Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet1/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SOATOV N.M., NABIEV G.N., SAYFULLAEV S.N.


STATISTIKA


fanidan
(ma’ruza matnlari)

Toshkent-2010


Soatov N.M., Nabiev G.N., Sayfullaev S.N. Statistika. Ma’ruza matnlari. – T.: TDIU, 2010.


O’bekistonda bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan sharoitida, mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash hozirgi zamon dolzarb masalasi bo’lib, u barcha fanlar bo’yicha mazmunli darsliklar yaratishni taqozo qiladi.
Ushbu ma’ruza matnlarida statistika yagona fan sifatida qaralib, 2 qismga ajratilgan:
I qism. Statistika nazariyasi
II qism. Iqtisodiy statistika
I qismda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, statistik ko’rsatkichlar, axborotlarni jadval va grafiklar yordamida taqdim etish usullari, ma’lumotlarni tasniflash va guruhlash, taqsimot qatorlari, o’rtacha miqdorlar va variatsiya ko’rsatkichlari, tanlama kuzatish, korrelyatsion va regression tahlil, dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar kabi mavzular batafsil bayon etilgan.
II qismda milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi sifatida qaralgan va barcha masalalar shu asosda yoritilgan. Aholi, mehnat bozori va milliy boylik statistikasiga butun iqtisodiy faoliyatning muhim omillari sifatida qaralgan. Makroiqtisodiy faoliyat natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot statistikasi o’rganilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat va moliya-kredit tizimi statistikasiga alohida e’tibor berilgan. Aholi turmush darajasi, jamiyat miqyosida yaratilgan daromad hajmiga bog’liq bo’lib, ma’ruza matnlari aholining daromadlari va harajatlari balansi asosida uning turmush darajasi ko’rsatkichlari chuqur tahlil etilgan.
Ma’ruza matnlari barcha iqtisodiy oliy o’quv yurtlari va fakultetlari talabalari va magistrlari uchun mo’ljallangan. Undan amaliyotda faoliyat olib boruvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Mаs’ul muhаrrir: i.f.n., prof. Q.A.Dadaboev

Tаqrizchilаr: i.f.n., dоts. А.H. Аyubjоnоv;


i.f.n., dоts. А.А. Nаbiхo’jаеv


KIRISH
O`zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash, xususiy mulkning o`rni va ta`sirini kengaytirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohalari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratish va rag`batlantirishni hozirgi vaqtda hayotning o`zi taqozo etmoqda.
Bu dolzarb masalani yechish yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yaxshilash va kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta`lim tizimini isloh qilishni talab qiladi. Buning uchun, birinchi navbatda, oliy ta`lim yo`nalishlari bo`yicha Davlat standartlarida ko`zlangan fanlarning mazmuni va o`quv dasturlarini xalqaro andozalarga moslashtirib takomillashtirish zarur.
Mаmlаkаtimizni rivоjlаntirish, yangilаsh vа mоdеrnizаsiya qilish bo’yichа tаnlаgаn strаtеgiyamizni vа Inqirоzgа qаrshi qаbul qilingаn dаsturimizni аmаlgа оshirish nаtijаsidа yurtimiz dunyodаgi sаnоqli dаvlаtlаr qаtоridа iqtisоdiy vа ijtimоiy rivоjlаnishning bаrqаrоr sur’аtlаrini tа’minlаsh, аhоlimizning mоddiy fаrоvоnligini yuksаltirishgа erishgаni bаrchаmizgа kаttа mаmnuniyat vа iftiхоr bаg’ishlаydi, аlbаttа.
2009 yildа O’zbеkistоndа yalpi ichki mаhsulоtning o’sishi 8,1 fоizni tаshkil etdi. Sаnоаt mаhsulоtlаri ishlаb chiqаrish 9,0 fоizgа ko’pаydi, qishlоq хo’jаligidаgi o’sish 5,7 fоizni tаshkil etdi, chаkаnа sаvdо аylаnmаsi 16,6 fоiz, аhоligа pullik хizmаt ko’rsаtish 12,9 fоizgа оshdi.
Ushbu ma’ruza matnlari ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchisida statistika nazariyasi umumuslubiy masalalari ,ikkinchisida esa iqtisodiy statistika ilmiy katigoriya va qoidalari yoritilgan. Unda ilg`or pedagogik texnologiyalaridan va interaktiv ta`lim usullaridan foydalanilgan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o`quv texnologiyasi tamoyillari qo`llanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar mazmunini oydinlashtirish uchun dastlab ular muhim mantiqiy tuzilmaviy elementlar va xarekterli jihatlariga ajratilib, sxema – tarhlar, chizma va boshqa ko`rgazmali shakllar orqali tasvirlangan. So`ngra ular har taraflama izohlanib, hayotiy misollar yordamida tushuntirib berilgan.
Ma’ruza matnlarida ayrim mavzular, masalan, statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, dinamikani statistik o`rganish usullari, iqtisodiy indekslar va boshqalar muammoli ma`ruzalar tamoyili asosida bayon etilgan. O`rtacha miqdorlar va tuzilmaviy o`rta ko`rsatkichlar, variatsiya ko`rsatkichlari, ilmiy gipotezalarni statistik tekshirish, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil masalalari ko`p hisoblash ishlari bilan bog`liq bo`lganligi uchun axborotlar texnologiyalaridan foydalanish zaruriyati va yo`llariga e`tibor jalb qilingan.
Ma’ruza matnlarida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ko`p yillar davomida fanni o`qitish jarayonida to`plangan tajribalar umulashtirilgan.



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling