Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.88 Mb.
bet39/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar

  1. O`rtacha miqdor nima?

  2. Har bir kursdoshingiz II semestrda barcha fanlardan to`plagan ballari ma`lum. O`rtacha guruhingiz bo`yicha bir talaba ballini qanday aniqlaysiz? Bu misolda II semestr birinchi semestrga nisbatan har bir kursdoshingiz to`plagan ballarning o`sish suratlari ham berilgan bo`lsa, u holda o`rtacha o`sish suratini arifmetik o`rtacha yordamida hisoblab bo`ladimi?

  3. Geometrik o`rtacha nima? U qachon qo`llanadi. Taqsimot o`rtacha darajasini bu o`rtacha asosida aniqlab bo`ladimi?

  4. Ikkita aholi ro`yxati yakunlariga asoslanib, har bir viloyat va respublika bo`yicha o`tgan davrning o`rta yili uchun aholi sonini aniqlab bo`ladimi?

  5. Asosiy aktivlar yil boshiga 30 mlrd.so`m, yil oxiriga esa 300 mlrd.so`m bo`lgan yil o`rtasida ularning hajmi qancha bo`lgan?

  6. Yiliga 36% daromadli qilib bankka yil boshida 100, 200, 300 ming so`m qo`yilgan. Yil o`rtasida (1 iyul holatida) bu mijozlar daftarchasida o`rtacha qo`yilma hajmi qancha so`mni tashkil etadi.

  7. 1 yilda bankdan yiliga 50% li 50, 100, 200 mln.so`m kredit olingan. Yil oxirida o`rtacha bir mijozning qarzi qancha so`mni tashkil etadi.

  8. Garmonik o`rtacha nima va qanday sharoitda u qo`llanadi?

  9. 13 ta sonlarning arifmetik o`rtachasi 10, 42 ta sonlarniki esa 16. Bu misolda 10 va 16 garmonik o`rtacha yordamida bilan aniqlangan deb umumiy o`rtachani hisoblang.

  10. Boshlang`ich natural sonlar uchun arifmetik o`rtacha bilan garmonik o`rtachani hisoblang. Ulardan qaysi biri medianaga teng?

  11. 1, 2, 4, 8, 16, ... , 2n qator uchun arifmetik, geometrik va garmonik o`rtachalarni hisoblang.

  12. Biror belgi qiymatlari 0, 1, 2, 3... binomial taqsimot qatori bilan ifodalanadi: qn, nqn-1 P, ((n(n-1)) / 1.2)qn-2p2 ... bu yerda q+p=1.Bu belgining arifmetik o`rtacha qiymatini aniqlang.

  13. Haroratni Selsiya yoki Farengeyt termometrlari yordamida o`lchash, uning arifmetik o`rtacha darajasiga ta`sir etmasligini asoslab bering. Haroratni turli o`lchovlarda ifodalash geometrik o`rtacha darajaga nima uchun ta`sir etadi? Garmonik o`rtachaga ta`sir etadimi? (Eslatma: Farengeyt termometri 2120 bo`lingan, Selsiya esa -1000, bunda 00S=320F ga mos keladi, demak, 1800=1000 S ga tengdir yoki (5/9)S = 10F yoki 10S = (9/5)0F).




Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling