Toshkent davlat iqtisodiyot universteti


O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobini tartibga solish va rivojlanish bosqichlari


Download 104.15 Kb.
bet3/6
Sana17.02.2023
Hajmi104.15 Kb.
#1207963
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi buxgalteriya SHUKURILLOH

2. O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobini tartibga solish va rivojlanish bosqichlari.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishga qaratilgan. Shu bois so‘nggi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan e'tibor pirovard natijada barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli ham oshib bormoqda. Shu ma'noda 1996 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni sohadagi munosabatlarni tartibga solish, biznesdagi samaradorlik va natijalarning haqiqiy ahvolini o‘z vaqtida baholab borishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.
Biroq, o‘tgan yigirma yil mobaynida milliy iqtisodiyotimizda yuz bergan tarkibiy o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar turi va soni oshib borayotgani hamda sohaga joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo etmoqda.
O’zbekistonda buxgalteriya hisobi sohasida ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar Respublikamizdagi buxgalteriya hisobi tizimi bu borada Kontinental modelga asoslanishi haqiqatga yaqinroqligini ko’rsatmoqda. Ushbu modelning mohiyati shundaki, buxgalteriya hisobini tartibga solishda hukumat xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Qat’iy qonunchilik talablari asosida va soliq siyosatiga mos holda konservativ tartibda hisob yuritiladi. Shuningdek, yagonda hisob varaqlar rejasi amal qiladi.
Buxgalteriya hisobi tizimi Moliya vazirligining “Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti Bosh boshqarmasi” tomonidan tartibga solinadi hamda Buxgalterlar va auditorlar uyushmasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi yoki Auditorlar Palatasi kabi jamoatchilik tashkilotlari esa, buxgalteriya hisobini amaliyotga tadbiq etishda maslahatchi bo’lib xizmat qilmoqda. O’z navbatida xo’jalik subyektlari uchun yagona hisobvaraqlar rejasi ham mavjud.
Buxgalteriya hisobi va hisobotining tartib qoidalarini ishlab chiqishda jahon mamlakatlari uchta guruhga bo’linadi: xalqaro standartlar (Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarni – MHXS, International Financial Reporting Standats – IFRS) to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib oluvchi mamlakatlar, MHXS asosida o’z kodeksi, nizom yoki standartlarini yaratuvchi mamlakatlar hamda MHXSlarni tan olmaydigan (o’zining alohida – hisob standartlariga yoki tamoyillariga ega bo’lgan) mamlakatlar. Xususan, O’zbekiston MHXS asosida o’zining milliy standartlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi, ya’ni buxgalteriya hisobi tizimi o’z mlliy standartlariga asoslanadi (banklardan tashqari).
Buxgalteriya hisobi va hisobotining tartib qoidalarini ishlab chiqishda jahon mamlakatlari uchta guruhga bo’linadi: xalqaro standartlar (Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarni – MHXS, International Financial Reporting Standats – IFRS) to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib oluvchi mamlakatlar, MHXS asosida o’z kodeksi, nizom yoki standartlarini yaratuvchi mamlakatlar hamda MHXSlarni tan olmaydigan (o’zining alohida – hisob standartlariga yoki tamoyillariga ega bo’lgan) mamlakatlar. Xususan, O’zbekiston MHXS asosida o’zining milliy standartlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi, ya’ni buxgalteriya hisobi tizimi o’z mlliy standartlariga asoslanadi(banklardan tashqari).
Buxgalteriya hisobini narmativ xuquqiy xujjatlarining rivojlanish bosqichlari
Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimidagi amalga oshirilayotgan ishlar “bosqichma-bosqich rivojlanish” tamoyillariga asoslanib kelmoqda.
Birinchi bosqich: 1994 yil “Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida”gi Nizomni ishlab chiqilishi;
Ikkinchi bosqich: 1996 yil “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunning qabul qilinishi;
Uchinchi bosqich : 1998 yil “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari”ni yaratilishi;
To’rtinchi bosqich: 2002 yil “Moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish” bo’yicha turli me’yoriy xujjatlarning qabul qilinishi;
Beshinchi bosqich: 2012-2015 yillar “Tadbirkorlik subyektlarida statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni soddalashtirish, topshirishning elektron tizimi” ga to’la o’tkazilishi.
Shuningdek, 2000 yildan to shu kungacha buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuzaga kelgan muommolarni bartaraf etish va uni takomillashtirishga oid 30 dan ortiq tarmoq xususiyatini hisobga olgan Nizomlar, yo’riqnomalar va turli tartib qoidalar qabul qilingan. Masalan, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun xujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida” 2013 yil 7 oktabrdagi O’zRQR-355-son Qonunga asosan 12 – moddasiga o’zgartirishlar kiritildi. Bunda qonunning 9-moddasi birinchi qismi quyidagi jumla bilan to’ldirildi: “Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan to’lovlar (ishlar, xizmatlar) haqqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda to’langanida to’lov terminallarining cheklari ham boshlang’ich hisob hujjatlari deb tan olinadi”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilda qabul qilingan PQ-1001, 20-son Qarori, hamda 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453 sonli Farmoyishiga muvofiq hisobotlarni tuzish va topshirish tartibidagi so’ngi o’zgarishlarni keltirish mumkin.
.Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish.
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunning 2 – moddasiga muvofiq, “Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o’z vaqtida to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir”2. Shuningdek, ushbu maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan:
– buxgalteriya hisobi scho’tlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatning holati to’g’risida to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
–samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
–moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish”
Qishloq xo’jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga qo’yilgan vazifalar faqat u to’g’ri va oqilona tashkil etilgandagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo’l qo’yilayotgan xato – kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risida ishonchli va o’z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayor mahsulotlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida – hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi va ular elemntlarining tuzilishi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob hamda hisob siyosatidan iborat bo’lishi lozim.

O‘zbekiston iqtisodiy makonida qaror topgan tushuncha va atamalariga mos malakali tarjimasi zarur.Shu bilan birga moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga mutaxassislar tomonidan malakali sharhlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.


Shunday qilib Buxgalteriya hisobi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Qonunini 2016- yil 13 – aprelda yangi tahrirda o’zgartirishlar kritildi. № O‘RQ – 404
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 3-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 31-martda ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari
Uzluksizlik, ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplaridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son “MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” qarori qabul qilind.


Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar: 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi e’lon qilindi.



Download 104.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling