Toshkent davlat iqtisodiyot universteti


Download 104.15 Kb.
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi104.15 Kb.
#1207963
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi buxgalteriya SHUKURILLOH


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSTETI

Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti




Buxgalteriya hisobi ” kafedrasi

Ro’yxatga olindi № __________




Ro’yxatga olindi № __________

“______” ___________2023 y.




“______” ___________2023 y.
Buxgalteriya hisobi” KAFEDRASI
Buxgalteriya hisobi” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi tizimining kanseptual asoslari.
Bajardi: BR-51 guruh talabasi Akramxonov Shukrulloxon Lutfulloxon o’g’li

Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2022 y.

Komissiya a’zolari: __________________

__________________

__________________


Tekshirdi: Mavlyanova D.M

Kurs ishi himoya qilingan sana “____” _______2022 y.

Baho “_____” _________



Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“____” _______2022 y.

___________


(imzo)
___________
( imzo )
___________
( imzo )

Reja:
Kirish……………………………………………………………………………….3
1.Buxgalteriya hisobi tushunchasi va hisob siyosati…………………………...4-13
2.O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobini tartibga solish va rivojlanish bosqichlari……………………………………………………………………..14-17
3. Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish kanseptual asosning maqsadi…………………………………….………………………..………...18-28
4.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining kanseptual asoslari……..…………………………………………………………………..29-37
Xulosa……………………………………………………………………………..38
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...39

Kirish.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishini taqazo etdi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy – siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni bir qancha sohalarini, jumladan buxgalteriya hisobi tizimi ham isloh qilishni boshladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 7 –fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dastur bo’lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqazo etadi. Hisobning shunday bo’linishi nafaqat korxonaning, balki barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan davlatning ham istiqboli uchun xizmat qiladi.
Respublika buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimi oldidagi eng muhim vazifalardan biri – bu buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish tartibini imkon qadar xalqaro talablar darajasiga muvofiqlashtirib borishdan iboratdir. Chunki, xohlaymizmi, yo’qmi biz jahon globallashuv jarayoni davrida yashamoqdamiz, o’z navbatida buxgalteriya hisobi xalqaro integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda “biznes tili” sifatida tan olingan.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishni jadallashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida: aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar: 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
Men ushbu kurs ishimda shuni yoritib bermoqchimanki, respublikamizda buxgalteriyani tartibga solish bo’yicha chora – tadbirlar, qonun xujjatlar, farmoyishlar, buxgalteriya hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish bo’yicha ishlar, iqtisodiyotimizga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning usullarini va uning asoslarini yoritib bermoqchiman.

Download 104.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling