Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet29/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

CoinMarketCap.com sayti kriptovalyutalar bozorini kuzatib turishga va ulardagi kapitalizatsiya miqdorini bilishga imkon beradi.
Shvetsiyada ham dunyodagi eng qadimiy Markaziy bank (Riksbank) raqamli valyutalarning imkoniyatlarini chamalash va ular hosil qilishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash uchun e-krona deb nomlangan raqamli pullarni chiqarishga yo‘naltirilgan loyihani amalga oshirmoqda. Bankning rahbarlaridan biri S.Skinsli Financial Timesga bergan interv’yusida quyidagilarni aytib o‘tdi: “Buni men 300 yildan avvalroq vujudga kelgan qog‘oz pullar singari inqilobiy o‘zgarishlardan biri deb bilaman. Biz ushbu loyiha yordamida raqamli valyutalar mexanizmining pul-kredit siyosatiga va moliyaviy barqarorlikka ta’siri qanday bo‘lishini va bu ish amaliyotda qanday amalga oshirilishini o‘rganib chiqmoqchimiz”. Dunyodagi ko‘pchilik Markaziy banklar raqamli valyutalar, shu jumladan, bitkoinning ham hayotga tadbiq qilinishi qanday potentsial imkoniyatlar yaratishi va qanday muammolar paydo qilishi mumkinligini sinchiklab o‘rganmoqdalar. Shvetsiyadagi mutaxassislar e-krona deb atalgan raqamli valyutaning ishga tushirilishi “naqd pullarsiz jamiyat” ning paydo bo‘lishiga olib keladi deb hisoblashmoqda. Shuning uchun ham Shvetsiya Markaziy banki mutaxassislari raqamli valyutalarning jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, texnologik, ekologik, huquqiy, makroekonomikta’sirinihartomonlamao‘rganishgakirishishgan. Markaziy bankning izlanishlaridan shu ma’lum bo‘ldiki, shvedlarning faqatgina 15% qismi naqd pullardan foydalanishadi. Naqd pullar bo‘yicha to‘lovlar Shvetsiya YaMD sining 2% foizinigina tashkil qiladi. Shvetsiyadagi bir qancha firma va tashkilotlar esa naqd pullarni qabul ham qilmaydilar. Mutaxassislarning bashoratlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib, Shvetsiya naqd pulsiz jamiyatiga aylanishi, Riksbank esa o‘z virtual valyutasini chiqargan dunyodagi birinchi Markaziy bank bo‘lib qolishi mumkin. Ma’lumot sifatida hozirgi davrdagi turli xil kriptovalyuta tizimlari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling