Investitsiya qo’yilish shakliga qarab, 2 turga bo’linadi.Bular:moliyaviy(portfel) va real(ishlab chiqarish) investitsiyalariga bo’linadi.
Moliyaviy(portfel) investitsiya – aksiya,obligatsiya va qimmatli qog’ozlarni sotib olishga qo’yiladigan investitsiya hisoblanadi.
Real(ishlab chiqarish) investitsiya – moddiy ishlab chiqarish (sanoat,qurilish) sohasiga bo’linadi.
Investitsiya xalqaro bozorining ishtirokchilari:
- Hukumatlar;
- Davlat organlari;
- Kompaniyalar;
- Banklar;
- Kredit tashkilotlari;
- Jismoniy shaxslar;
- Xalqaro moliya-kredit institutlaridir.
Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Investitsiya orqali iqtisodiyotni rivojlantirish,modernizatsiyalash,ishlab chiqarishni kuchaytirish va iqtisodiy o’sishiga zamin yaratadi.
Xalqaro investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funksiya va vazifalarni bajaradi.Lekin hech bir davlatlar investitsiyalarsiz rivojlanmaydi.Investitsiyalarda birinchi o’rinda turadigan ko’rsatkich – iqtisodiyotning samaradorligidir.
Harakatlar strategiyasi davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va modernezatsiya jarayonlari investitsiya faolligini yanada oshirdi.Investitsiyalar hajmining sezilarli ravishda o’sib borishi natijasida ijobiy natijalarni ko’rsatadi va iqtisodiyotda o’zgarish bo’ladi.
Biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va kuchaytirish orqali o’sib borayotgan mehnatga qobiliyatli insonlarni ish joylari bilan ta’minlaydi,texnik bazasini yangilaydi va qurollantiradi,iqtisodiy daromadlarini yuksaltiradi.
Investitsiyalar iqtisodiyotini mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot orqali aniqlanadi.
Mikroiqtisodiyot tarzida aniqlash – korxonalar me’yorda faoliyat ko’rsatishi,moliyaviy holatini va foyda olish bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |