Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Moliya va Buxgalteriya fakulteti cc-62-20 Topshirdi: Komilov. Sh Qabul qildi: Shoaxmedova. N axborot kommunukatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot


Download 15.67 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.67 Kb.
#1493804
Bog'liq
essey12




Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Moliya va Buxgalteriya fakulteti
CC-62-20


Topshirdi:Komilov.Sh
Qabul qildi:Shoaxmedova.N
AXBOROT KOMMUNUKATSIYA TEXNOLOGIYALARI, RAQAMLI IQTISODIYOT
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida”gi axborotini eshitdi.
Qonunchilik palatasi shuni ta’kidlaydiki, 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini (bundan buyon matnda Kompleks dastur deb yuritiladi) amalga oshirish mobaynida O‘zbekistonda milliy telekommunikatsiyalar tarmog‘ini rivojlantirishga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatiga joriy etishga, “Elektron hukumat” infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan tizimli va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizning telekommunikatsiya texnologiyalari, aloqa tarmoqlari va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy miqdori 2,1 trln so‘m bo‘lgan 17 ta loyihani hamda axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari komplekslarini yaratishga doir 28 ta tadbir va loyihani o‘z ichiga olgan Kompleks dasturning amalga oshirilishi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirishning infratuzilmaviy asosini shakllantirish imkonini berdi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar hisobiga magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, aholining, shu jumladan qishloq joylarda va borish qiyin bo‘lgan mintaqalarda yashovchi aholining axborot texnologiyalari va xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi infratuzilmani rivojlantirish ta’minlandi.
Foydalanuvchilarning 2 000 dan ziyod davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy saytlaridan foydalanishini ta’minlaydigan, ishga tushirilgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joriy etilayotgan elektron hukumat axborot tizimining muhim elementidir. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 700 mingdan ziyod interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatildi, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari sonining foiz hisobidagi ko‘rsatkichi 57 % ga yetkazildi.
Soliq va bojxona sohasida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini avtomatlashtirishning yuqori darajasi soliq va statistika hisobotini elektron shaklda topshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining ulushini 100 % ga yetkazish va yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi chog‘ida tovarlarni elektron tarzda deklaratsiya qilishga to‘liq o‘tish imkonini berdi.
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi Kompleks dasturni amalga oshirishning muhim bosqichi bo‘lib, uning kuchga kirishi jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish jarayonlarini faollashtirish uchun huquqiy asos yaratdi. Deputatlar amalga oshirgan monitoring yakunlari ushbu Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan talab etiladigan bir qator qonunosti normativ hujjatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o‘z vaqtida qabul qilinganligi to‘g‘risida guvohlik bermoqda.
Elektron hukumat tizimi doirasida idoralararo hamkorlik va o‘zaro ma’lumotlar almashishga doir davlat standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash amalga oshirilmoqda, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan elektron shakldagi hamkorlikka o‘tishni ta’minlash borasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ta’kidlaydiki, Kompleks dastur loyihalarining amalga oshirilishi jarayonida ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlanadi. Xususan, elektron hukumat tizimi loyihalarini amalga oshirishning tarmoqqa oid jadvallarini o‘z vaqtida bajarmaganlik hollari mavjud.
Shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish mexanizmlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari rivojlanmaganligi, ushbu maxfiy axborot turidan g‘ayriqonuniy ravishda foydalanish faktlariga yo‘l qo‘ymaslikning huquqiy kafolatlarini kompleks va tizimli tarzda ta’minlovchi yaxlit qonun mavjud emasligi Kompleks dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mexanizmlari to‘g‘risida fuqarolarning xabardorlik darajasi past bo‘lib qolmoqda, bu esa elektron hukumat tizimining amalga oshirilayotgan loyihalari samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida”gi axborotini eshitib hamda “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompleks dastur tarkibiga kiritilgan, amalga oshirish bosqichlarida oqsashlar mavjud bo‘lgan ayrim loyihalar, xususan — “Kommunal” kompleks axborot tizimi (O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi), “Ta’lim” kompleks axborot tizimi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi), Milliy geoaxborot tizimi (O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi) o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilsin.
3. 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qo‘shma tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligi va ijro etish uchun qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlashga doir qo‘shma tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida:
amaldagi qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va yangitdan qabul qilingan “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida elektron hukumat tizimini va elektron davlat xizmatlarini joriy etish jarayonlarini tartibga soluvchi zarur qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida va to‘liq qabul qilinishini ta’minlasin;
aholining kompyuterga oid bilimlari, fuqarolarning, tadbirkorlik subyektlarining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish to‘g‘risida xabardorligi darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan axborot-tushuntirish chora-tadbirlarining ta’sirchanligini kuchaytirsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Download 15.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling