Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti raqamli iqtisodiyot fakulteti
Download 1.36 Mb.
|
FayzullayevAT-83 (2)
3.Blok tuzilishi. Blokcheyn bloklari sarlavha va blok tanasidan tuuziladi. Bloklardagi yozuvlar tizimi blok korpusi deb ataladi 8-rasm.
8-rasm. Blok tuzilishi sxemasi Bunda asosan bloklarning sarlavhasiga katta e’tibor berish lozim. Sababi, yozuvlardagi asosiy maxfiy xabarlar shu blokning sarlavha qismida saqlanadi.Blokcheyn zanjiridagi barcha bloklarni kalitlar yordamida biriktiradi, bunda, har bir blokning kaliti o’zidan keyingi har blokning sarlavhasiga qo’shib boriladi. Bu juda muhim amallardan bo’lib, bir vaqtning o’zida blokning xavfsizligini va buzilmasligini kafolatlaydigan texnik yechim bo’lib hisoblanadi. Yuqorida, aytganimizdek, har bir blokning kaliti, umumiy bloklar bilan oldingi blokning kaliti ma’lumotlarini foydalangan holda hisoblanadi. Bu jarayonlar bo’yicha quyidagicha mulohazalarni keltiramiz. Birinchidan, blok disklarida faqatgina shu blokgina emas, oldingi bloklarning yozuvlari kodlanadi. Bloklarda ixtiyoriy blokdagi ma’noga ega bo’lmagan bitta simvolning o’zgarishi kalitlarning to’liq o’zgarishiga olib keladi(1-jadvalga qarang), albatta bu o’z navbatida barcha keyingi bloklarning kalitlarining o’zgarishini talab qiladi. Shunday qilib, barcha blokcheyn zanjiri bloklari kalitlarini ko’rgan holda, ixtiyoriy ma’lumotlatning haqiyqiyligini tekshirish mumkin. Tekshirish jarayonida, tartib raqami to’g’ri kelmaydigan yoki zanjirning ixtiyoriy bo’lagiga qo’shilgan yangi bloklarda kalit asosan bloklarga kiritilgan yozuvlarning o’zi bo’ladi. Umumiy qilib aytganda, ma’lumotlarning haqiyqiyligiga va konfedentsialligiga oson ishinch hosil qilish mumkin. Ikkinchidan, blokning kaliti tizim xavfsizligining darajasini belgilovchi muhim xavfsizlik qoidalarini qanoatlantirishi kerak, tizimning havfsizlik darajasi blokcheyn zanjirlaridagi bloklar soni o’sishi natijasida o’zgaradi. Bunda, bloklarning kalitlari nollardan tuzilgan holda boshlanishi kerak. Kalitlarning bu turdagi generatsiyasi yangi haqiyqiy va sun’iy bloklarni yaratishga imkoniyat yaratadi. Lekin, shuni e’tirborga olish kerakki har bir ma’lumotlar yig’indisi uchun ixtiyoriy vaqt momentida bitta o’zgarmas kalit qo’llaniladi. Endi blokcheyn zanjirlari bloklariga qo’llaniladigan kalitlarni yasash jarayonini ko’rib chiqamiz. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling