Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Referent va a’zoli guruhlar. «


Download 0.98 Mb.
bet43/108
Sana03.12.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1801317
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108
Bog'liq
Sotsiologiya darslik

Referent va a’zoli guruhlar. «Referent guruh» termini amerikalik sotsial psixolog Mustafo Sherif tomonidan kiritilgan bo’lib, u ingliz tilidan «mansub bo‘lish» deya tarjima qilinadi. «Referent guruh» termini individ ongli ravishda kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy kasbiy) nisbatan ishlatiladi. Bu tushuncha quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:

  • Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon yoki mezon bo‘lib xizmat qiladigan guruh.

  • Individ o‘z harakatlarini shu guruhga yo’naltiradigan guruh.

  • Individ a’zo bo‘lishga intilayotgan guruh.

  • A’zolarning qadriyat va fikrlari bevosita shu guruh a’zosi bo‘lmagan kishi uchun o‘ziga xos taqqoslash o‘lchovi, sotsial “o‘lchov doirasi” sifatida xizmat qiladigan guruh.

Real hayotda «referent guruh» nazariyasi shaxsning turli sotial muhitlarga moslashuvi jarayonida, sotsial harakatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Referent guruhlar real va ideal guruhlarga bo‘linadi. Real referent guruh shaxsga qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallashi uchun etalon bo‘lib xizmat qiladigan alohida kishilar yoki kishilar birligidir.
Ideal referent guruh - bu ma’lum bir guruhning qadriyatli va normativ yo‘l-yo‘riqlarini inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga o‘z tasavvurlari va harakatlari bilan moslashishga harakat qiladi. Masalan, muhandis o‘zini real hayotda muhandislar guruhiga mansub deyish bilan birga o‘zini guruh sifatida mavjud bo‘lmagan ma’naviy “elitaga”ga mansub, deb hisoblaydi.

3. Sotsial tashkilot, uning maqsadi, turlari
Garchi sotsial institut va sotsial tashkilotlar o‘zaro aloqador bo‘lsada, ularni bir-biridan farqlash lozim. Sotsiologlar orasida sotsial institut va sotsial tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari borasida yakdil fikr mavjud emas. Bu ikki tushunchani sinonim sifatida ishlatib, ularni farqlashning keragi yo‘q, degan fikrni ilgari suruvchi olimlar ham bor. Albatta mazkur fikrning o‘ziga yarasha asoslari mavjud. Armiya, bank, ta'lim, sotsial ta'minot tizimi kabilar ham sotsial institut ham sotsial tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi.
Mazkur ikki tushunchani farqlashdagi birinchi qiyinchilik sotsial institutlarning o‘z faoliyati davomida sotsial tashkilotlar sifatida faoliyat olib borishidir. Shu bilan birgalikda sotsial tashkilotlarning soni sotsial institutlarning sonidan ko‘p ekanligini aytib o‘tish lozim. Chunki bitta sotsial instiutning maqsadi, vazifalarini amalga oshirish uchun odatda bir nechta sotsial tashkilot shakllantiriladi. Misol uchun din instituti asosida turli diniy tashkilotlar, masjidlar va konfessiyalar faoliyat olib boradi.
Kundalik hayotimizda tashkilot tushunchasini ko‘p marotaba qo‘llaymiz. Tashkilot, ya'ni organizatsiya so‘zi fransuzcha, “organisation”, yoki qadim lotincha “organizo” so‘zidan olingan bo‘lib, axborot qilaman, tashkil qilish ma'nolarini anglatadi. Tashkilot quyidagi ma'nolarda qo‘llaniladi:

  1. Aniq qoida va prseduralar asosida ma'lum dastur va maqsadni amalga oshirish uchun yig‘ilgan insonlar birlashmasi.

  2. Qismlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning tashkil tolpishi va mukmmallashuvini ta'minlovchi jarayon va harakatlar yig‘indisi.

  3. Bir butunning qismlarga ajratilgan avtonom “bo‘lak”larining ichki tartiblanganligi, o‘zaro roziligi va o‘zaro harakati.

Tashkilot tushunchasi biologik, sotsial va texnik ob'ektlarga nisbatan qo‘llaniladi va odatda struktura, tizim va boshqaruv tushunchalari bilan birgalikda ishlatiladi. Qoidaga ko‘ra, tashkilot o‘z ichiga tizimning dinamik qonuniyatlarini, ya'ni qismlarining sho‘zaro faoliyati, xulq-atvori va o‘zaro harakatlarini mujassamlashtiradi.
Sotsial ob'ektlarga nisbatan “sotsial tashkilot” tushunchasi qo‘llaniladi. Sotsial tashkilot muammolarini o‘rgangan olim A.I.prigojin o‘zining qator ishlarida sotsial tashkilotlarning to‘liq va izchil xarakteristikasini bergan.
Birinchidan, sotsial tashkilotlar – bu “institutsional xarakterga ega bo‘lgan birlashma bo‘lib, u jamiyatda ma'lum o‘rinni egallaydi va ma'lum chegaralar bilan belgilangan vazifalarni bajaradi”. Mazkur holatda sotsial tashkilot deyilganida, sun'iy ravishda ma'lum maqsad yo‘lida tashkil etilgan va ijtimoiy muhim vazifani bajaruvchi institutsional xarakterga ega bo‘lgan guruh nazarda tutilmoqda. Shu ma'noda sotsial institut sotsial strukturaning elementi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bunga misol qilib, bank, maktab, hokimiyat organlari, kasaba uyushmalari kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bu ma'noda sotsial institut va sotsial tashkilot bir-biriga monand ma'nolarga ega.
Ikkinchidan, sotsial tashkilot – bu “o‘ziga xos tashkil etuvchi faoliyat bo‘lib, o‘z ichiga vazifalarning taqsimoti, mustahkam aloqalarning o‘rnatilishi, nazoratv a boshqaruv kabilarni qamrab oladi”.
Mazkur holatda sotsial tashkilot ostida faoliyatning ma'lum turi tushunilmoqda. Bu ob'ektga nisbatan qaratilgan maqsadli ta'sir ko‘rsatish jarayoni bo‘lib, bir tomondan tashkilotni tashkil qiluvchi - tashkilotchining va ikkinchi tomondan – tashkillashtiriluvchi kontingentning bolishini nazarda tutadi. Shu ma'noda sotsial tashkilot boshqaruv so‘zi bilan mos tushadi, ammo uni to‘laligicha aks ettirmaydi.
Uchinchidan, sotsial tashkilot – bu “qismlarning bir butunga birlashishidagi ma'lum struktura va aloqa turlari bo‘lib, har bir ob'ektda ular o‘ziga xos mazmun kasb etadi”. Bu ma'noda sotsial tashkilot sotsial ob'ektning atributi sifatida namoyon bo‘ladi va bu yondashuvdan biror sotsial tizim elementlarining ichki tartiblanganlik darajasini aniqlash lozim bo‘lganida foydalaniladi.
Demak, yuqoridagi yondashuvlar sotsial tashkilot tushunchasini ob'ekt, tashkillashtirish bo‘yicha faoliyat va ob'ekt xususiyati sifatida talqin etmoqda. Mazkur yondashuvlardan birinchisi sotsial tashkilotning asosiy mazmuni sanaladi. A.I.Prigojinning fikricha, sotsial tashkilotning asosiy ko‘rsatkichi “uning maqsadli birlashma” ekanligidir.
Sotsial tashkilot sotsiologiyadan tashqari falsafa, psixologiya, politologiya, iqtisod kabi qator fanlar doirasida tadqiq qilinadi. Ularning har biri mazkur tushunchaga o‘z ma'no va mazmunlarini beradi. G‘arb sotsiologiyasida sotsial tashkilotning “maqsad yo‘lida tashkil topgan” modeli keng tarqalgan. Ammo boshqa alternativ modellar ham bor. Misol uchun M.Fayol, L.Urvikning “tashkilot-mashina”, T.Parsons, R.Mertonning “tabiiy tashkilot”, E.Meo, F.Rotlesberger “tashkilot - jamoa” modeli, L.Zuker, B.Rovenning institutsional modeli, Ch.Barnard, G.Saymonning interaksionistik modeli va boshqalar95.
Mazkur ishda sotsial tashkilotning A.I.prigojin tomonilan ilgari surilagn talqini asosiy qilib olindi. Unga ko‘ra, sotsial tashkilotning asosiy ko‘rsatkichi – bu maqsad. Darhaqiqat insonlar biror maqsad yo‘lida tashkilotlarga birlashadilar. Maqsadsiz tashkilotning umri o‘ta qisqa bo‘ladi va unda ma'no bo‘lmaydi.
Insonlarning tashkilotlarga birlashuvi ikki holatda sodir bo‘ladi: birinchidan, umumiy maqsadga yetishish ma'lum individual maqsadlarga yetishishga bog‘liq bo‘lganida (misol uchun maosh, prestij, o‘z qobiliyatlarini amalga oshirish) tashkilotlar paydo bo‘ladi; ikkinchidan, individual maqsadlarga yetishish faqat umumiy maqsadlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lganida aksionerlik jamiyatlari va jamoatchilik tashkilotlari yuzaga keladi.
A.I.Prigojinning fikricha, sotsial tashkilotlarning maqsadlari uch turga ajratiladi: maqsad-vazifa, maqsad-yo‘nalish(orientatsiya), tizim maqsadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling