Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil ish


Download 85.33 Kb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi85.33 Kb.
#1496372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
saman

YaIM




YaIM

Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to’lanadi. U ish haqiga ko’plab qo’shimchalar, ijtimoiy sug’urta to’lovlari va nafaqa ta‘minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot hamda imtiyozlarni o’z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo’shimchalar ishchi kuchini yollash bilan bog’liq bo’lgan xarajatining bir qismi sifatidai chifadi va shu sababli korxonaning ish haqi to’lashga umumiy sarflarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi to’lovlaridan iborat. Bunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizli to’lovlar, foizli daromadlar tarkibidan chiqariladi. Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo’linadi: bir qismi mulkga daromad va boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi.



Xulosa
O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning bozor munosabatlariga asoslangan Milliy iqtisodiyoti shakllana boshladi. Milliy iqtisodiyot - bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Jahon (xalqaro) iqtisodiyoti esa bir-biriga o’zaro ta’sir etuvchi, xalqaro aloqalarga intiluvchi barcha milliy iqtisodiyotlar yig’indisidir. Milliy va jahon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari, integratsiyalashuv omillari, tendentsiyalarini iqtisodiy oliy o’quv yurti talabalarining bilishlari maqsadga muvofiqdir.
Bakalavr darajasini olayotgan har bir talaba mustaqil davlatning iqtisodiy siyosatini, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’z modelini, uning shakllanish jarayonini bilmog’i lozimdir.
Milliy va jahon iqtisodiyoti kursi Oliy o’quv yurtlarining moliya, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, sug’urta ishi, buxgalteriya hisobi va audit hamda boshqa iqtisodiy yo’nalishlarida o’qiyotgan bakalavr-talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ularni mamlakat iqtisodiyotida kechayotgan chuqur va ko’p qirrali jarayonlarni o’rganishga undaydi.
Milliy va jahon iqtisodiyoti kursi O’zbekiston iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishi, itisodiyotni isloh qilish jarayonlarini, o’zbek milliy modelining mohiyatini hamda respublika aholisining yuqori turmush darajasiga ega bo’lgan iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga bosqichma-bosqich o’tish jarayonlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Milliy va jahon iqtisodiyoti kursi quyidagi vazifalarni hal qilishga e’tiborni qaratadi:

  • Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurish va rivojlanishning o’ziga xos yo’llarini va muammolarini o’rganadi.

  • Respublikaning iqtisodiy potentsialini, uning tarkibini, o’sish dinamikasini tahlil qiladi.

  • Iqtisodiyotni boshqarish vazifalarini va asosiy printsiplarini hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish va davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish tizimini o’rganadi.

  • Mamlakatni tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil qilish, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik o’rnatish tartibini o’rganadi.

  • Globallashuv jarayoni va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv shakllari, uning mexanizmlarini o’rganadi va h.k.

Milliy va jahon iqtisodiyoti kursi mamlakatimiz iqtisodiyoti, uning iqtisodiy komplekslari, iqtisodiy islohotlar, ularning natijalari, bir-biri bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarini hamda rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish davriga xos bo’lgan davlatlar iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini o’rganishni taqozo qiladi

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

  1. Karimov I. A., Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli, – T.: 1993

  2. Shodmonov SH.SH., G‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – T.: «Fan va tеxnologiya» nashr, 2008.

  3. Z.Yo’ldoshev X.Xalilova “Milliy va Jaxon iqtisodiyoti” o’quv qo’llanmasi. T.: 2013


Web-saytlar:

  1. www.lex.uz

  2. https://uz.atomiyme.com/

  3. https://arxiv.uz/ru

  4. https://tsue.scienceweb.uz/



Download 85.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling