Toshkent davlat iqtisodiyot universteti


Moliyaviy hisobotning milliy standartlari kanseptual asosolariga keladigan bo’lsak


Download 104.15 Kb.
bet6/6
Sana17.02.2023
Hajmi104.15 Kb.
#1207963
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi buxgalteriya SHUKURILLOH

Moliyaviy hisobotning milliy standartlari kanseptual asosolariga keladigan bo’lsak;
Ushbu konseptual asos O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab beradi.
Mazkur konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat: Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib chiqishda;
Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga — BHMS dan foydalanishda;
Auditorlarga — moliyaviy hisobotlarni BHMS mos kelishi bo‘yicha xulosalarni tayyorlashda;
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga — moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda.
Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va uning ta’riflari biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun ishlatilmaydi. Mazkur konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Ayrim hollarda, agar konseptual asos va BHMS o‘rtasida ziddiyatlar mavjud bo‘lsa, BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun keladi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda mazkur konseptual asosni qo‘llaydi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Konseptual asos buxgalteriya hisobi standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Quyidagilar mazkur konseptual asoslarning asosiy jihatlaridir:



  • Moliyaviy hisobotning maqsadi;

  • Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot prinsiplari

  • Moliyaviy hisobotlarning elementlarini ta’riflash, tan olish va o‘lchash.

  • Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot keng doiradagi foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan talabini qanoatlantirish uchun tuziladi va davriy ravishda taqdim etiladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun moliyaviy axborotning asosiy manbasi moliyaviy hisobot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‘lganda, moliyaviy hisobotda mavjud bo‘lgan axborotga qo‘shimcha axborotni talab qilishlari mumkin.

  • Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jug‘rofiy hududlarning faoliyat turlari to‘g‘risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o‘zgarishining moliyaviy natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak.

  • Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda konseptual asosga amal qiladilar.

Ushbu hisobotning maqsadi buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi uning faoliyatini moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish hisoblanadi. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan barcha axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.
Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni o‘zida mujassam etgan:
Investitsiya qarorlarini va kreditlar berish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish;
Xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi pul oqimini baholash;
Xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslarini, majburiyatlarini baholash;
Rahbar organlarning ishini baholash.
XULOSA
Men ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytamanki Respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solishda, buxgalterlar qonun doirasida himoyalangani, qonunlar puxta va adolatli ishlab chiqilganiga guvohi bo’ldim. Buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ekanligi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan boshqaruv hisobining ahamiyati beqiyos darajada ortib borishi, boshqaruv hisobi korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o’rinlardan birini egallagani, xalqaro standart talablariga to’liq muvofiq kelishi, xarajatlar va mahsulot tannarxini boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashni yaratib berishini ko’rdik. Ko’rib chiqanimizdek ushbu “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida” gi qonunda buxgateriyaning hisobotini qonun doirasida xalqaro standartlarga mos ravishda nazorat qilinishi, maxfiyligi, saqlash, hisobotlarni topshirish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarliklar ko’rsatib o’tilgan.
Qonunda ta’kidlanganidek buxgalteriya hisobini yanda takomillashtish , tadbirkor va buxgalterlarga yangi qulayliklar yaratilmoqda. Yildan yilga ushbu qonun hujjatlarga yangiliklar, o’zagartirishlar kiritilmoqda. Sababi, rivojlanayotgan har bir mamlakat uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi tartib qoidalar, yangi texnoligiyalar, yangi tadbirkorlik g’oyalari yaratilar ekan albatta buxgalteriyaning ham yangi takomillashgan variantlari ham ortib boraveradi. Bu albattda xalq manfaatlarini ko’zlagan holda xizmat qilishiga guvohi bo’lmoqdamiz.
Qisqacha qilib aytganda ushbu qonun hujjatlari jamiyatimizni, ishlovchilarning keng imkoniyatlarini yaratish maqsadida, huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlashda va uni bartaraf etishda, ish sifatini yaxshilashda, vaqtni tejashda va chet ellik investorlarni jalb qilish va boshqa ko’p imkoniyatlar uchun xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T: O’zbekiston 2016
2. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonuni 2016. 13 aprel
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidintening 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi “O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami”, 2017-yil 13- fevral
4. D.E.Norbekov, K.M.Misirov, G’.D.Toshmanov, Moliyaviy va boshqaruv hisobi: o’quv qo’llanma. Toshkent “iqtisod-moliya” 2018
5. A.R.Qoraboyev, B.K.G’oibnazarov, N.X.Rashitova. Milliy hisoblar tizimi; O’quv qo’llanma, Toshkent “Iqtisod-moliya”2015
6. B.M.Jo’raboyev. Hisob siyosatining tashkiliy ta’minotini takomillashtirishning ayrim jihatlari. Ma’ruza matni. 2017
Internet saytlari
1. www.lex.uz (O’z.R. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)
2. www.tfi.uz ( Toshkent moliya instituti sayti)
3. www.mf.uz ( O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti)
4. www.buxgalter.uz ( Buxgalterlik rasmiy sayti )


Download 104.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling