Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet1/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, G.R. Boltaboyeva


RAQAMLI IQTISODIYOT VA ELEKTRON TIJORAT ASOSLARI


O‘QUV QO‘LLANMA


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil __________dagi ________-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan.
Guvohnomaning ro‘yhatga olingan raqami ___________
Toshkent - 2020
Oqil inson chidam bilan imkoniyat axtaradi
va bir narsaga erishadi, ahmoqlar esa
harakatsiz holda omadni kutib yuraveradilar


S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, G.R. Boltaboyeva. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat asoslari. O‘quv qo‘llanma T.: TDIU, “Iqtisodiyot” nashriyoti, 2020, 469 bet.


Mas’ul muharrir :
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abdullayev M.


Taqrizchilar:


Shermuhamedov A.T. – f-m.f.d., Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali “Raqamli iqtisodiyot va matematik fanlar” kafedrasi professori.
Qo‘chqorov T.S. – i.f.d., Al-Horazmiy nomidagi TATU “AKT iqtisodiyoti” kafedrasi professori.
Kenjaboev A.T. – i.f.d., TMI “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot”
kafedrasi professori.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Akademigi S.S. Gulomovning umumiy tahriri ostida yo‘zigan va nashr qilingan.


Diqqatingizga havola etilayotgan va raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron tijoratni tashkil qilish hamda boshqarishning masala va muammolariga bag‘ishlangan ushbu o‘quv qo‘llanma hozirgi kunda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bo‘lgan elektron tijorat sohasiga hamda uning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi. Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bo‘lgan muammolar bilan bog‘liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o‘tish mexanizmi, elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlar berilgan. Undan so‘ng, raqamli iqtisodiyotning hamda elektron tijoratning hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir qancha asosiy turlari, shu jumladan, bulutli texnologiyalar, moliyaviy texnologiyalar, buyumlar interneti, sun’iy inttelekt, raqamli valyutalar, virtual voqe’lik va ularning asosiy xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO mexanizmi haqida tushunchalar va uning ma’no-mohiyati, elektron tijorat tashkil qilishning samarali zamonaviy usul va vositalari hamda mavjud platformalari hamda qobiqlari ham ko‘pchilikka tushunarli holda ko‘rsatilgan. O‘quv qo‘llanma oxirida unda ishlatilgan atamalarni tushunish bo‘yicha to‘liq glossariy berilganki, uning yordamida bu sohani yanada chuqurroq anglash, tushunish va o‘rganish mumkin bo‘ladi.


Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutahassisliklarida ta’lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, raqamli iqtisodiyot,elektron tijorat va elektron biznes yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlarga hamda bank-moliya hizmatchilari, raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziquvchi barcha tadbirkorlik sub’yektlari foydalanishi uchun mo‘ljallangan.


Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling