Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalarning hisobi


Download 254.6 Kb.
bet51/71
Sana22.04.2023
Hajmi254.6 Kb.
#1379222
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
qurilish tashkl.

7.3. Qurilish tashkilotlarida yakuniy moliyaviy natijalarning hisobi
Qurilish tashkilotlarining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib ular olgan foyda (yoki zarar) hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarning shakllanishi va hisobga olinishi respublikamizda «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida nizom», shuningdek 1, 2, 3 va 21- sonli BHMSlar bilan tartibga solingan.
Ushbu me’eriy hujjatlarga muvofiq qurilish tashkilotlari faoliyatining yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

  1. SOTISHDAN FOYDA (Fs) YOKI ZARAR (Zs). Bu ko rsatkich quyidagicha topiladi:

Fs (Zs) = St -Ts
Bu yerda: St - sof tushum, Ts - sotish tannarxi.
Qurilish tashkilotlarining sof tushumi ular tomonidan bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlardan, shuningdek o‘zlari ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlardan iborat bo‘ladi. Bajarilgan qurilish ishlaridan olingan daromadlar hisobiga oldingi mavzuda batafsil to‘xtalgan edik. Quyida qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar hisobini yuritish tartibiga qisqacha to‘xtalamiz.
Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar deganda maxsus sotish uchun ishlab chiqarilgan turli xildagi konstruksiyalar, moslamalar, detallar, qurilish materiallaridan yasalgan plitalar, sementli g‘isht-bloklar, eshik, dereza va shu kabi to‘liq tayyor holga keltirilgan boshqa buyumlar tushuniladi. Ushbu tayyor mahsulotlar subpudratchilarning va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida, shuningdek aholi uchun erkin sotuvga chiqarish maqsadlarida ishlab chiqariladi.
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish qurilish tashkilotlarining maxsus sexlari yoki yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir harajatlarning hisobi 2000 «Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar» yoki 2300 «Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ochiladigan alohida schyotlarda olib boriladi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar qurilish tashkilotining hisob siyosatida belgilangan hisob bahosida 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotida hisobga olinadi. Hisob bahosi bo‘lib tayyor mahsulotlarning yakka o‘zini identifikatsiyalash (yoki buyurtmali) usulda aniqlangan reja (normativ) tannarxi yoki hiqiqiy tannarxi hisoblanadi.
Hisobot oyida ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlarning omborlarga hisob baholarida kirim qilinishiga buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:

Download 254.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling