Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi-naryad (ESM-4 shakl)


Download 254.6 Kb.
bet17/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

Qurilish mashinasi ishi to‘g‘risida bildirgi-naryad (ESM-4 shakl) natural o‘lchov birliklarida o‘lchanadigan topshiriqlar va bajarilgan ishlarni rasmiylashtirish va hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Bu bildirgi qurilish tashkilotida qurilish mashinalari uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan bir nusxada tuziladi va mashinstlar qo‘liga topshiriladi. Topshiriqlar va ishlar haqiqatda bajarilgach, buyurtmachi korxona bildirgida topshiriq va ishlarni qabul qilib olganligini imzolaydi va muhr bilan tasdiqlaydi. Ushbu bildirgi nafaqat bajarilgan ishlarni hisobga olishga, balki mashinistlarga ish haqini hisoblash uchun ham asos bo‘lib hisoblanadi.
ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi hujjatlar yirik va kichik qurilish mashina (uskuna)laming har kunlik ish faoliyatini hisobga olish va nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Bajarilgan ishlar (xizmatlar) to‘g‘risida ma’lumotnoma (ESM-7 shakl)
maxsus qurilish mashinalari (uskunalari) tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U pudratchi va buyurtmachilar (bosh pudratchi va subpudratchilar) o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi schyot-fakturalarga ilova qilinadi.
Qurilish mashinalari tomonidan bajarilgan ishlar ushbu texnika yordamida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar uchun daromad olishning asosiy manbai hisoblanadi. Bunday tashkilotlarda qurilish mashinalari tomonidan bajarilgan ishlar ularni tasdiqlovchi hujjatlar (ESM-7, schyot-faktura) asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
Kredit 9030 «Bajarilgan i shva xizmatlardan olingan daromadlar»
Qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarni olib borayotgan pudratchi tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar qiymati umumpudrat ishining tarkibiy qismi hisoblanadi va uning tannarxiga kiritiladi.

  1. Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilish harajatlarining

hisobi
21-son BHMS «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga muvofiq pudratchi tashkilotlar qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilish harajatlari hisobini 2500 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schyotida olib borishlari lozim. Qurilish tashkilotlari ushbu maqsadda o‘zlarining ishchi schyotlar rejasida maxsus schyotni, masalan, 2520 «Qurilish mashinalarini saqlash va ekspluatatsiya qilish harajatlari» schyotini ochishlari ham mumkin. Ushbu schyotga qurilish mashina va uskunalarining turlari yoki guruhlari bo‘yicha alohida analitik schyotlarni ochish maqsadga muvofiq. Bu schyotlarning debetida qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilishga doir barcha harajatlar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida to‘planadi, kreditida esa sarflangan harajatlarni hisobdan chiqarilishi, ya’ni ularning tegishli ob’ekt tannarxiga kiritilishi aks ettiriladi.
Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiya qilish harajatlari o‘z ichiga quyidagi moddalarni oladi: qurilish mashinalarini boshqaruvchi xodimlar (mashinistlar, haydovchilar)ga hisoblangan ish haqi; ish haqiga nisbatan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; material harajatlari (yoqilg‘i, moylash materiallari, ehtiyot qismlar, xo‘jalik materiallari vash u kabilar); amortizatsiya harajatlari; joriy va kapital ta’mirlash; turli xizmatlar (elektr energiya, suv, gaz, isitish, bug‘, transportirovka, ijara va boshqa xizmat turlari).
Qurilish mashinalari va uskunalarini ekspluatatsiyasiga doir ushbu turdagi harajatlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi (2.4-jadval):

  1. jadval


Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling