Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti MTU-16 guruh talabasi To'yiyev Avazbekning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti. Menejerning imidji Menejer haqida tushuncha
Menejer - bu boshqaruv faoliyati bilan shug'ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma'lum turlari bo'yicha qarorlar qabul qilish vakolatlarga ega bo'lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o'rinlarni egallaydilar (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma'lum turlarining tashkilotchisi, boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo'lmagan masalalarni yechadilar, har xil vazifalarni bajaradilar.
Tashkilot menejersiz mavjud bo'lishi mumkin emas, chunki ular quyidagi vazifalarni bajaradilar:
tashkilotdagi alohida operatsiyalar o'rtasidagi aloqalarni o'rnatadilar;
tashkilot tomonidan o'zining asosiy belgilanishini bajarilishini ta'minlaydilar;
tashkilot yoki bo'linma jamoasiga rahbarlikni amalga oshiradilar;
obro'si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda qo'l ostidagilarni o'zining orqasidan olib borishga qodir yetakchi rolida bo'ladilar;
tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar;
tashkilot faoliyatining natijalari uchun javobgarlikka ega bo'ladilar;
tashkilotga tegishli bo'lgan shaxslar yoki idoralarning mafaatlarini ta'minlaydilar;
Boshqaruv uslubi - bu rahbar tomonidan foydalaniladigan masala-larni yechishni eng xarakterli va barqaror usullarining majmuasi, uning qo'l ostidagilarga nisbatan hulqining odatlari. Boshqaruv uslubi jamoa va umuman korxona (tashkilot) faoliyatining samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |