Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura bulimi


MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI


Download 30.11 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi30.11 Kb.
#229514
1   2   3   4   5
Bog'liq
loyiha ishi

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tijorat banklarini depozit siyosati va ularga ta’sir etuvchi omillar xorijlik
iqtisodchi olimlardan J.S.Muyanja tadqiqotlarida atroflicha o‘rgaligan bo‘lib,
tadqiqot jarayonida mamlakat tijorat banklari depozit siyosatini muvofiqlashtirishda
depozitlarni sug'urtalash va moliyaviy vositachilik: tizimini tashkil etish, bu borada
depozitlarni sug‘urtalash korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish jarayonlari tadqiq
etilgan[2]. A.Eisdorfer tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqotlarda tijorat banklari
depozit siyosatini amalga oshirishda aktivlarni almashtirish masalasi yuqori xavf
darajasini optimallashtirish imkoniyatini shakllantiruvchi omil sifatida qayd etiladi.
Shuningdek, depozit siyosatida risk darajasini tahlil qilishda qat'iy tavakkalchilik
natijasida kapital xavfi ko‘tarilishi bilan bog’liq omilli jarayonlar tadqiqi o‘z ifodasini
topgan[3].
MDH iqtisodchi olimlaridan L.G.Batrakova tadqiqotlari orqali tijorat banklari
passiv siyosatida sodda va murakkab foizlardan foydalanish hamda ularning
ekvivalentligi tahlilini amalga oshirish bilan bog’liq jarayonlar tadqiq etiladi. Depozit
siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi xavfining mohiyati, baholanishi,
boshqarilishi va sug‘urtasiga doir chora-tadbirlar tizimini tashkil etish jarayoni tadqiq
ko‘rsatilgan[4].
А.P.Vojjov banklar tomonidan to‘plangan depozitlar yig‘indisini ularni
aktivlarga joylashtirish talablariga moslashtirishning mohiyati va usullari hamda
uning muvozanatini saqlagan holda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish uchun
bank resurslarini konvertatsiya qilish qonuniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini
yoritib bergan[5]. S.V.Rikov esa zamonaviy bozor sharoitida jismoniy va yuridik
shaxslarning bo‘sh mablag‘larini depozitlarga jalb qilish va depozit resurslarining
maqbul hajmini tijorat banklari tomonidan faol va passiv operatsiyalarni samarali
boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari tadqiq etilgan[6]. А.B.Dudka
tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirishda tijorat bankining strategik
maqsadlari bajarilishini ta'minlashda, shuningdek resurslar miqdori, sifati va
taqsimlanishini aniqlashga qaratilgan, taktik rejalarni ma'lum strategik maqsadlarga
yo‘naltirish tizmini tadqiq etadi[7].
V.P.Akinina, E.A.Zolotova, P.B.Straxovlar o‘z tadqiqotlari orqali tijorat
bankining jalb qilingan va ajratilgan resurslarining optimal nisbati asosida iqtisodiy
va matematik model, cheklov parametrlarini hisobga olgan holda - kredit
tashkilotlarining likvidlik standartlarini hisobga olgan holda, moliyaviy resurslarni
jalb qilish va joylashtirishning maqbul portfeli shakllantirishni tavsiya etadilar[8].
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Sh.Z.Abdullayeva o‘z tadqiqotlarida
depozit amaliyoti bilan bog’liq munosabatlarni tahlil qiladi va moliya-kredit yoki
bank muassasasiga berilgan pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlar emas, balki
bank omonatlari bilan bir qatorda bojxona to‘lovlari, yig’imlar, soliqlar va
hokazolarni to’lash uchun kiritilgan badallar ham depozit sifatida talqin etadi[9].
A.A.Omonov esa, bank resurslarini boshqarishda strategik rejalashtirish jarayoniga
alohida e’tibor qaratish lozimligini shuningdek, moliyaviy resurslarni jalb etish va
joylashtirishda muddatlar bo‘yicha muvozanatlashtirish maqsadga muvofiqligi
ta’kidlaydi[10].
U.D.Ortiqovning fikricha, tijorat banklari depozit strategiyasini ishlab chiqish va
uni amaliyotga qo‘llashda tijorat banklari depozit bazasining barqarorligini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi
shundaki, tijorat banklarining depozit siyosatida qo‘llanilayotgan taktik vositalarning
qay darajada depozit strategiyasiga mos kelayotganligini aniqlash imkoniyati tijorat
banki depozit bazasining barqarorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish
asosida yuzaga keladi [11]. A.M.Rahimov, bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan
shartnomaga asosan muayyan maqsadlarda bankka pul mablag’larini jalb qilish va
ularni saqlash bilan bog’liq operatsiya sifatida ta’kidlaydi va tijorat banklarining
iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larni yetarli darajada jalb etishi va ushbu
mablag‘larni samarali joylashtirishi muhim vazifalardan biri hisoblanishini qayd
etadi[12]. Tijorat banklarining jalb qilgan mablag‘lari tarkibida talab qilib olinguncha
mablag‘lar salmog’ining yuqori ekanligi banklarga jalb qilingan mablag‘lardan to‘liq
foydalanish va uzoq muddatli investitsion operatsiyalarni amalga oshirishga to‘sqinlik
qilishini e’tirof etadi. Bank depozit bazasining mustahkamligi banklarning muddatli va
jamg’arma depozitlari ulushining umumiy depozitlar tarkibida yuqori ekanligi bilan
belgilanishini ta’kidlaydi[13]. O.U.Mamadiyorov, B.O.Tursunov esa, tijorat banklari
aktiv operatsiyalaridan farqli ravishda bankning passiv operatsiyalari xo‘jalik
faoliyatini olib borish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar yig‘indisi sifatida
qaraydilar[14].
Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish strategiyasi uzoq muddatga
mo‘ljallangan hujjat ekanligi, depozit siyosati esa uni amalga oshirishning taktik
vositalaridan biri ekanligini e’tiborga olgan holda depozit xizmatlarini ko‘rsatish
yuzasidan belgilangan strategik vazifalar alohida olingan davrlar (odatda yillar)ga
taqsimlanadi. Depozit operatsiyalari borasida belgilangan strategik vazifalarni
alohida olingan davrlar kesimida ifodalashda quyidagi xususiyatlar e’tiborga olinishi
lozim:
- bank faoliyatining barqarorligi, xavfsizliligi va likvidlilik pozitsiyasini
ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni samarali boshqarish
uchun depozit siyosati boshqa faoliyat yo‘nalishlari bo’yicha siyosatlar bilan uzviy
bog‘langan bo‘lishi shart. Xususan, bank depozitlariga jalb etilayotgan resurslarning
tarkibiy tuzilmasi kredit siyosatini ishlab chiqishda e’tiborga olinadigan birinchi
navbatdagi omil hisoblanadi. Ayni paytda bank likvidlilikni boshqarish siyosati
depozit siyosatining asosiy parametrlarini belgilab beruvchi hujjat vazifasini bajaradi;
- depozit siyosatini muvafaqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan uni bajaruvchi
mutaxassislar uchun tushunarli va aniq ifodalangan shaklga keltirilishidir.

Download 30.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling