RSA (Random Signature Algoritm) - asimmetrik shifrlash algoritmi.
DSA algoritmi - (Digital Signature Algorithm) - 1981 yilda yaratigan bo‘lib, elektron raqamli imzo uchun AQSH standarti (Digital Signature Standart – DSS) sifatida ishlatiladi.
ГОСТЗ 34.11-94 - Rossiyada qo‘llaniladigan standart xesh-kattalikni aniqlash standarti (yoki xesh-funktsiya) bo‘lib, u 32 bayt kattalikda hisoblanadi.
MDx (Message Digest) – chet mamlakatlarda eng ko‘p tarqalgan xeshlashtirish algoritmlari oilasi. Masalan, MD5 Microsoft Windows ning oxirgi versiyalarida foydalanuvchi parolini 16 baytli songa aylantirish uchun foydalaniladi.
SHA-1 (Secure Hash Algorithm) – kirish ma’lumotlarini 20 baytli xesh-miqdorga aylantirishning hisoblash algoritmi. Bu algoritm ham jahon miqyosida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha ma’lumotlarni himoyalashning tarmoq protokollarida ishlatiladi
PKI - Public Key Infrastructure - ochiq kalitlarning infratuzilmasi
Sertifikatsiya markazi, registratsiya markazi va tarmoq ma’lumotnomasi - ochiq kalitlar infratuzilmasi tarkibiga kiradidigan tashkiliy tizimlar
RSA Keon - elektron raqamli imzolarni qayd qilish markazi foydalanadigan dasturiy-texnik kompleks
CGMiner – Ushbu dastur virtual pullarni topish (mayining qilish) bo‘yicha ishlaydigan professionallar uchun mo‘ljallangan algoritm.
Diablo Miner – Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan barcha operatsion tizimlarda bir xilda ishlay oladigan va kriptovalyutalarni mayning qilishga mo‘ljallangan sayt
Ufasoft Miner – Mayning qilishning ushbu dasturi ishchi ko‘rsatgichlarini sozlash mumkinligi tufayli mutaxassislar orasida ancha ommabop hisoblanadi
BFG Miner – Mayningning bu dasturda esa foydalanuvchilar qo‘l rejimida pu’llarni sozlashi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin
Omnikanallilik – mijoz bilan doimiy aloqa qilish va bevosita aloqani amalga oshirish maqsadida bir qancha aloqa kanallarining bir butun qilingan xoldagi integratsiyalashni anglatadigan marketing atamasidir
Do'stlaringiz bilan baham: |