Mustaqil ish mavzu: ieee 802 (ieee 802. 3, 802. 11, 802. 15, 802. 16) standartlari Bajardi: Doniyorov R. Guruh: 307 Qabul qildi: Xusanov K. Reja


Download 123.39 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi123.39 Kb.
#1156251
  1   2   3   4
Bog'liq
1MI


MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI

5330300 - Axborot xavfsizligi (sohalar bo’yicha) yo’nalishi 307-gurux


“Kompyuter tarmoqlari” fanidan

MUSTAQIL ISH
Mavzu: IEEE 802 (IEEE 802.3, 802.11, 802.15, 802.16) standartlari


Bajardi: Doniyorov R.


GURUH: 307


Qabul qildi: Xusanov K.


Reja:

  1. Local va Global tarmoqlar.

  2. IEEE 802.х standartlari.

  3. IEEE 802.3 standarti.



  1. Local va Global tarmoqlar



Global tarmoqlar
Avvaliga turli hududlarda, masalan boshqa shahar va davlatlarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi global tarmoqlar vujudga kelgan (Wide Area Networks, WAN). Kompyuter tarmoqlari boshqa, ancha eski va keng tarqalgan telefon tarmoqlaridan ko’p xususiyatlarga ega edi.
Katta masofalarga yuqori sifatli aloqa liniyasini yotqizish juda qimmatga tushishi sababli birinchi global tarmoqlarda ko’pincha avval boshqa maqsadlar uchun qurilgan aloqa kanallaridan foydalanilgan. Masalan, ko’p yillar davomida global tarmoqlar vaqtning har momentida faqat bitta analog shakldagi so’zlashuvchi uzatishga qodir bo’lgan tonal chastota kanallari asosida qurilgan.
Global kompyuter tarmoqlari rivojlanishi ko’p jihatdan Telefon tarmoqlari rivojlanishiga bog’liq bo’ldi. 60-yillar oxiridan telefon tarmoqlarida ovozni raqamli ko’rinishda uzatish keyinchalik ATS va foydalanuvchilarni ulovchi, bir vaqtda o’nlab va yuzlab so’zlashuvlarni uzata oluvchi yuqori tezlikli raqamli kanallar paydo bo’lishiga olib kelgan. Birlamchi, ya’ni asos tarmoqlar uchun plezixron raqamli ierarxiya (Plesiochrohous Digital Hierarchy, PDH), ishlab chiqildi.
Avvaliga PDH texnologiyasi 140 Мbit/s tezlikda ishlagan. Lekin 80-yillarda sinxron raqamli ierarxiya (Synchronous Digital Hierarchy, SDH) paydo bo’ldi va raqamli kanallar tezligi diapazonini 10 Gbit/s tezlikkacha kengaytirdi, spectral multiplekslash texnologiyasi (Dese Wave Division Multiplexing, DWDM) esa – yuzlab gigabitdan xatto sekundiga bir necha terabitgacha.
Hozirda global tarmoqlar ko’rsatilayotgan servislar xilma-xilligi va sifati bo’yicha ancha keyin yaralgan bo’lsada bu borada uzoq vaqt peshqadam bo’lgan lokal tarmoqlar bilan raqobalasha oladilar.



Download 123.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling