Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali mavzu: firma daromadlari va foydasi, ularni hisoblash usullari
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
MAVZU: FIRMA DAROMADLARI VA FOYDASI, ULARNI HISOBLASH USULLARI
Bajardi : Kaxxorov Akbar
SAMARQAND – 2021/22
REJA:
Kirish.
Firma tushunchasi va uning turkumlanishi.
Xususiy mulk egaligidagi;
Hamkorlikka asoslangan;
Korporativ mulkka asoslangan firmalar.
Firmalarda xarajatlar tushunchasi va ularning turkumlanishi.
Xulosa.
Bozor xo`jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo amaliyotda ko`pincha korxona so`zi ko`p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma so`zlarining terminologik farqlarini ko`rib chiqsak.
1. Korxona – bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko`rinishdagi tashkilot bo`lib, u asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug`ullanadi.
2. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo`lgan va o`ziga qarashli bo`lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo`jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi.
Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasining 2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida‖gi qonunining 3-moddasida ―Tadbirkorlik faoliyati‖ tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: ―Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat hisoblanadi.
Firmalarni turli mezonlar bo`yicha turkumlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |