Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet106/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

RBK va PwC ning izlanishlariga ko‘ra, 2017 yilda Rossiya moliyaviy texnologiyalaridagi umumiy kelishuvlarning hajmi 30,8 million dollar bo‘lgan. Bu 2016 yilga nisbatan ikki baravar ko‘proq. Bizda esa bu soha uchun mablag‘lar yetishmasligi va investorlarning kamchilligi moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishiga monelik qiladi. Ko‘pchilik g‘arb va osiyo davlatlarda agarda sizda qandaydir biznesning modeli bo‘lsa, uning uchun bir-ikki million dollar toppish unchalik qiyin emas, bizda esa buning umuman imkoniyati yo‘q. Moliyaviy texnologiyalar sohasining yana bir katta muammosi – bizning FinTex mahsulotlarimizga tashqi bozorda talab unchalik katta emas yoki yo‘q darajada. Xozorgi davrda FinTex-kompaniyalar eko-tizimlari doirasida robomaslahatchilar tezzkor bilan rivojlanmoqdalar. Bunday tizimlar moliya-kredit va biznes soxasidagi innovatsiyalar sifatida 2010 yilda paydo bo‘lgalar va quyidagu amallarni bajarishda ishlatilganlar:

  • Global bozorlarga ta’sir qiluvchi bozor ko‘rsatgichlarini bilish uchun tadbirkorlarga pullik maslahatlar berish;

  • Robomaslahatchilarning qisqa muddatlarda biznesning boshqaruvdagi aktivlarini ko‘patirishga yordam berishi mumkinligi;

  • Yangi investorlarning nafaqat kam marjinalli mijozlar bilan ishlashini, balki badavlat mijozlar hamda aktivlarining sof qiymati ancha katta bo‘lgan mijozlar bilan ham ishlashlariga imkonn yaratilishi. Oldingi davrda bunday mijozlar qimmat konsalting firmalarning maqsadli exklyuziv segmenti hisoblanar edi.

Ba’zi bir ekspertlar fintex-startaplarning muammolari ichida tarmoqni Markaziy Bank qattiq nazorat qilishi tufayli kelib chiadi deydilar ham. Hozirgi davrda huddi shu tashkilot bizda bozorning o‘rnini egallagan va shu sababli ham bizda fintex industriyaning erkin rivojlanishi uchun imkoniyat ancha past darajada. Yana bir muammo – banklarning ham yangi texnologiyalar yaratishdan cho‘chishi, ya’ni, ular “Markaziy bank bunga nima der ekan?”, - deb hadirsiraydilar.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling