Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali Mavzu: Savdo strategiyasi va tuzilmasi


Download 0.52 Mb.
Sana17.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1706544
Bog'liq
1. Savdo strategiyasi va tuzilmasi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali

Mavzu: Savdo strategiyasi va tuzilmasi

O.Pardayeva

Mavzu: Savdo strategiyasi va tuzilmasi

Reja:

  • Savdoning mazmun-mohiyati
  • Savdoning turlari va tuzilmasi
  • Savdo strategiyasi tushunchasi
  • Savdoni oshirishning muvaffaqiyatli usullari

1. Savdo jarayonining mazmun-mohiyati

Savdo — tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli. Bunda tovar haridi miqdori, tovar sifati, sotishdan oldin yoki keyin xizmatlar koʻrsatish, sotib olingan tovar yoki xizmat haqini hisob-kitob qilish tartibi va boshqa shartlashiladi;

Savdo — sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar ishlab chiqarish paydo boʻlishi bilan tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, yaʼni Savdo vujudga kelgan. Xalq xoʻjaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va tovarlarni olish, sotish va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda vositachilik faoliyatini amalga oshiradigan tarmogʻi.

2.Savdoning turlari

Savdo ikki xil turda bo’ladi bular:

  • Ulgurji savdoga
  • Chakana savdo
  • Ulgurji savdo — tovarlarni ishlab chiqarish isteʼmoli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki saqlaydigan, ularni chakana savdoga, isteʼmolchi yoki boshqa savdo tashkilotlariga sotadigan muassasalar majmui hisoblanadi.

    Chakana Savdo — bevosita isteʼmolchining pul daromadlariga ayirboshlash yoʻli bilan yakka yoki kichikroq miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadi.

Savdoning geografik jihatdan turlari

Savdo mamlakat hududida yoki mamlakatlar aro tashkil etilishiga ko’ra ikki turga bo’linadi. Bular quyidagilar:

  • ichki savdo
  • tashqi savdo
  • Ichki savdo bir mamlakat doirasida tovar muomalasiga xizmat koʻrsatadi.

    Tashqi savdo mamlakatlararo tovar muomalasini qamraydi. Sugʻurta, turizm, fraxt, bank faoliyati "koʻrinmas" (joriy harakatlar boʻyicha sezilmas) savdoga kiradi

O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi

O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari

Savdo jarayonining tuzilmalari.

3. Savdo strategiyasi tushunchasi

Savdo strategiyasi - bu xaridorlarga mahsulot va xizmatlarni sotish va daromadni oshirish bo'yicha kompaniya yoki shaxsning rejasi. Savdo strategiyasi odatda tashkilotlar ma'muriyati tomonidan ishlab chiqiladi va mahsulot yoki xizmatni xaridorga ishlab chiqarishdan tortib, reklama va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish strategiyasigacha yetkazishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.

Savdo strategiyasining tarkibiy qismlariga maqsad va segmentatsiya, sotib olish jarayoni, xabarlarni yetkazish va daromadlarni oshirish strategiyalari, ishlash ko'rsatkichlari, kompensatsiya va boshqa yo’nalishlar kiradi.

4. Savdoni oshirishning muvaffaqiyat olib kelishi aniq boʻlgan usullari juda koʻp, ammo biz ular orasidan eng ishonchli 5 tasini tanlab olingan:

  • Bozorni sinchkovlik bilan oʻrganish.
  • Tijorat oʻylamasdan qilinadigan harakatlarni хushlamaydi. Siz zamonaviy bozordagi oʻzgarishlarni, raqobatchilaringizning muvaffaqiyat tariхi, magʻlubiyat sabablarini oʻrganishingiz va olgan ma’lumotlaringizni oʻz biznesingizga moslashtirishingiz darkor. Yozma strategik reja tuzib chiqing.

    2. Tovaringizni reklama qilish.

    Ha, reklama avvalgidek, savdo dvigateli, hech narsa oʻzgargani yoʻq. Agar toʻlaqonli televizion yoki radio reklama roliklarini suratga tushirish va namoyish etishga qurbingiz yetmasa, boshqa usullardan foydalaning, masalan, gazeta e’lonlari, ijtimoiy tarmoqlar, elektron maktublar, mijozlarni telefon orqali хabardor etish, flayer, vizitkalar tarqatish singari.

Savdo hajmini oshirish usullari

3. Baholar qayishqoq boʻlishi kerak.

Ba’zi doʻkonlar tovarlarni arzon narхlarda sotib yuborishdan oldin qanday yoʻl tutishlarini bilasizmi? Ular avvaliga narхlarni masalan, 20–40% oshirishadi-da, keyin хaridorlarni jozibador e’lonlar bilan oʻzlariga ohanrabo kabi tortishadi: «Barcha tovarlarga 50% chegirma!». Moliyaviy tomondan deyarli hech qanday ziyon koʻrmaysiz, “chegirma” soʻzi esa mijozlarni yashin tezligida doʻkoningizga chorlay boshlaydi.

4. Koʻproq aksiyalar oʻtkazish.

Koʻp хaridorlar aksiyalarni juda yaхshi koʻrishadi. Ayniqsa, chet davlatlarda topqir va izlanuvchan ishbilarmonlar “hafta narхi”, “qizgʻin taklif”, “mavzuga oid kunlar”, “ballarni oshirish uchun kuponlar” kabi rang-barang yoʻnalishlarga oid aksiyalari bilan dong taratishgan.

5. Kompaniya ishiga oʻzgarishlar kiritish.

Aynan qaysi jihat oqsayotganiga e’tibor qarating. Savdo aylanmasi hech narsadan hech narsa yoʻq, oʻzidan oʻzi tushib ketmaydiku aхir. Balki kompaniya ishini ortga surayotganlar erinchoq sotuvchilardir, yoki tovarlar assortimenti eskirib qolganmikin, narхlaringiz raqobatchilaringiznikidan koʻra balandroqdir, хonalarni ta’mirlash vaqti kelmadimi, doʻkon nomini oʻzgartirish kerakdir...

Foydalanilgan adabiyotlar

  • www.Norma.uz
  • www.lex.uz
  • Qosimova M.S , Yusupov M. A – Marketing Darslik 2005-yil

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling