Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


- rasm 2025-yilgacha boʻlgan davrda mobaynida


Download 3.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/116
Sana03.12.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1800746
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
Bog'liq
T menejment

11.2.- rasm 2025-yilgacha boʻlgan davrda mobaynida 
Oʻzbekistonda turizm sohasini rivojlanish pragnozlari
59
 
 
11.3. Turistik firmalarga davlat tomonidan berqiladigan 
yengilliklar.. 
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitlarida turizm 
sohasida investitsiya siyosatidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunday siyosatning maqsadi O‗zbekistonda turizmni rivojlantirish, 
turizm 
tizimini 
bozor 
sharoitlariga 
moslashtirishdan 
iborat. 
O‗zbekistonda xalqaro turizm xalq xo‗jaligining eng istiqbolli 
tarmoqlaridan biridir. Bu soha YaMM(yalpi milliy mahsulot) va valyuta 
daromadlarining o‗sishining asosiy manbaiga aylanishi mumkin. BTT 
ning ma‘lumotlariga ko‗ra Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini 
ziyorat qilishni xohlovchilar soni har yili 10 mln.dan kam bo‗lmaydi. Bu 
son faqat Yevropa mamlakatlari bo‗yicha ko‗rsatkichdir.
Agar har bir turist Respublikada unga ko‗rsatilgan xizmatlar uchun 
kuniga 100 AQSh dollari sarf qilsa, valyuta daromadlarining yillik hajmi 
5 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilishi mumkin. Bu yerda asosiy masala 
59
 
www.Uzbekturizm.uz
 sayti ma‘lumotlari


134 
kadrlarni tayyorlash, oliy darajadagi mehmonxonalar, restoranlarni 
ko‗rish va u yerdagi xizmat sifatini ko‗tarishdan iborat. 
O‗zbekistonning tarixiy merosi bu yerga turistlarni jalb qilishning 
muhim omillaridan biri hisoblanadi. Sayoramizda qadimiy, lekin uncha 
mashhur bo‗lmagan tarixga va tarixiy obidalarga boy joylar juda kam 
qolgan. O‗zbekiston boy madaniy meros va toza tabiiy hudularni o‗zida 
uyg‗unlashtiruvchi mamlakat bo‗lib, bu yerda Iskandar Zulqarnayn, 
Chingizxon, Amir Temur davrlariga mansub 4000 dan ortiq tarixiy 
yodgorliklar joylashgan. Fargona vodiysi, Toshkentning tog‗li joylari 
mamlakatning qorli tog‗lar bilan o‗ralgan eng so‗lim hududidir. Biroq, 
Respublikada zamonaviy turizm ahvolining tahlili shuni ko‗rsatadiki, 
mamlaktning o‗ziga xos salohiyati va imkoniyatlaridan yetarli darajada 
foydalanilmayapti. Buning uchun katta miqdorda sarmoyalar kerak va 
eng muhim vazifalardan biri ko‗proq xorijiy sarmoyadorlarni jalb 
qilishdan iborat.
Hozirgi kunda xorij sarmoyalarini jalb etmasdan investitsion 
faollikni oshirish va sarmoya resurslarini ko‗paytirishning sira iloji yo‗q. 
Xorijiy sarmoyaning faol ahamiyatini nafaqat AQSh, Germaniya, 
Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarda, balki Janubiy Koreya, Tayvan, 
Singapur, Gonkong singari Osiyoning tezlikda rivojlangan mamlakatlari 
hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham ko‗rish mumkin. 
Qo‗shma korxonalarni tashkil qilish, qo‗shma ishlab chiqarish va turistik 
majmualarni hamkorlikda qurish uchun to‗g‗ri xorij sarmoyalarini jalb 
etish, amaldagi obyektlarni ta‘mirlash va yangilash investitsion 
siyosatning eng muhim yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling