Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Iqtisodiy o‘sishda Keynschilar modeli va neoklassik modellari


Download 312.99 Kb.
bet4/7
Sana22.10.2023
Hajmi312.99 Kb.
#1716278
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Karimbek

Iqtisodiy o‘sishda Keynschilar modeli va neoklassik modellari.

Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillari­ni o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini basho­rat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o‘sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy o‘sishning turli nazariy modellari yarati­la boshlandi. XX asrning o‘rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy muvoza­nat nazariyasi asosida yangi yo‘nalish, ya’ni neokeynschilik vujudga keldi. Iqtisodiy o‘sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari orasida ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978) o‘z modelida ishchi kuchi, aholi jon boshiga daromad va naqd kapital o‘sishi o‘rtasidagi munosabatlarni tadqiq qildi.1 U milliy daromadning kapital sig‘imlilik darajasini ifodalovchi «kapital koeffitsienti» tushunchasini yaratdi. R.Xarrod ka­pital sig‘imlilik mezonidan texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishda foydalandi.
Amerikalik iqtisodchi, neokeynschilik yo‘nalishi vakili Evsey Domar (1914-1997) ham R.Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ra­vishda mutanosib iqtisodiy o‘sishning bi­roz boshqacharoq modelini taklif etdi. U J.M.Keynsning investitsiyalar daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi, degan fikriga qo‘shimcha qilib, investitsiyalar bir vaqtning o‘zida tovarlar taklifi­ning oshishiga ham olib keladi, deb ta’­kidlaydi.2 E.Domar va R.Xarrod modella­rida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida investitsiyalar keltirila­di, chunki ular multiplikativ ta’sirga ega va shuning uchun barqaror o‘sishni ta’­minlaydi. Ushbu modelda J.Keynsdan farqli o‘laroq takror ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli davr dinamikasida tadqiq qilingan. Xarrod-Domar modeli bozor iqtisodiyotining o‘z-o‘zini boshqarish im­koniyatiga ega bo‘la olmasligini asoslab berdi.



Download 312.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling