Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet72/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

12.3. Aholi tarkibi statistikasi
Aholining yoshi va jinsi bo’yicha tarkibi muhim demografik xarakteristikasi bo’lib hisoblanadi. Mamlakat aholisining yoshi va jinsi bo’yicha tarkibi har kalendar yilning boshida, aholi soni aniqlangach hisoblanadi. Hisoblash, aholisi 100 mingdan ortiq bo’lgan shaharlar va viloyatlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Yosh tarkibi odatda quyidagi variantlarda beriladi: bir yilliklar, besh va o’n yoshlar. Mehnatga layoqatli yoshdan kichik bo’lganlar, mexnat yoshidagilar va mehnat yoshidan o’tganlar guruhlari bir-biridan ajratiladi.
Odatda bunday guruhlashga qo’shimcha sifatida maxsus grafiklar-jinsi-yoshi piramidalari tuziladi. Ular yosh tarkibini ko’rinarli ravishda qayta ishlab chiqadilar, ularni demografiyasi zonalarini aniqlaydilar (Chizma 1).
Aholining o’rtacha yoshi o’rtacha tortilgan arifmetik formula bo’yicha aniqlanadi:
V=Vi x Ai: Ai
Bunda, Ai – i– yoshdagi aholi soni
Vi – yosh ko’rsatkichi
Vi x Ai – odam – yilning umumiy soni – ma’lum yoshdagi odam sonini shu yoshga ko’paytmasi
Aiaholining umumiy soni












85+








































80-84








































75-79








































70-74








































65-69








































60-64








































55-59








































50-54








































45-49








































40-44








































35-39








































30-34








































25-29








































20-24








































15-19





































10-14





































5-9








































0-4











300 000



100 000

100 000

300 000

500 000

0

0

500 000

erkaklar

ayollar



01.01.2000 y.ga

15.01.1970 y.ga

Chizma 1. O’zbekiston aholisining jinsi va yosh tarkibi

O’zbekiston aholisi tarkibini o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, unda yoshlar (16 yoshgacha) va pensionerlar (60 yoshdan yuqori) salmog’i yuqori. 60 yoshdan so’ng esa umumiy aholi sonida ayollar salmog’i yuqoriroq.


Aholi sonini yoshi bo’yicha guruhlarga ko’paytirib ham hisoblash mumkin. O’ holda yoshi kattaligi (Vi) sifatida yosh intervalining o’rtasi olinadi. Masalan, «A» tuman aholisining yoshi bo’yicha soni berilgan. Aholining o’rtacha yoshini hisoblash lozim bo’lsin.



Yoshi, yili

Aholi soni,
ming kishi

Yosh intervalining o’rtasi

Kishi - yosh soni

1

2

3

4=2x3

0-4
5-9
10-14
15-19
20-25
------
100 yosh va undan katta

442,0
401,0
431,4
426,8
451,8
------
0,4



2,5
7,5
12,5
17,5
22,5
------
103,5



1105,0
3007,5
5392,5
7469,0
10165,5

41,4




Jami

5728,6

-

17185,8

Echim: Jadval ma’lumotlariga qaraganda tuman aholisining o’rtacha yoshi teng:


V=17185,8:5728,6=30,0 yosh


12.4. Aholining tabiiy harakati statistikasi
Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug’ilishi, vafot etishi va migrastiyasi hisobiga o’zgarib turadi. Aholi sonini tug’ilishlar va vafot etishlar hisobiga o’zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi.
Aholining tabiiy harakati avvalo mutloq ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: tug’ilishlar soni – T, vafot etganlar soni – VE, tabiiy o’sish soni – (T-VE). Shular qatoriga nikohdan o’tganlar soni – NO’t va nikohdan o’chganlar soni – NO’ch ko’rsatkichlari ham kiradi.
Aholining tug’ilishi, vafot etishi va tabiiy o’sish darajasi va o’zgarishi kishilar hayotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga bog’liq. Bu ko’rsatkichlar avvalo ma’lum davr (masalan, bir yil) uchun mutloq miqdorlarda aniqlanadi va shu jarayonlar xaqida ma’lum fikr yuritish imkoniyatini bersa xam, lekin ular bunday tabiiy xarakatlarning intensivligi (tezligi) darajasini ifodalab bera olmaydi, chunki mamlakatlar aholisi soni xar xil. Masalan, ikkita mamlakatning har birida bir yilda 20 mingdan aholi tug’ilgan bo’lib, u mamlakatlarning o’rtacha yillik aholi soni birinchisida 40,0 mln, ikkinchisida 60 mln. kishiga teng. Tug’ilish darajasi qaysi mamlakatda yuqori yoki past ekanini aniqlash uchun bu jarayonlarning nisbiy darajalari aniqlanadi. Buning uchun tug’ilish, vafot etish va tabiiy o’sish absolyut sonini mamlakatning o’rtacha yillik aholi soniga bo’lish kerak. Statistikada bunday ko’rsatkichni har bir ming kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
Aholining tabiiy xarakatini ifodalovchi nisbiy ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko’rsatkichlarini aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o’rtacha yillik soniga bo’lib aniqlanadi.
1. Tug’ilishning umumiy koeffistienti ma’lum xududdagi aholining xar 1000 tasiga nechta tug’ilish to’g’ri kelishini ifodalaydi
Tug’ilish umumiy Kt=T x 1000%/Ā;
«A» shahrining o’rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda 5,6 ming kishi tug’ilgan
Umumiy tug’ilish Kt=5,6/400 x 1000%=14%0;
Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug’ilganini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichni ham vaqt bo’yicha, ham xududlar bo’yicha solishtirish mumkin.
2. Vafot etishning umumiy koeffistienti xar ming kishidan nechtasi vafot etganini ifodalaydi.
Umumiy vafot etish Kt=VE/Ā x 1000%0
«A» shaxrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan.
Umumiy vafot etish Kt=4,0/400x1000%=10%0
Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini ifodalaydi.
3. Aholining tabiiy o’sish koeffistienti xar 1000 kishiga to’g’ri kelgan tabiiy o’sish darajasini ko’rsatadi.
Tabiiy o’sish Kt=T-VE/Ā x 1000%
«A» shahri uchun tabiiy o’sish koeffistienti
Tabiiy o’sish Kt=5,6-4,0/400 x 1000%=4%0 yoki
Tabiiy o’sish Kt=14-10=4%
Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko’payish to’g’ri kelgan.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi: bular ayniqsa aholi tug’ilishi, tabiiy takror paydo bo’lishi, migrastiya va urbonizastiya sohalarida yuz berdi.
Umuman, o’sish darajasi va aholi sonining mutloq o’sishi ancha pasaydi.
Keyingi o’n yil ichida (1991-2000 yy.) O’zbekiston aholisi 3,9 mln. kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O’rtacha har yil aholi 1,8%ga ortdi, yoki o’rtacha yillik absolyut o’sish – 390 ming kishini tashkil etdi.
Avvalgi o’n yillikda (1981-1990 yy.) O’zbekiston aholisi 4,1 mln. kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o’rtacha o’sish tempi 2,5%ni tashkil etgan.
Undan avvalgi o’n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi o’rtacha 3,8%ga ortgan.
Aholining o’sish tezligining kamayishi asosan migrastiya hisobiga va tug’ilishning kamayishi hisobiga amalga oshgan. ªishloqda tug’ilish 25,5%0ga tenglashib, respublika bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichga tenglashib qoldi va yana pasayish tendenstiyasiga ega.
«Ijtimoiy fikr» nomli markaz ma’lumotlariga qaraganda pasayish 2010 yilgacha davom etadi. 2001-2010 yillar davomida o’rtacha o’sish darajasi 1,4%ni tashkil etib, 2010 yilda aholi soni – 27,9 mln. kishini tashkil etadi. Tug’ilish Kt-17,6%gacha pasayadi, vafot etish Kt ortadi. 2010 yildan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi hisobiga tug’ilish biroz ortadi va 2025 yilda O’zbekiston aholisi – 34,7 mln. kishiga etadi.
4. Yashash koeffistienti tug’ilish va vafot etish orasidagi nisbatni ifodalaydi:
Yashash Kt=T/VE x 100%0; yoki
Yashash Kt=Umumiy tug’ilish Kt/Umumiy vafot etish Kt
Yuqoridagi misolda «A» shaxrida yashash koeffistienti =1,4 (tug’ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko’p)ga teng.
Nikohdan o’tish va nikohdan o’chish koeffistientlari ham shularga o’shab aniqlanadi.
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlar – maxsus va yakka koeffistientlar demografik jarayonlar sonini o’sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu ko’rsatkichlar mamlakatdagi demografik ahvolni keng ma’noda o’rganish imkoniyatini beradi.
1. Tug’ilishning maxsus koeffistienti yil davomida bola tug’ish yoshidagi xar 1000 ayoldan (yosh guruhi 15-49 yosh) qanchasi bola ko’rganini ifodalaydi:
Maxsus tug’ilish Kt=T/A15-49 yosh x 1000%
Bunda, A15-49 yosh – 15-49 yoshdagi ayollarning o’rtacha yillik soni tug’ilishning umumiy va maxsus koeffistientlari orasida quyidagicha bog’lanish mavjud:
Maxsus tug’ilish Kt=Umumiy tug’ilish Kt/d
Bunda d=A15-49/A – 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog’i.
«A» shahridagi 15-49 yilli ayollarning umumiy aholi sonidagi salmog’i 24,5% bo’lsa,
Maxsus tug’ilish Kt=14%/0,245=57,1%0
2. Tug’ilish va vafot etishning yosh koeffistientlari. Masalan, vafot etishning yosh koeffistienti ma’lum yoshdagi kishilarning vafot etish darajasini ifodalaydi:
Vafot etish Kt=Xyoshda vafot etganlar soni/Āx x 1000%
Uchinchi guruh - andozaviy koeffistientlar bo’lib, ular aholini takror paydo bo’lishini hududlar bo’yicha yoki bir hududdagi har xil vaqtlar orasidagi o’zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Ikkita «A» va «V» aholi punktlari bo’yicha 2004 yilda quyidagi ma’lumotlar berilgan:




Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling