5.Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi xam mumkin. Bir tomondan, xususiy bulut keng ko‘lamli, samarador, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va salohiyatli xamda xavfsizlik tahdidlarini bartaraf qilishda bir qancha afzalliklarga ega. Ikkinchi tomondan, elektron biznesning asosiy talablaridan biri bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va me’yoriy talablarga rioya etishni nazorat qilish darajasi vaqt o‘tishi bilan ommaviy bulut xizmatlarida ham ortib boradi. Standart va texnologiyalar milliy institutining (NIST - National Institute of Standards and Technology, USA) “The NIST Definition of Cloud Computing” nomli hujjatida informatsion bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan:
- talab bo‘yicha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (On-demand self-service).
- keng yo‘lakli kirish imkoniyati(Broad network access).
- resurslarni birlashtirish (Resorce pooling).
- tezkor elastic holat (Rapid elasticity).
- o‘lchovli servis (Measured service).
Hozirgi kunda bulutli exnologiya xizmat ko‘rsatishlarini ba’zida bulut qatlamlari deb ham ataladigan uchta asosiy modelga ajratish qabul qilingan. Bu uchta qatlam bulutli texnologiyalar tuzilishinigina emas, balki butunlay axborot texnologiyalarini aks ettiradi.
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda tashkil etilgan ma’lumotlar-markazida (data-center) o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bir qancha kompaniyalar xaqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |