Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti raqamli iqtisodiyot fakulteti


Kalitlarni yaratish (mining) jarayoni


Download 1.36 Mb.
bet6/10
Sana31.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1312680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FayzullayevAT-83 (2)

Kalitlarni yaratish (mining) jarayoni. Kalitlarni yasash jarayoni mayning deb ataladi. Bu jarayonni mayner amalga oshiradi. Mayner bu blokcheyn texnologiyasi tizimining foydalanuvchisi bo’lib, bloklardagi ma’lumotlarni tekshirish, tarqatish va blokcheyn zanjirlaridagi bloklarni yasash jarayonini ham amalga oshiradi. Mayner boshqa tizim bloklari qismlaridan yangi yozuvlarni qabul qilgandan so’ng,ularni biriktirib qurilayotgan yangi blokning sarlavhasini yasaydi va blok kaliti hisoblaydi. Dastlabki hisoblashlardan keyin quyidagicha kalit hisoblanadi.
«
»
Lekin, yuqorida aytgaimizdek kalit qoidalarga mos turda boshlang’ich sonlari nollardan boshlanishi lozim. Bunda, kalit ustida berilgan qoidalar bajarilmadi. Bu muammoni hal qilishda kalitlar generatsiyasini qayta amalga oshirish kerak ya’ni kiruvchi ma’lumotni kalit nollardan boshlanguncha o’zgartirish lozim. Ammo bu juda murakkab bo’lib, uni qayta hisoblab natijaga olib kelishinig imkoniyati yo’q. Kelib chiqqan bu muammoni yechishda, blok sarlavhasida «NONCE» deb nomlanuvchi maydon ishlab chiqildi. Bu maydonda dastlabki hisoblashlar qiymati 0 bo’ladi. Shundan so’ng mayner blokga 1 qiymatini beradi va kalitni qayta hisoblaydi. Natijada quyidagicha kaliti hosil bo’ladi.


Bunda, kalitining dastlabki raqamlarini nollar tashkil qilmadi, demak jarayon yana davom etadi. Mayner bu jarayonda milliyard, trillion amal bajaradi. Natija quyidagicha rasmda keltiriladi.

9-rasm. Mayner kalitlarni generatsiya qilish jarayoni
9-rasmda ko’rsatilganidek hisoblashlar natijasida NONCE 15265 bo’lib berilgan ma’lumotga mos turda, qoida asosida

kalitlar kelib chiqadi. Kalitlar hisoblangandan keyin mayner blokni shakllantirib tizimdagi boshqa foydalanuvchilarga yuboradi. Natijada, blokdagi yozuvlar kriptomustahkamligi yuqori bo’lgan kalitlar bilan shifrlanadi. Blok kaliti esa kripto hujumga bardoshli algortim asosidagi generatsiya qilingan kalitlar yordamida himoyalanadi. Mayning kalitlarni ishlab chiqarishi bu jarajonning turg’unligini tasdiqlaydi. Boshqacha aytganda, kalitlarni izlash, bloklarga kiritilgan yozuvlar hajmi va mavjud kalitlar bilan bloklarni qayta tekshirish jarayonini amalga oshirish mumkin emas. Sababi ixtiyoriy iteratsiya bajarilganda kalitlarni topish jarayoni bir hil turda amalga oshiriladi. Bu deganimiz, kalitlar ustida qayta hisoblashlarni yuritish, kaltilarni sotish va sotib olish, kalitlar omboritni yaratish kabi amallarni bajarish mumkin emas, chunki tizimdagi barcha foydalanuvchilar teng huquqli. Har bir maynerda mos kalitlarni olishning faqat yagona imokoniyani hisoblashdir, mayner shu tarzda o’z ishini amalga oshiradi. Bunda maynerlarga kalitlarni hisoblagani va bloklarni shakllantirgani uchun haq to’lanadi. Mayner kalitlarni tez va ishonchli hisoblash jarayonlarini amalga oshirsa va bloklarni shakllantirsa, tizim meynerga bajarilgan amallari uchun haq belgilaydi. Keyinchalik tizimda yaratilgan bloklar tekshiriladi. Asosan bloklar kompleks murakkab hisoblash usulidan foydalangan holda shakllantiriladi. Bu oddiy kriptografik bloklarni yaratish va zanjirdagi soxta bloklarning mavjud bo’lmasligini ta’minlaydi. Yuqorida keltirib o’tganimizdek blokcheyndagi bloklar yozuvlarini o’zgaritirish mumkin emas. Sababi, bloklar yozuvlarini o’zgartirish blok kalitining o’zgarishiga olib keladi. Kalitlarning o’zgarishi esa tizimdagi kalitlarning mos kelmasligini keltirib chiqadi, bu esa tizimdagi boshqa foydalanuvchilar tomonidan tahdid sifatida qabul qilinadi va yozuvlar o’zgarishsiz qoladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling