Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti mavzu aksiyaning baholanishi vaxususiyatlari
Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi
Download 12.45 Kb.
|
aksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dividendlar tolovi
- Yigilishda ovoz berish
Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:
mulkiy huquq. nomulkiy huquq. Aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond bozorida qayd etilgan va qayd etilmagan turlari bor. Aksiyalar investorni quyidagi xususiyatlari bo'yicha jalb qiladi: Ovoz berish. Kapitalni o'sishi. Qo'shimcha imtiyozlar. Keyingi emissiyaga yozilish huquqi. Mulkka egalik qilish huquqi Dividendlar to'lovi Imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend miqdori kompaniya ustavida ko'rsatiladi. Agar kompaniya ustavida imtiyozli aksiya egasi qancha pul olishi ko'rsatilmagan bo'lsa, to'lovlar miqdori oddiy aksiyalar bilan bir xil bo'ladi. Dividend miqdori kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etiladi va aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Dividendlar miqdori kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan qiymatdan yuqori bo'lishi mumkin emas.Dividendlar oddiy aksiyalar egalariga to'lanmay, faqat imtiyozli aksiyalar egalariga to'lanishi holati ham bo'lishi mumkin. Misol – Hamkorbank.Ammo ko'pincha emitentlar har ikki turdagi aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lashadi. Bunday holatda imtiyozli aksiyalar egalari dividendlarni birinchi navbatda olish huquqiga ega bo'ladilar.Imtiyozli aksiyalar o'z egalariga Kompaniya foydasi mavjudligidan qat'iy nazar aniq belgilangan dividendlar olish huquqini beradi.Dividendlar to'lash tartibi ustavda yoki Kompaniyaning dividend siyosatida ko'rsatiladi.Dividend siyosati aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ma'lumot jamiyat veb-saytining "Investorlar va aksiyadorlar" bo'limida joylashtiriladi. Yig'ilishda ovoz berish Imtiyozli aksiyalar aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ovoz bermaydi. Qonun va jamiyat ustavida belgilangan holatlar bundan mustasno.Ko'pincha aksiyadorlar umumiy yig'ilishida faqat oddiy aksiya egalari ovoz berishadi. Bitta aksiya - bitta ovoz qoidasi qo’llaniladi.Ba'zi masalalar imtiyozli aksiyalar egalari ishtirokida hal qilinadi masalan: jamiyatni qayta tashkil etish tugatish yirik bitimlar tuzish va ustavga imtiyozli aksiyalar egalarining huquqlarini cheklash bilan bog'liq o’zgartirishlar kiritish.Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalar nominal qiymati jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmaydi. Download 12.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling