Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Ish hajmiga mutanosib hisoblash usuli


Download 254.6 Kb.
bet19/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Ish hajmiga mutanosib hisoblash usuli. Bu usulni, odatda, qurilish ishlarini olib borilishiga faol ta’sir o‘tkazadigan asosiy vositalar bo‘yicha qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunonchi, uni qurilish mashinalari va mexanizmlari, transport vositalari bo‘yicha qo‘llash mumkin. Ushbu usulda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati bo‘lib ham boshlang‘ich qiymat yoki chamalangan tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan boshlang‘ich qiymat hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni 1 birlik bajariladigan ishga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya me’yoriga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi.
Misol. Kranning boshlang'ich qiymati 40000000 so‘m deylik. Tugatish qiymati 1-holatda 5 foiz, ya’ni 2000000 so‘m belgilangan, 2-holatda esa ko'zda tutilmagan. Kranning ish faoliyati uning foydali xizmat muddatida (aytaylik,10 yil ichida) ishlagan vaqt miqdori bilan o ‘lchanadi. Ushbu vaqt miqdori 20000 soat, kranning haqiqatda ishlagan vaqti bildirgi-naryad bo'yicha birinchi yilda 3000 soat, deylik.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida kran bo‘yicha amortizatsiya quyidagicha hisob-kitob qilinadi.
Birinchi holatda. (1) 1 soatlik amortizatsiya me’yori 1900 so‘m
(38000000/20000); (2) birinchi yilda hisoblanadigan amortizatsiya summasi 5700000 so‘m (1900*3000).
Ikkinchi holatda. (1) 1 soatlik amortizatsiya me’yori 2000 so‘m
(40000000/20000); (2) birinchi yilda hisoblanadigan amortizatsiya summasi 6000000 so‘m (2000*3000).
Qurilish mashinalari va mexanizmlari bo‘yicha hisob-kitob qilingan eskirish summasi qurilish tashkilotlarida ularning qaysi ob’ektlarda ishlaganligiga qarab o‘sha ob’ektlarning tannarxiga kiritiladi.
Eskirishni ish hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usulini transport vositalari bo‘yicha qo‘llashda ish birligi bo‘lib, ular tomonidan bajarilgan yuk aylanmasi (t/km), bosib o‘tilgan yo‘l (km) yoki naryada bo‘lgan ish vaqti (soat) hisoblanadi.

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling