Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari


Download 222.69 Kb.
bet11/12
Sana22.11.2021
Hajmi222.69 Kb.
#176406
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Asliddin ALIQULOV.

2. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.
Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo qiladi.

Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo’lishi mumkin.

Makroiqtisodiy jarayon g’oyat murakkab va ko’’ qirrali bo’lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko’’ va xilma-xil. Jumladan, ‘rofessor A.G.Gryaznova va boshqalar iqtisodiyotda muvozanatga erishishni ta’minlovchi beshta asosiy mutanosiblikni ajratib ko’rsatadilar:

1) resurslarning hajmi, tarkibiy tuzilishi va samaradorligini moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi bilan bog’lovchi omillar (ishlab chiqarish, mehnat, moliyaviy resurslar) mutanosibligi;

2) jamg’arish me’yorini, ya’ni ishlab chiqarishning ma’lum hajmiga erishish uchun uni kengaytirishga yo’naltiriluvchi mamlakat milliy daromadidagi ulushni belgilovchi jamg’arish mutanosibligi;

3) ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlarni ishlab chiqarish omillarining barcha egalari o’rtasida taqsimlanishi nisbatini belgilab beruvchi taqsimot mutanosibligi;

4) iste’molchi talabi va taklifning hajmi, tarkibiy tuzilishi va qiymati bo’yicha nisbatini belgilab beruvchi ayirboshlash (sotish) mutanosibligi;

5) tovar va ‘ul massasi o’rtasidagi nisbatni aks ettiruvchi tovar-’ul mutanosibligi.72

Iqtisodiy mutanosibliklarni bu kabi turli ko’rinishdagi turkumlashlar boshqa manbalarda ham ko’’lab uchraydi. Shunga ko’ra, ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.




Download 222.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling