135
4. Onlayn viza tizimini joriy etilishi
turizm sohasiga qanday
imkoniyatlarni berdi?
Adabiyotlar
1. M.Amonboev, N.Juraeva ―Turizm iqtisodiyoti va menegmenti‖ O‗quv
uslubiy majmua 2018 yil
2.
www.world-tourism.org
– Всемирная туристская организация
3.
www.uzbekturizm.uz
sayti ma‘lumotlari,
4.
www.lex.uz
sayti ma‘lumotlari
136
12 – BOB TURISTLARGA EKSKURSIYA XIZMATINI
KO„RSATISH
12.1. Turistlar ekskursiya xizmati ko„rsatish asoslari
12.2. Ekskursiyaning turizmga bog‟liqligi
12.3. Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi
12.4. Xizmatlar sohasi strukturasi va funkstiyalari
12.5. Servis va xizmat ko‟rsatish sohasining tabiati va mohiyati.
12.1. Turistlar ekskursiya xizmati ko„rsatish asoslari
Turistik xizmatlar tarkibiga ekskursiyalar, poxodlar ham kiradi.
O‗zbekiston Respublikasining "Turizm to‗g‗risida"gi qonunida:
"ekskursiya faoliyati - turistik faoliyatning tarixiy
yodgorliklar, diqqatga
sazovor joylar va boshqa ob‘yektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan
tuzilgan yo‗nalishlar bo‗yicha ekskursiya yetakchisi (gid) hamrohligidagi
24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi",-
deyilgan.
60
Gid haqida esa: "gid (ekskursiya yetakchisi)
- tur qatnashchilariga
turistik xizmatlar ko‗rsatish shartnomasi doirasida ekskursiya - axborot,
tashkiliy yo‗sindagi xizmatlar va malakali yordam ko‗rsatuvchi jismoniy
shaxs",-deyiladi.
Ekskursiya (excursion) - turistga va ekskursant (bir
kunlik
ziyoratchi)ga taklif qilinishi mumkin. Ekskursiya turistik xizmat bo‗lib,
turistning estetik, ruhiy, boxabarlik va boshqa qiziquvchanlik
ehtiyojlarini
qondirishga
xizmat
qiladi.
Ekskursiya
mobaynida
qatnashuvchilar
olamni anglash, tabiat mo‗jizalarini, tarixiy obidalarini
ko‗rishi, shahar va bog‗larda bo‗lish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
Birinchi Rossiya ekskursiya olib boruvchisi Pyotr I hisoblanadi. U
xorijlik mehmonlarni Sankt-Peterburg bo‗ylab olib yurib,
qurilishlarni
ko‗rsatar va o‗zining muvaffaqiyatlari bilan maqtanishni yoqtirar edi.
60
O‗zbеkiston Rеspublikasining ―Turizm to‗g‗risidagi‖ qonuni. Xalq so‗zi / 1999 yil 20 avgust.