Haqiqiy sharoitlardagi boshqaruvning aniq uslubi ob'yektiv va sub'yektiv xarakterdagi quydagi omillarni belgilab beradi:
jamoaning vazifalari va xizmatlari;
jamoaning ish sharoitlari;
jamoaning o'lchamlari va tuzilishi;
rahbarning shaxsiy sifatlari va tajribasi;
menejerning kasbiy mahorati;
mehnat jamoasi a'zolarining kasbiy tayyorgarlik darajasi va ongliligi;
mehnat jamoasining pishib yetilganligi va birlashganligi darajasi va boshqalar.
Rahbarlik uslublarining kengligi to'liq demokratiyadan to mutloq avtokratiya gacha yoyilib ketadi. Ruhshunoslar va sotsiologlar tomonidan o'tkazilgan rahbar larning har xil turlari va ular faoliyati samaradorligining tadqiqotlari rahbarlikning uchta eng ko'p uchraydigan uslublar: avtoritar yoki avtokratik, demokratik va liberalni ajratishga imkon bergan, ammo amalda mutloq u yoki bu uslubga rioya qiluvchi rahbarlar kamroq uchraydilar.
Menejerlarning tashkilotdagi o'rniga, ular tomonidan hal qilinadigan vazifalarga ko'ra ushbu vazifalar ularga ko'proq yoki kamroq darajada mos bo'lishlari mumkin. Ammo har bir menejer albatta qarorlar qabul qiladi, axborotlar bilan ishlaydi va tashkilot(bo'linma)ning rahbari bo'ladi.
Korxona menejerlarining darajalari
Quyi darajadagi menejerlar(kichik boshliqlar) bevosita ishchilar va boshqa xodimlarga (boshqaruvchilarga emas) rahbarlik qiladilar.
Ularning zo'raki ishi bitta vazifadan boshqasiga tez tez o'tish bilan ta'riflanadi. Qarorlarni amalga oshirish uchun vaqtli davr g'oyatda qisqadir.
O'rtacha darajadagi menejerlari
- O'rtacha darajadagi menejerlari kichik boshliqlarning ishini muvofiqlash tiradilar va nazorat qiladilar. Ular odatda tashkilotdagi yirik bo'linmalarni boshqaradilar va yuqori va quyi darajalardagi rahbarlar o'rtasidagi o'ziga xos bufer bo'ladilar.
Yuqori darajadagi menejerlar umuman tashkilot uchun qarorlar qabul qilishga javob beradilar. Ularning ishi aniq yakunlanishga ega emas, katta tavakkalchilikka ega. Bu bo'g'in menejerlari boshqa bo'g'inlar menejerlariga qaraganda ancha kamroqdir. Ularning mehnati yuqori baholanadi, qoidaga ko'ra yaxshi haq to'lanadi.
Yuqori darajadagi menejerlar
"tower management"-boshqaruvning quyi bo'g'inlari (bo'linmalar va ularga o'xshash boshqa bo'limlar rahbarlari).
"top management" - ya'ni boshqaruvning yuqori bo'g'ini (bosh direktor va boshqaruvning boshqa a'zolari);
"middle management" - boshqaruvning o'rtacha bo'g'ini (boshqarmalar va mustaqil bo'limlar rahbarlari);
G'arbiy korxonalarda yana quyidagilar ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |