Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti
II. Litsenziya talablari va shartlari
Download 3.36 Mb. Pdf ko'rish
|
T menejment
II. Litsenziya talablari va shartlari
7. Quyidagilar turizm faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi: a) turizm to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga, turizm sohasidagi xalqaro standartlarga va O‗zbekiston Respublikasi standartlariga majburiy tarzda rioya qilish; 191 b) yuridik shaxs shtatida belgilangan tartibda ishchi organ tomonidan berilgan malaka sertifikatiga ega bo‗lgan kamida bir nafar xodim bo‗lishi; v) yuridik shaxs xodimi va gidlar (ekskursovodlar) tomonidan 2 yilda kamida bir marta ishchi organ tomonidan belgilangan tartibda beriladigan malaka sertifikati olinishi; g) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‗lgan turizm xizmatlari ko‗rsatish uchun o‗z mulki bo‗lgan yoki ijaraga olingan binolar mavjud bo‗lishi; d) eng kam oylik ish haqining kamida 400 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondiga ega bo‗lishi; ye) ishchi organ yoki u tomonidan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilot tomonidan ishchi organ belgilaydigan tartibda amalga oshiriladigan turizm xizmatlarining sertifikatsiyadan o‗tishi; j) mijoz bilan faqat O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq shartnoma (kontrakt) tuzilgandan keyin turizm xizmatlari ko‗rsatish; z) chet davlatga chiqish, kelish va u yerda bo‗lishning o‗ziga xos xususiyatlari, turistik sayohat vaqtida o‗zini tutish xususiyatlari hamda har bir aniq mamlakatda bo‗lishning boshqa qoidalari to‗g‗risidagi to‗liq ma‘lumotlarni har bir turistga belgilangan tartibda yetkazish; i) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning pochta manzili, litsenziya, majburiy tarzda sertifikatlanadigan xizmatlarga sertifikatlarning mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yo‗nalishlari uchun mas‘ul bo‗lgan mansabdor shaxslarning (gid (ekskursovodning)) familiyasi, ismi, otasining ismi to‗g‗risida to‗liq va batafsil ma‘lumot berish; k) turistlar xavfsizligini ta‘minlash, jarohat olganda, kasal bo‗lib qolganda va boshqa hollarda tibbiy xizmat ko‗rsatish tizimining mavjud bo‗lishi; l) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, muddatlarda va miqdorlarda turistik yig‗imni to‗lash. Gidlarga (ekskursovodlarga) « g », « d » va «l» kichik bandlar талаблари tatbiq etilmaydi. Faqat mehmonxona xizmatlari ko‗rsatishni mo‗ljallayotgan oilaviy 192 korxonalar oilaviy korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng bo‗lgan ustav fondiga ega bo‗lishlari kerak. Faqat ichki turizm toifasida turoperatorlik xizmatlari ko‗rsatishni mo‗ljallayotgan yuridik shaxslar — yuridik shaxsning tegishli tashkiliy- huquqiy shakli uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng bo‗lgan ustav fondiga ega bo‗lishlari kerak. (7-band O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 13 martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‗R QHT, 2014 y., 12-son, 138- modda) Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling