Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti


Rentabellik va uni oshirish yo'llari


Download 62.08 Kb.
bet5/6
Sana18.03.2023
Hajmi62.08 Kb.
#1280122
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Himoyaga tavsiya etildi

Rentabellik va uni oshirish yo'llari XYuSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag'larga yoki realizatsiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko'rsatkichlaridan tez-tez foydalaniladi:
• sotuv (sotish) rentabelligi;
• o'zlik kapitalning rentabelligi;
• aylanrna aktivlarning rentabelligi;
• aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi;
• investitsiyalarning rentabelligi.
Sotuv (sotish) rentabelligi XYuS sotuvi (sotishi)ning hajrnida sof foydaning salrnog'ini ko'rsatadi va uni quyidagi formula yordarnida aniqlash mumkin:
K". = (SFh : SH) x 100%
Bu yerda: K - sotuv (sotish) rentabelligi; rs SFk - XYuSning sof foydasi; SH - XYuSning sotuv hajmi. O'z kapitalining rentabelligi XYuSning egalari tornonidan investitsiya qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu ko'rsatkich mablag'larning boshqa XYuSlarga, qimmatli qog'ozlarga va depozitlarga qo'yilishi imkoniyati bilan taqqoslanadi. Bu ko'rsatkich kompaniyaning egalari tornonidan XYuS qo'yilgan har bir birlik sof foydaning qancha pulli birligini «ishlaganligini» ko'rsatadi. Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsienti XYuS raqobatbardoshligi va innovatsionligining eng muhim indikatorlaridan biri hisoblanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
Kr; = SFk : (O'K + UMM) x 100%
Bu yerda: Kr; - XYuS investitsiyalarining rentabelligi; SFk - XYuSning sof foydasi; O'K - XYuSning o'zlik kapitali; UMM- XYuSning uzoq muddatli majburiyatiari. Rentabellikni oshirish yo'nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog'liq: • foyda summasini ko'paytirish; • foyda olish uchun xarajatlarning darajasini va resurslarni kamaytirish. Bu yo'nalishlar har bir XYuSda konkretlashtirilishi va rentabellikni oshirish rezervlarini qidirib topish hamda ulardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.

Download 62.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling