Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalar guruhi
- Shu jumladan ob’ektlar bo‘yicha
- Asosiy vositalar Qurilish mashinalari Qurilish uskunalari Inshoatlar Kapital investitsiya Bildirgi- naryad Yo‘l varaqasi Mashina ish faoliyati Mashina-soat Saqlash harajati
- O‘Z O‘ZINI NAZORAT QILISH UCHUN TEST SAVOL-JAVOBLARI Qurilish mashina va uskunalariga kirmaydi
- Qurilish mashinasini sotib olish qiymati 10000000 so‘m, tashib keltirish harajati 200000 so‘m, olingan kreditga to‘langan foiz -150000 so‘m
- 2-testda keltirilgan ma’lumotlar asosida qurilish mashinasini kirim qilinishiga buxgalteriya yozuvini bering.
- Ko‘tarish kranining ish faoliyati o‘lchanadi
- 6- testda keltirilgan ma’lumotlar asosida buldozerni ekspluatatsiya qilishga ketgan harajatlarning V ob’ekt tannarxiga olib boriladigan summasini toping.
- 6- testda keltirilgan ma’lumotlar asosida buldozerni ekspluatatsiya
- 9-test ma’lumotlari asosida 1-yil uchun amortizatsiya summasini toping va unga buxgalteriya yozuvini bering.
- Qurilish mashinalari bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasini qurilish ob’ekti tannarxiga kiritilishiga buxgalteriya yozuvini bering.
- MAVZUNI CHUQUR O‘RGANISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
- Mavzu 3. QURILISH TASHKILOTLARIDA MATERIALLAR HISOBI Ma’ruza rejasi
- Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarning tasnifi, tavsifi va baholanishi
Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish maqsadidagi barcha asosiy vositalarning hisoblangan eskirishi summasini bevosita asosiy ishlab chiqarish schyotiga olib borib bo‘lmaydi. Bunga sabab shundaki, ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalar qurilish tashkiloti tomonidan olib borilayotgan barcha qurilish ishlariga bir vaqtning o‘zida xizmat qilishi mumkin. Shu bois, ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalari dastlab 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida yoki 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schyotida alohida ochilgan analitik schyotlarda aks ettiriladi. Hisobot oyi oxirida yuqoridagi schyotlarda aks ettirilgan amortizatsiya ajratmalari qurilish ishlari olib borilayotgan ob’ektlar o‘rtasida maxsus hisob-kitob asosida taqsimlanadi. Amortizatsiya harajatlarini qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlab chiqish turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Ular ichida eng keng tarqalganlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: amortizatsiya summasini har bir ob’ekt bo‘yicha olingan sof tushumning jami sof tushumdagi hissasiga qarab taqsimlash; amortizatsiya summasini asosiy vositalarning hisobot davrida har bir ob’ektda ishlagan ish vaqti (bajargan ishi)ni jami ishlagan ish vaqtidagi (yoki jami bajargan ishlaridagi) hissasiga qarab taqsimlash; 3)amortizatsiyasi summasi qurilish tashkilotlari hisob siyosatida belgilangan boshqa tartiblarda taqsimlash. Ushbu ma’lumotlarga va yuqorida izohi berilgan tartibga ko‘ra ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalar amortizatsiyasi taqsimotini quyidagicha hisob-kitob qilish mumkin (2.7-jadval). Ushbu taqsimot ma’lumotlari RT-7 shakldagi ishlov qaydnomasida o‘z aksini topadi. jadval 200_ yil oyi uchun amortizatsiya ajratmalarini qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash hisob-kitobi
Ushbu taqsimot asosida aniqlangan amortizatsiya harajatlari mos ravishdagi qurilish ob’ektlari tannarxiga kiritiladi va 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga ochilgan analitik schyotlarda aks ettiriladi. TAYANCH IBORALAR Asosiy vositalar Qurilish mashinalari Qurilish uskunalari Inshoatlar Kapital investitsiya Bildirgi- naryad Yo‘l varaqasi Mashina ish faoliyati Mashina-soat Saqlash harajati Amortizatsiya Eskirish Amortizatsiya me’yori Amortizatsiyalanadigan qiymat Tugatish qiymati Xizmat muddati Yillik amortizatsiya Jamlangan amortizatsiya Amortizatsiya taqsimoti Ekspluatatsiya harajati O‘Z O‘ZINI NAZORAT QILISH UCHUN TEST SAVOL-JAVOBLARI Qurilish mashina va uskunalariga kirmaydi: ko‘tarish krani; ekskavator; v) buldozer; g) avtobus. Qurilish mashinasini sotib olish qiymati 10000000 so‘m, tashib keltirish harajati 200000 so‘m, olingan kreditga to‘langan foiz -150000 so‘m, vositachilik harajatlari - 600000 so‘m, rasmiylashtirish harajatlari - 500000 so‘m, o‘rgatish harajatlari 400000 so‘m. Qurilish mashinasining boshlang‘ich qiymatini toping 10000000 so‘m; 10150000 so‘m; v) 11700000 so‘m; g) 11300000 so‘m. 2-testda keltirilgan ma’lumotlar asosida qurilish mashinasini kirim qilinishiga buxgalteriya yozuvini bering. Debet 0160 Kredit 6010 10000000 so‘mga; Debet 0130 Kredit 6010 11300000 so‘mga; v) Debet 0130 Kredit 0820 11700000 so‘mga; g) Debet 0160 Kredit 0820 11700000 so‘mga test ma’lumotlari asosida qurilish mashinasiga qilingan kapital investitsiyaga kiritilmaydigan summani va uni aks ettiruvchi yozuvni toping. Debet 0820 Kredit 6010 10000000 so‘m; Debet 0820 Kredit 6990 1300000 so‘m; v) Debet 9610 Kredit 6920 150000 so‘m; g) Debet 0820 Kredit 6990 400000 so‘mga Ko‘tarish kranining ish faoliyati o‘lchanadi: ko‘targan yuk vazni bilan; bosib o‘tgan yo‘l uzunligi bilan; v) ko‘tarish-tushirishlar soni bilan; g) mashina-soat miqdori bilan. Kovushli ekskavatorni ekspluatatsiya qilish harajati 600000 so‘m. Jami ishlagan vaqti bir oyda 200 soat, shundan A ob’ektda 100 soat, B ob’ektda 60 soat, V ob’ektda 40 soat. Buldozerning ekspluatatsiya qilish harajati summasi ob’ektlar o‘rtasida qanday usulda taqsimlanadi? Ishlagan vaqtiga qarab; To‘g‘ridan to‘g‘ri; v) Teng taqsimlanadi; g) Rahbar xohlagan tarzda. 6- testda keltirilgan ma’lumotlar asosida buldozerni ekspluatatsiya qilishga ketgan harajatlarning V ob’ekt tannarxiga olib boriladigan summasini toping. 180000 so‘m; 120000 so‘m; v) 600000 so‘m; g) 300000 so‘m. 6- testda keltirilgan ma’lumotlar asosida buldozerni ekspluatatsiya qilishga ketgan harajatlarning A ob’ekt tannarxiga olib boriladigan summasiga buxgalteriya yozuvini bering. Debet 2010 Kredit 2520 180000 so‘mga; Debet 2010 Kredit 2520 120000 so‘mga; v) Debet 2010 Kredit 2520 600000 so‘mga; g) Debet 2010 Kredit 2520 300000 so‘mga. Kovushli ekskavatorni ekspluatatsiya qilish muddati 10 yil. Boshlang‘ich qiymati 20000000 so‘m. Tugatish qiymati 1000000 so‘m. Amortizatsiya bir maromli usulda hisoblanadi. 5 - yil oxiriga jamlangan amortizatsiya summasini toping. 10000000 so‘m; 9500000 so‘m; v) 10500000 so‘m; g) 20000000 so‘m. 9-test ma’lumotlari asosida 1-yil uchun amortizatsiya summasini toping va unga buxgalteriya yozuvini bering. 1900000 so‘mga Debet 2310 Kredit 0230; 2000000 so‘mga Debet 2310;Kredit 0230 v) 2100000 so‘mga Debet 2310 Kredit 0230; g) 1900000 so‘mga Debet 3190 Kredit 0230. Qurilish mashinalari bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasini qurilish ob’ekti tannarxiga kiritilishiga buxgalteriya yozuvini bering. Debet 2510 Kredit 0230; Debet 2310 Kredit 0230; v) Debet 2010 Kredit 2310; g) Debet 9130 Kredit 2310. MAVZUNI CHUQUR O‘RGANISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. -T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2004. 2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori «Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003 yil 12 sentyabr, 395-son. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish harajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom». O‘zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori Bilan tasdiqlangan. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos. O‘z.R. AV tomonidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatga olingan, № 475. BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot». O‘z.R. AV tomonidan 1998 yil 14 avgustda ro‘yxatga olingan, № 474. BHMS № 5 «Asosiy vositalar». O‘z.R. AV tomonidan 2004 yil 20 yanvarda ro‘yxatga olingan, № 1299. Bobojonov O., Jumaniyazov K. Moliyaviy hisob.- T.: «Moliya», 2002. Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - T.: «O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti», 2004. Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi. - T. :«Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, SBX gazetasi kutubxonasi, № 6, 2003. Mavzu 3. QURILISH TASHKILOTLARIDA MATERIALLAR HISOBI Ma’ruza rejasi: Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarning tasnifi, tavsifi va baholanishi Qurilish tashkilotlarida materiallar harakatini hujjatlashtirish va ularning ombor hisobi Qurilishga sarflangan materiallar to‘g‘risida hisobotni tuzish va unga ishlov berish tartibi Qurilish tashkilotlarida materiallarning sintetik va analitik hisobi Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uni natijalarining hisobi Qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallarning tasnifi, tavsifi va baholanishi Qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni belgilangan muddatlarda tugatilishi va buyurtmachilarga topshirilishida muhim omillardan biri bo‘lib qurilish tashkilotlarida turli xildagi hamda tegishli miqdordagi materiallarning mavjudligi hisoblanadi. Ularga qurilish materiallari, yoqilg‘i, moylash materiallari, xo‘jalik inventarlari va boshqalar kiradi. Qurilish tashkilotlarining moddiy ta’minot bo‘limlari materiallarni o‘z vaqtida va kerakli miqdorda kelib tushishini ta’minlashlari, moddiy javobgar shaxslar esa ulaming butligini va sifatini buzmasdan saqlashlari hamda qurilish maydonchalariga talab qilingan muddatlarda va miqdorlarda yetkazib berishlari lozim. Qurilish tashkiloti buxgalteriyasiga materiallarning holati va harakati ustidan uzliksiz nazoratni olib borish, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligini ta’minlash, bu boyliklarning sintetik va analitik hisobini yuritish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga o‘z vaqtida berish kabi muhim vazifalar yuklatiladi. Qurilish tashkilotlarida foydalaniladigan materiallarni turli belgilari bo‘yicha tasniflash va tavsiflash mumkin. Materiallar hisobini to‘g‘ri yuritishda, ayniqsa, ularni quyidagi belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarishda tutgan o ‘rniga ko ‘ra qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar asosiy va yordamchi materiallarga bo‘linadi. Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling