Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali "tasdiqlayman"
Download 131.5 Kb.
|
tadbirkorlik asoslari fan sillabusi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Ta’lim berish natijalari
II. Fanning maqsadi:
Fanning maqsadi – biznes va tadbirkorlikning mohiyati, ularning milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi o‘rni va aholining bandlik muammosini hal etishdagi roli to‘g‘risida nazariy hamda amaliy professional bilimini shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifasi - Ijtimoiy-iqtisodiy va hududiy shart sharoitlarni, maqsadlarni, texnologiyalarni, bozor va raqobat muhitini tahlil qilishni, ishbilarmonlik xavfini hisobga olgan holda biznesning faoliyat yuritishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, korxona miqiyosida iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llarini va uni amaliyotda qo‘llash mexanizmini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega ekanligini o’rgatishdan iboratdir. III. Ta’lim berish natijalari : Bilish va tushunish jihatidan: Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari kerak: Tadbirkorlik asoslarining mohiyati va mazmuni; Tadbirkorlik asoslarini iqtisodiyotda tutgan o‘rni; tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni; tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish va tahlil etishni; tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni; tadbirkorlik asoslarini bank, soliq, sug‘urta, bojxona kabi tashkilotlar bilan munosabatlarini; - tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari Tahlil jihatidan: Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari kerak: mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishning o‘ziga hos xususiyatlarini; tadbirkorlikning tashkiliy–huquqiy asoslarini hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini; tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, ularning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta’minlash shakllarini; - tadbirkorlik sub’ektlarining bank, soliq va audit bilan bo‘ladigan aloqalarini, axborot bilan ta’minlash usullarini va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari. Baholay olish jihatidan: Talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari kerak: - yangi korxonani tashkil etish; uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish tartibi; texnik-iqtisodiy asoslash va va biznes-reja ishlab chiqishni; korxonani boshqarish; kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish; - tadbirkorlik sub’ektlarida marketing faoliyatini tashkil etishning uslubiy asoslari Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling