Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


-Mavzu. Sotsiologiyaning fan sifatida institutlashuvi (shakllanishi)


Download 0.98 Mb.
bet2/108
Sana03.12.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1801317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
Sotsiologiya darslik

1-Mavzu. Sotsiologiyaning fan sifatida institutlashuvi (shakllanishi)
Reja:

  1. Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta'limotlari zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida

  2. Sotsiologiya fanining fan sifatida vujudga kelishida diniy, iqtisodiy, ilmiy va siyosiy omillarning o‘rni

  3. O.Kont - pozitiv sotsiologiyaning asoschisi, uning sotsiologiyani mustaqil fan sifatida yaratishdagi dastlabki rejalari. Kontning izdoshlari.

  4. Sotsiologiyaning ob'ekti va predmeti, vazifalari, metodlari va metodologiyasi.

  5. Sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi (XX asrning 20yillaridan hozirgi davrgacha)

  6. Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan munosabati (falsafa, tarix, ijtimoiy psixologiya, antropologiya, ijtimoiy ish, iqtisod, statistika, matematika)




  1. Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta'limotlari zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida

Bugungi kunda keng jamoatchilik sotsiologiyani jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni turli so‘rov va kuzatish usullari orqali o‘rganuvchi fan sifatida tushunadi. Aslida mazkur fan o‘zining chuqur mohiyatiga ega bo‘lib, jamiyat rivoji uchun o‘ta muhim va qiziq sanaladi. Sotsiologiyaning jamiyatni tadqiq etuvchi ko‘plab ijtimoiy-gumanitar fanlardan farqini va mohiyatini anglash maqsadida uning ob'ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, fan sifatida tashkil topishi, ijtimoiy fikrning tarixiy rivojlanish bosqichlari, sotsiologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni, sotsiologiyani tushunishdagi asosiy ilmiy nazariyalar, sotsiologiyaning asosiy tushuncha va kategoriyalari tizimini ko‘rib chiqish zarur.
Sotsiologiya fani namoyondalaridan birining ta'biri bilan aytganda: «Sotsiologiya o‘ta qadimiy predmetni o‘rganish to‘g‘rsidagi yosh fan”. Mazkur so‘zlarning mohiyati shundan iboratki, insoniyat tomonidan jamiyat va unda kechuvchi turli voqea, hodisalarni o‘rganish holati antik davrdanoq boshlangan. Garchi sotsiologiya XIX asrda vujudga kelgan fan deb hisoblansada, qadimgi yunon, Rim va Sharq olimlarining asarlaridagi ijtimoiy qarashlarni sotsiologiyaning shakllanishidagi muhim manbalar sifatida baholash mumkin. Shuning uchun mazkur fanning kelib chiqish tarixini o‘rganish barobarida tarixiy rivojlanish natijasida turli davr va mintaqaga oid bo‘lgan olimlarning qoldirgan fikr va g‘oyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadimgi Xitoyda adolatli jamiyat borasidagi dastlabki izlanishlar mutafakkir Konfutsiy (Kun-szi, m.a. 551-479) tomonidan amalga oshirilgan. Olim yashagan davrda jamiyatda inqiroz davri yuzaga kelgan edi. O‘zaro feodal urushlar, hokimiyat uchun kurashlar jamiyatda ilgari hukm surgan ahloqiy va ma'naviy qadriyatlarni yemirayotgan edi. Shuning uchun Konfutsiy insoniy qadriyatlar me'yorlarini qayta tiklash yo‘llarini aniqlash maqsadida tarixni o‘rgana boshlagan. U qadimgi Chjou-gun ahloqiy qoidalari merosini tadqiq etib, shunday yozadi: “men yaratayotganim yo‘q, men o‘tmishdagi merosni sizlarga yetkazmoqchiman”1. Ammo shu bilan birga Konfutsiy o‘zining jamiyat, davlat va ahloqiy qoidalarga aloqador bo‘lgan o‘z ta'limotini yarata oldi, deb ayta olamiz. U inqirozga yuz tutgan davlatni faqat komil hukmdor qutqara oladi, deb bilgan. Hukmdor majburiy va mutassil ravishda ro‘y berib turadigan marosimlarning me'yorlariga mos hayotiy tamoyillarga ega bo‘lgan, o‘zini doimo takolmillashtirib turuvchi, komillikka erishgan, insonlarga muhabbat bilan qarovchi, insoniy burch va adolatni his etuvchi insondir. Shu bilan birgalikda u bilimga intiluvchan, yoshi ulug‘larni hurmat qiluvchi, sadoqatli, mehr-shafqatli, obro‘li bo‘lishi lozim. Hukmdorning adolatli bo‘lishi uchun uning atrofidagi mansabdorlar haqgo‘y bo‘lishi lozim. Konfutsiy ularga qarata shunday yozgan: “Hukmdorni aldamanglar! Unga e'tiroz ham bildiringlar2”.
Jamiyatdagi inqirozga barham berish uchun olim: “hukmdor hukmdor bo‘lishi, fuqaro-fuqaro, ota-ota, o‘g‘il esa o‘g‘il bo‘lib qolishi lozim”, degan shiorni ilgari surgan.
Konfutsiy jamiyatdagi barqaror munosabatlarning asosiy negizi ma'naviy va ahloqiy yuksaklik, deb bilgan. U shunday yozadi: “Agar jamiyat qonunlar vositasida boshqarilsa, tartib jazo belgilash vositasida ta'minlansa, odamlar jazodan o‘zlarini olib qochishga intiladilar. Chunki ular or-nomusni o‘zlarida his qilmaydilar; Agar ma'naviy – ahloqiy vositalar yordamida boshqarilsa, tartib qadriyatlar orqali ta'minlansa, odamlar or-nomus nimaligini his qiladilar, xalol va sofdil bo‘lishga intiladilar3”.
Jamiyatning kelib chiqishi, rivojlanishi va ijtimoiy hayot qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan ilk izlanishlar miloddan avvalgi IV asrda yunon faylasuflari tomonidan ham olib borilgan.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling