗shilishi lozim va teskarisi, turmahsulot importini umumiy yalpi turistik mahsulot hajmidan ayrilishi lozim. SHunday qilib, qiymat ifodasidagi turizmdan daromadlar turistik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlariga teng: TD= TM – KA + DS; Bu erda: TD – turistik daromad; TM – turistik mahsulot; 51 BX – bilvosita xarajatlar; DS – davlat subsidiyalari; Yalpi turistik mahsulotni aniqlashda quyidagi holatlarni inobatga olish lozim: 1. Qarzlarni tugatish turistik mablag‗larnig kamaytirilishi sifatida ko‗rib chiqiladi. Qarzlarning qoplanishi turistik mablag‗larni shakllantirish bo‗yicha xarajatlarning bir qismi sifatida ko‗riladi. Ushbu xarajatlar qo‗shilgan qiymatning bir qismi hisoblanmasada, ammo ular daromadlarga kiritilmaydi, chunki pulning turistik biznesda foydalanish uchun qaytarilmaydi. Natijada ularni turli qarzlarni qoplash uchun foiz sifatida inobatga olish lozim. 2. Bilvosita soliqlar turistik tovarlar va xizmatlar tarkibiga kiradi. SHu sababli turistik mahsulotni ishlab chiqarishdagi xarajatlarni qo‗shishda ularni daromadga teng bo‗lishini ta‘minlash maqsadida daromadning bir qismiga qarzlarni qoplash uchun bilvosita soliqlarni qo‗shish lozim. Turistik mahsulot – bu turistlarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiradigan va ular tomonidan haq to‗lanadigan har qanday xizmatdir. Bunday xizmatlarga mehmonxona, transport, ekskursion, tarjimonlik maishiy, kommunal, vositachilik va boshqa xizmatlar kiradi. Shunday qilib, turistik mahsulot tor va keng ma‘noda ko‗riladi. Tor ma‘noda turistik mahsulot – bu turistik industriya aniq sektorining (masalan mehmonxona mahsuloti, turoperator, transport korxonasi turmahsuloti va hokazo) mahsulotdir. Keng ma‘noda turistik mahsulot bu turistik sayr (tur) umumiy tashkil etuvchi tovarlar va xizmatlar kompleksi yoki unga bevosita aloqador. 20 Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling