Xulosa - Xulosa
- Demak, shartnoma muayyan bitimlarni amalga oshirishning institutsional doiralarini o`zida namoyon etadi. Har qanday institut singari, shartnoma nafaqat o`zaro hamkorlikni chegaralaydi, balki uning uchun zamin yaratadi, bu hol ayniqsa bitimlarni tuzish va amalga oshirish lahzalarining vaqt bo`yicha mos kelmasligida yaqqol namoyon bo`ladi. Bunday turdagi bitimlar ular ishtirokchilarining maqsadlariga bog`liq bo`lmagan holatlarning paydo bo`lishi xatari bilan bog`liq. Insonlar xatarni qabul qilish darajasi bo`yicha farq qiladi, bu esa ikki turdagi shartnomalarning – xatarga betaraf bo`lgan sheriklar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi sotish to`g`risidagi shartnoma hamda xatarga betaraf bo`lgan va xatarga qarshi insonlarga o`zaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi yollash to`g`risidagi shartnomaning mavjud bo`lishini izohlaydi.
- Tashkilot miniatyuradagi buyruqbozlik iqtisodiyotini o`zida namoyon etadi. Tashkilot ichki o`sishining cheklanishlari aynan shu bilan bog`liq: tashkilot ko`lamlarining kengayishi monitoring va opportunizmni oldini olish xarajatlarining oshishiga olib keladi. Institut (bozor) bilan tashkilot (firma) o`rtasidagi eng aniq chegara quyidagi ko`rsatkichlar darajasini baholash yordamida aniqlanadi: aktivlarning o`ziga xosligi, noaniqlik, bitim tomonlarining xatarga moyilligi, bitimning murakkabligi, shuningdek qonundan foydalanish narxi bilan xufyonalik narxining o`zaro nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |