Hujjat
|
Miqdori, t.
|
Bahosi
|
Summasi
|
№
|
Sana
|
125
|
5 may
|
30
|
85000
|
2550000
|
142
|
15 may
|
20
|
90000
|
1800000
|
May oyida 55 tonna sement qurilish ishlariga sarflangan bo‘lsa, u holda sementning qurilish tannarxiga kiritilgan qiymati FIFO usul bo‘yicha 4700000 so‘mni ( 10*80000 + 30*85000 + 15*90000), 1 iyun holatiga omborda qolgan sementning qiymati 450000 so‘mni (5*90000) tashkil etadi.
AVEKO usulida materiallarning bosh qoldig‘i va kirimi asosida ularning o‘rtacha bahosi aniqlanadi. Keyin ushbu o‘rtacha baho sarflangan va qoldiq materiallarga ko‘paytirilib, mos ravishda ularning qurilish qiymati (tannarxi)ga kiritilgan hamda qoldiqda qolgan qismlarining qiymati topiladi. Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra 1 tonna sementning AVEKO usul bo‘yicha o‘rtacha bahosi 85833,33 so‘mni [( 800000 + 2550000 + 1800000) : (10 + 30 + 20)], qurilishga sarflangan sementning qiymati 4720833 so‘mni (55*85833,33), oy oxirida qolgan sementning qiymati esa 429167 so‘mni (5*85833,33)ni tashkil qiladi.
Materiallar qiymatini baholashning bir o‘zini identifikatsiya qilish usuli, odatda, yakka (individual) tarzda yaratilgan va o‘z analogiga ega bo‘lmagan materiallarga (moslamalar, konstruksiyalarga) taalluqlidir. Bunday materiallar qaysi baholarda olingan bo‘lsa, o‘sha baholarda hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |