Toshkent davlat iqtisоdiyot universiteti “Tarmoqlar iqtisоdiyoti” kafedrasi “Xulq-atvor iqtisodiyoti” fani
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2-mavzu(3-лекция)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Inson miyasi faoliyatini o‘lchash usullari
TOSHKENT DAVLAT IQTISОDIYOT UNIVERSITETI “Tarmoqlar iqtisоdiyoti” kafedrasi “Xulq-atvor iqtisodiyoti” fani Mavzu: NEYROIQTISODIYOT (2-mashg’ulot) Ma’ruzachi: dotsent Umarova G.G. Toshkent - 2023 2-MASHG’ULOT REJASI: 2.1. Mukofotga asoslangan qaror qabul qilish 2.2. Inson miyasining xususiyatlari va unga iqtisodiy o‘zgarishlarning ta’siri 2.3. Inson miyasining asosiy mexanizmi 2.4. Inson miyasi faoliyatini o‘lchash usullari 2.1. Mukofotga asoslangan qaror qabul qilish Insonlar har kuni “mukofot” bo‘yicha ko‘p tanlovli savollarga duch keladi va ularni hal qiladi. Masalan, moliyaviy daromad va oziq-ovqat tanlovi. Qaror qabul qilish jarayonida inson miyasi qanday ishlaydi? Ushbu savolga neyroiqtisodiyot fani javob beradi. Neyrologiya sohasida ko‘plab tadqiqotchilar hayvonlar va insonlarda mukofot tizimi hamda qaror qabul qilish mexanizmini o‘rganganlar. So‘nggi paytlarda mexanizmni ochish uchun eksperimental usullarda miyaning matematik modelining taxminini o‘rganuvchi hisoblash-nazariy yondashuv ko‘proq qo‘llaniladi. Bugungi kunda miya uchun hech qanday jarrohlik operatsiyasini talab qilmaydigan funksional magnit- rezonans tomografiya (functional magnetic resonance imaging – fMRI) kabi o‘lchash usullarini ishlab chiqish natijasida murakkab vazifalarni hal qilish bilan shug‘ullanadigan inson miyasining funksiyasiga kirish juda oson bo‘lib bormoqda. Bu xuddi moliyaviy qarorlar qabul qilish kabidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, an’anaviy iqtisodiyotda biz qaror qabul qilish inson faoliyati iqtisodiyotining ratsionalligi ostida amalga oshiriladi deb taxmin qilamiz. Shunday qilib, an’anaviy iqtisodchilar qaror qabul qilishda biologik mexanizmlarga, ya’ni ular qaror qabul qilishning nevrologiyasiga e’tibor bermaydilar. Biroq, nevrologlar “gumanistik” iqtisodiy nazariyani yaratishga harakat qilishmoqda, chunki ular inson faoliyati iqtisodiyotining taxminisiz miya funksiyalari mexanizmini real iqtisodiy xatti-harakatlarga bevosita ochib beradi, deb hisoblashadi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu sohadagi tadqiqotchilar birinchi bobda keltirilgan xulq-atvor iqtisodiyotining maqsadini o‘rganishdi. Shu sababli, iqtisodiyot va nevrologiya fanlararo o‘rganish 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida boshlandi hamda yangi akademik soha neyroiqtisodiyot yaratildi. Neyroiqtisodiyot – bu nevrologik usullardan foydalangan holda individual iqtisodiy xatti-harakatlarga olib keladigan miya funksiya–larini ochib berish va haqiqiy iqtisodiy xatti-harakatlarni yaxshiroq ifodalashni ta’minlaydigan yangi iqtisodiy nazariyani yaratishdir. Xulq-atvor iqtisodiyoti sohasida dastlabki tadqiqotlar iqtisodiy xulq-atvorni psixologik eksperimentlar orqali o‘rganilgan bo‘lsa, bugungi kunda asosiy e’tibor neyroiqtisodiyot tajribalariga qaratilmoqda. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling