Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti iqtisodiyot fakulteti


Download 0.79 Mb.
bet2/13
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#237566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti

Sotish to`g`risidagi shartnoma faqat uning ikkala tomoni ham xatarga nisbatan betaraf bo`lib, kutilayotgan voqealar sodir bo`lmasligi va shartnomada qayd etilgan vazifalar yuzaga keladigan vaziyatga mos bo`lmagan ehtimollikka ko`nishga tayyor bo`lgan taqdirda tuzilishi mumkin.

  • Demak, sotish to`g`risidagi shartnoma xatarga bir xil munosabatda bo`ladigan – xatarga betaraf shaxslar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Yollash to`g`risidagi shartnoma esa xatarga har xil munosabatda bo`ladigan – xatarga betaraf va xatarga qarshi insonlar o`zaro hamkorligining institutsional doiralarini yoritadi. Xatarga qarshi shaxslar (yollanma xodimlar) xatarga betaraf bo`lgan shaxslar (ish beruvchilar) foydasiga o`zlarining kelgusida «tabiiy» omillarni hisobga olgan holda harakat strategiyasini erkin tanlash huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechishadi. Shaxsning shartnomada belgilangan faoliyat turi ustidan nazorat qilish huuqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi yuz beradi. Huddi resurslarni tasarruf etish huquqini topshirish kabi shaxs o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqini ham topshirishi mumkin.
  • Shunday qilib, shaxs, agar u boshqa shaxs tomonidan nazorat qilingan taqdirda katta foyda va (yoki) nazorat qilish huquqi topshirilayotgan shaxsdan kompensatsiya olishiga ishonsa, o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining topshirilishidan manfaatdor hisoblanadi.
  • Shaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi o`z harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida yotadi. Hukumronlik munosabatlari bir necha xilda bo`ladi:
  • oddiy, uning doirasida nazorat aynan unga nazorat qilish huquqi topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi;
  • murakkab, bunda unga nazorat qilish huquqi topshiriladigan shaxs bir vaqtning o`zida ushbu huquqni uchinchi shaxslarga topshirish huquqini ham qo`lga kiritadi;
  • pesonafikatsiyalangan, unda nazorat qilish muayyan shaxsga topshiriladi;
  • pozitsion, u nazoratning muayyan shaxsga emas, balki jamiyatning institutsional tarkibida (davlat apparatida, firmaning ichki tuzilishida va h.k.) muayyan mavqega ega bo`lgan shaxsga topshirilishini nazarda tutadi.
  • 3. Shartnomalarning xillari
  • Endi yollash to`g`risidagi shartnoma bilan sotish to`g`risidagi shartnomani o`zaro taqqoslagan holda, bevosita shartnoma tarkibini muhokama qilishga kirishamiz. Shartnomaning uchta bazaviy xili ma’lum – klassik, implitsit va neoklassik.
  • Klassik shartnoma, unda o`zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va to`la-to`kis belgilangan, sotish to`g`risidagi shartnomadan hosil bo`lgan shartnoma.
  • Implitsit (bundan «implitsit», ya’ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasi kelib chiqqan) shartnoma esa, aksincha, o`zaro hamkorlikning aniq belgilanishini istisno etadi, shartnoma tomonlari shartnomaning amalga oshirilishi jarayonida ularning tafsirlanishini nazarda tutadi. Bunday shartnoma yollash to`g`risidagi shartnomadan hosil qilingan. Neoklassik yoki gibrid, «munosabatli» shartnoma o`zida ham yollash to`g`risidagi shartnomaning, ham sotish to`g`risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi va tomonlarga kutilmagan holatlar sodir bo`lganida uning harflariga amal qilmaslik imkonini beradi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling