Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Ushbu bob bo‘yicha hulosa va takliflar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
Ushbu bob bo‘yicha hulosa va takliflar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin:
Elektron tijoratning turli tarmoqlardagi rivojlanishi hizmatlarning yangi turlari paydo bo‘lishiga olib kelmoqda; Yangi biznes modellarning paydo bo‘lishiga iste’molchilarni innovatsion talablari, biznesning diversifikatsiyasi va jahondagi rivojlanish trendlari sabab bo‘lmaqda; Elektron tijoratning barcha sohalarda tashkil etilayotgan yangi turlari va ko‘rinishlari raqamli iqtisodiyotga mos bo‘lgan imkoniyatlar va tavakkalchiliklarga ega va buni ham tadbirkor hisobga olishi zarur; Bulutli texnologiyalar, big data, elektron to‘lov tizimlari, mobil texnologiya va ilovalar, sun’iy intellekt kabilar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida elektron tijoratning rivojlanishiga turtki bo‘layapti; Iste’molchilarnini elektron tijorat tizimlari usabilitisiga bo‘lgan talablari interfeyslar va yangi servislar yaratishga olib kelayapti; Iqtisodiyotning turli sohalarida elektron tijoratni muvaffaqiyatli ravishda tashkil qilish va uni samarador boshqarish uchun respublika va jahon miqyosidagi trendlarni hamda iste’molchilarning xoxish-istaklarini yaxshi bilish va tushunish kerak bo‘ladi; Elektron marketing klassik marketingning nazariy asoslariga tayanadi; Biznes uchun marketingda bozorning segmentatsiyasi (jug‘rofiy, demografik, psixografik va boshqalar) va internetdagi taqsimlanish kanallari (bevosita, bilvosita va aralash) katta ahamiyatga egadir; Iste’molchilarni alohida ko‘rsatgichlari bo‘yicha va iste’mol afzalliklari bo‘yicha guruhlash maqsadli auditoriyag targetlashtirishga yordam beradi; Elektron biznes uchun bir qancha xollarda reklama ham yaxshigina daromad manbaidir va bu ularni an’anaviy biznesdan farqlaydi; Elektron reklamaning eng asosiy turlari kontekst reklama, videoraklama, banner reklama, ijtimoiy tarmoqlardagi reklama, elektron pochta orqali reklama, rich-mediya reklama, pop-up va pop-under reklama, tizer reklama, push-reklama, product-placement reklama, giperilovalar va xeshteglardir; Potentsial mijozga ta’siri bo‘yicha aktiv va passiv reklamalar bo‘ladi; Elektron biznes daromadlarini oshirish uchun quyidagi usullardan foydalanishi mumkin: elektron franchayzing, remarketing, kontent-marketing, hamkorlik marketingi, affiliate network, SMM-Social media marketing va boshqalar. Bunda quyidagi qoida juda muhimdir: The customer is just a click amay – birgina turitki bian mijozni batamom yo‘qotishingiz mumkin. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling