Toshkent davlat iqtisоdiyot universiteti “Tarmoqlar iqtisоdiyoti” kafedrasi “Xulq-atvor iqtisodiyoti” fani


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.04.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1369964
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.2-mavzu(3-лекция)



TOSHKENT DAVLAT IQTISОDIYOT 
UNIVERSITETI 
 
“Tarmoqlar iqtisоdiyoti” kafedrasi 
 
 
“Xulq-atvor iqtisodiyoti” fani 
 
Mavzu: NEYROIQTISODIYOT
(2-mashg’ulot) 
 
 
Ma’ruzachi: dotsent Umarova G.G. 
 
Toshkent - 2023 


2-MASHG’ULOT
REJASI: 
 
2.1. Mukofotga asoslangan qaror qabul qilish 
 
2.2. Inson miyasining xususiyatlari va unga 
iqtisodiy o‘zgarishlarning ta’siri 
 
2.3. Inson miyasining asosiy mexanizmi 
 
2.4. Inson miyasi faoliyatini o‘lchash usullari
 
 
 
 


2.1. Mukofotga asoslangan qaror qabul qilish 
Insonlar har kuni “mukofot” bo‘yicha ko‘p tanlovli 
savollarga duch keladi va ularni hal qiladi. Masalan, moliyaviy 
daromad va oziq-ovqat tanlovi. Qaror qabul qilish jarayonida 
inson miyasi qanday ishlaydi? Ushbu savolga 
neyroiqtisodiyot
fani javob beradi.
Neyrologiya sohasida ko‘plab tadqiqotchilar hayvonlar 
va insonlarda mukofot tizimi hamda qaror qabul qilish 
mexanizmini o‘rganganlar. So‘nggi paytlarda mexanizmni 
ochish uchun eksperimental usullarda miyaning matematik 
modelining taxminini o‘rganuvchi hisoblash-nazariy yondashuv 
ko‘proq qo‘llaniladi. Bugungi kunda miya uchun hech qanday 
jarrohlik operatsiyasini talab qilmaydigan funksional magnit-
rezonans tomografiya (functional magnetic resonance imaging 
– fMRI) kabi o‘lchash usullarini ishlab chiqish natijasida 
murakkab vazifalarni hal qilish bilan shug‘ullanadigan inson 
miyasining funksiyasiga kirish juda oson bo‘lib bormoqda. Bu 
xuddi moliyaviy qarorlar qabul qilish kabidir.


Yuqorida ta’kidlanganidek, an’anaviy iqtisodiyotda biz qaror qabul qilish inson 
faoliyati iqtisodiyotining ratsionalligi ostida amalga oshiriladi deb taxmin qilamiz. 
Shunday qilib, an’anaviy iqtisodchilar qaror qabul qilishda biologik 
mexanizmlarga, ya’ni ular qaror qabul qilishning nevrologiyasiga e’tibor bermaydilar. 
Biroq, nevrologlar “gumanistik” iqtisodiy nazariyani yaratishga harakat 
qilishmoqda, chunki ular inson faoliyati iqtisodiyotining taxminisiz miya funksiyalari 
mexanizmini real iqtisodiy xatti-harakatlarga bevosita ochib beradi, deb hisoblashadi. 
Boshqacha qilib aytganda, ushbu sohadagi tadqiqotchilar birinchi bobda keltirilgan 
xulq-atvor iqtisodiyotining maqsadini o‘rganishdi.
Shu sababli, iqtisodiyot va nevrologiya fanlararo o‘rganish 1990-yillarning 
oxiri va 2000-yillarning boshlarida boshlandi hamda yangi akademik soha 
neyroiqtisodiyot yaratildi.


Neyroiqtisodiyot – 
bu 
nevrologik 
usullardan 
foydalangan holda individual iqtisodiy 
xatti-harakatlarga olib keladigan miya 
funksiya–larini ochib berish va haqiqiy 
iqtisodiy 
xatti-harakatlarni 
yaxshiroq 
ifodalashni ta’minlaydigan yangi iqtisodiy 
nazariyani yaratishdir.
Xulq-atvor iqtisodiyoti sohasida 
dastlabki tadqiqotlar iqtisodiy xulq-atvorni 
psixologik 
eksperimentlar 
orqali 
o‘rganilgan bo‘lsa, bugungi kunda asosiy 
e’tibor 
neyroiqtisodiyot 
tajribalariga 
qaratilmoqda.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling