Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti mavzu aksiyaning baholanishi vaxususiyatlari
Download 12.45 Kb.
|
aksiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy aksiyalarni baholash usullari
Bankrotlik va jamiyatni tugatish
Aksiyadorlik jamiyati bankrotga uchragan yoki tugatilgan taqdirda imtiyozli aksiyalar egalari o'z ulushlarini oddiy aksiyalar egalaridan oldinroq olishadi. Aksiyalarni jamiyat qaytarib sotib oladi va sizga aksiyaning tugatish qiymati to'lanadi. Aksiyaning tugatish qiymati ham jamiyat ustavida ko'rsatiladi. Ushbu qoida dividend to’lashda ham qo’llaniladi. Tugatish dividendlari birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo'yicha to'lanadi va shundan keyingina qolgan qismi oddiy aksiyalar egalari o'rtasida taqsimlanadi. Qisqacha aytganda: ▪ aksiyalar 2 turda: oddiy va imtiyozli. oddiy aksiyalar aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ovoz beradi ammo ular bo'yicha dividendlar kompaniya foydasiga bog'liq bo'lgani sababli aniq belgilanganmaydi. Imtiyozli aksiyalar aksiyadorlar yig'ilishlarida ovoz bermaydi, ammo ular bo’yicha aniq belgilangan dividendlar to’lanadi. ▪ Agar dividendlar to'lanmasa, imtiyozli aksiyalar ovoz berish huquqini beradi. ▪ Aksiyadorlar huquqlarini cheklash to'g'risida ustavga o'zgartirishlar kiritish, yirik bitimlar tuzish, jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish masalasi ko’rilganda, barcha turdagi aksiyalar ovoz beradi. ▪ Oddiy aksiyalar kompaniyani boshqarish bo'yicha ko'proq huquq va imkoniyatlarni beradi ammo ular bo'yicha dividendlar olish kafolatlanmaydi. Shu bilan birga, aksariyat hollarda uzoq muddatli istiqbolda kotirovkalarning o'sishi hisobiga oddiy aksiyalardan olinadigan daromad imtiyozli aksiyalardan o’zib ketishi holatlari kuzatiladi. ▪ Aniq belgilangan barqaror daromadni istaganlar uchun imtiyozli aksiyalar yaxshi tanlov bo’ladi. Oddiy aksiyalarni baholash usullari Oddiy aksiyalar qiymatini baholashning asosiy usullari quyidagilar hisoblanadi: nominal; bozor, balans, tugatish investitsiyaviy. Nominal usul aksiyalarning e’lon qilingan qiymatiga asoslanadi. Nominal yoki umumiy qiymat aksiyalarning asosiy tavsiflaridan biri sanaladi. Barcha joylashtirilgan aksiyalarning nominal qiymatlari miqdori aksionerlik jamiyatining ustav kapitalini tashkil etadi. Barcha joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati aksionerlik jamiyati ustav kapitalining 25% idan oshmasligi lozim. Barcha oddiy aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi lozim. Bir turdagi imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati ham bir xil bo‘lishi talab etiladi. Aksiyalarning barcha nominal qiymatlari miqdori jamiyatning ustav fondini belgilab beradi. Bozor usuli – QQBda hukmron bo‘lgan aksiyalar kursi. Aksiyalarning nominal qiymati, odatda, uning bozor qiymati bilan ustma-ust tushmaydi. Yaxshi ishlayotgan aksionerlik jamiyatida u odatda yuqori, moliyaviy va ishlab chiqarish qiyinchiliklarini boshidan kechirayotgan korxonalarda esa – past bo‘ladi. Bozorda aksiyalar narxi talab va taklifning o‘zaro munosabatlashuvi natijasida belgilanadi. Mazkur o‘zgaruvchilar korxonalar foydaliligi istiqboliga bog‘liq bo‘ladi. Aksiyalarning kurs qiymati o‘sishi investor daromadining salmoqli qismini tashkil qilishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun aksiyalarni sotish zarur. Aksincha holatda keyinchalik qimmatli qog‘ozlar kursining tushib ketishi mumkinligi bo‘yicha xavf mavjud bo‘ladi.Balans usuli – kompaniyaning aksionerlik kapitalini o‘lchash usuli, kompaniya jami aktivlarining imtiyozli aksiyalarning egalari tomonidan kiritilgan kapital va barcha majburiyatlar miqdoriga nisbatiga teng. Korxonalar aktivlarining balans qiymati bo‘yicha aksiyalarni baholash ancha taxminiy hisoblanadi chunki qabul qilingan hisob siyosati (amortizatsiya hisoblash usuli, mahsulotlar sotish va tovar-moddiy zaxiralar hisobi, asosiy mablag‘larni qayta baholash) ga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi va aksiyalarning ta’minlanganligi ko‘rsatkichi sifatida real foydalanilishi mumkin. Tugatish usuli – majburiyatlar so‘ndirilgandan va imtiyozli aksiyalarningegalariga to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng aktivlarni mumkin bo‘lganlar ichida eng foydali narxda sotishdan keyin qolgan kompaniya aktivlari summasi Shu bilan birga unutmaslik lozimki kompaniyani tugatish haqida qaror qabul qilish uchun umumiy yig‘inda aksionerlarning kamida 75%i ushbu qarorni ma’qullashi talab etiladi. Download 12.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling