4. Tashkilot tushunchasi
Prinsipial jihatdan yangi lahza – shaxs tomonidan yollash to`g`risidagi shartnoma doirasida o`z harakatlarini nazorat qilish huquqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi – bozor konstitutsiyasi me’yorlariga tuzatishlar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, murakkab utilitarizm me’yoriga faqat yollash to`g`risidagi shartnoma tomonlaridan biri – uning foydasiga nazorat huquqi topshirilayotgan tomon amal qiladi. Bitimning ushbu tomonini «prinsipal» yoki «topshiriq beruvchi» deb ataymiz. Bitimning ikkinchi tomoni – «agent» yoki «ijro etuvchi» ma’lum darajadan ortiq bo`lgan mukofot evaziga o`z harakatlarini o`zi nazorat qilish huquqidan voz kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |