Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya fakulteti


Download 21.58 Kb.
bet2/2
Sana26.03.2023
Hajmi21.58 Kb.
#1298122
1   2
Bog'liq
esse falsafa

Hayot qizig'a....

Tongdan uyg'onasan, ishga yana kimdir o'qishga shoshgan.
Bekatga yetib kelib avtobusingni kutib turganingda ozroq asabiylik bilan hammani kuzata boshlaysan.
Avtobusing keldi. Ketaturib bu uzoq yo'lda ko'p narsalarni o'ylab chiqa boshlaysan. Men nega ketyapman? Nega o'qiyapman? Nega ishlayapman? Hammasi nima uchun kerak? Baribir o'lamizku... Nega yashayapman o'zi degan daxshatli savol ham keladi bexosdan hayolga. Bu savol esa ancha o'ylantiradi va o'zinga o'zing javob topib, ba'zi joylarida o'zingni oqlash va taskin berishga ham tushasan. Lekin aniq javobni ayta olmayapsan.
Hayot qiziq.
Hayoldagi o'ylar ko'p.
Nega yashayapsiz?
Nega faqat o'ylovlar bilan chegaralanib qolaveramiz.
Qachonki yashashdan ma'no va mazmun topganimizdagina barcha o'ylarimizga javob topishimiz mumkin. Eng alamlisi nima bilasizmi? Tongda turli xil maqsadlar bilan uyg'onib, kechqurun bugun tongda rejalashtirgan maqsadlarini qila olmaganiga afsuslanib uxlay olmaslik...
Bunday xol bo'lmasligi mumkin qachonki maqsadingiz bo'lmasa...
Maqsadingiz bo'lmasa demak siz bu hayotga nega kelganingizni unutib qo'ygansiz yoki umuman bilmaysiz! Demak, siz yashamayabsiz. Hozircha shunchaki qo'g'irchoqsiz!
Buni bemalol haqorat sifatida qabul qilishingiz mumkin.
Zamon o'zgaryabdi deymizu lekin aslida shu zamonni o'zimiz o'zgartrayotganimizni bilmaymiz. Bir birimizdan bir oģiz shirin so'z hattoki jindek tabassumni ham qizģonamiz. Bugun nafrat bilan uxlayotganlar ertagayam o'sha nafrat bilan uyģonmang. Uxlang lekin qalbni toza qilib. Ertaga esa sof qalb egasi bölib uyģoning. Zero hayotga bir marotaba kelamiz.
Dunyoga INSON bo'lib keldik, keling INSON bo'lib yashaylik va albatta INSON bo'lib ketaylik!

Hayotimizning asosiy valyutasi – bu vaqtdir. Tavakkallik haqida o’ylaguncha kimdir tavakkal qiladi va muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Qaror qabul qilish haqida o’ylaguncha, kimdir o’z qarorini qabul qiladi va muvaffaqiyatga erishadi. Sen bemani narsani yaratgancha, kimdir bir umr uchun yaratadi. Foydasiz ishlar bilan shug’ullansang, kimdir foydali ish qiladi.


Senda har kuni muammo bo’lishi mumkin – kuchli bo’l!

Har kuni katta muvaffaqiyatlar haqida hayollar kelishi mumkin, lekin buni hayol qilib qoldirma.
Har kuni turli xil insonlar bilan muloqat qilishing mumkin. Barcha bilan muloqat qil, shunda insonlarni ko’ra olasan.
Vaqtni hech qachon ortga qaytarib bo’lmaydi. Biz qancha vaqt qolganini ham bilmaymiz. Imkoniyatlardan foydalan, o’zingga yoqadigan ish bilan shug’ullan, yaqinlaringni asrab avayla. Doimo rivojlanishda bo’l va o’z ustingda ishla!”
Atrofimizda yaxshilar bor deyman...
Menimcha, atrofimdagilarga ko'p-ko'p ta'kidlayman shu gapni va bugun ham aytmoqchiman: atrofimizda yaxshilar juda ko'p! Yaxshilar o'zlarining yaxshi ekanligini bayon qilishmaydi...

Hali ham bor, ojizlarni tinglaydiganlar.
Hali bor, yordam qo'lini tutadiganlar.
Bor... so'zlamay tinglaydiganlar.
Ko'p... indamaygina yaxshilik qilib va yana ko'zdan g'oyib bo'ladiganlar.
Unday insonlar, yaxshilikni va yoki ular nimadir ish qilsalar yaxshilik deb emas, "Men shuni shunday qilishim kerak! Bu menga yuklatilgan!" – deb qaraydiganlardir, ular!
Yomg'irda — soyabon tutadigan...
Yupun bo'lsang, ilitadigan.
Chanqasang — obihayot ilinadigan insonlar bor!
Bor!
Ishoning!
Agar, shubha qilsangiz, yana o'zingiz bilasiz! Faqat, yana bir jajji sir borki, balkim, Sizning o'zingiz sinovdadirsiz!? O'z o'ylaringizga sodiq qolaman desangiz, rostdan insonlarga ishonch yo'q — shunga o'xshash gaplar Sizni halovatingizni buzayotgan bo'lsa, Siz bo'ling!
Bo'ling Siz — yaxshi!
Siz borku, mana!
O'shanda, Sizni kimdir "—Yaxshim, boringizga shukr!" – deganda, yuragingiz to'xtab qolay deydi...
Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling