Toshkent davlat iqtisodiyot
Download 312.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Mirzayeva N kurs ishi
XULOSA Men ushbu kurs ishimdan shuni xulosa qilib aytamanki Respublikamizda buxgalteriya hisobini tartibga solishda, buxgalterlar qonun doirasida himoyalangani, qonunlar puxta va adolatli ishlab chiqilganiga guvohi bo’ldim. Buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo’nalishlaridan biri ekanligi, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan boshqaruv hisobining ahamiyati beqiyos darajada ortib borishi, boshqaruv hisobi korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o’rinlardan birini egallagani, xalqaro standart talablariga to’liq muvofiq kelishi, xarajatlar va mahsulot tannarxini boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashni yaratib berishini ko’rdik. Ko’rib chiqanimizdek ushbu “Buxgalteriya hisoboti to’g’risida” gi qonunda buxgateriyaning hisobotini qonun doirasida xalqaro standartlarga mos ravishda nazorat qilinishi, maxfiyligi, saqlash, hisobotlarni topshirish, qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarliklar ko’rsatib o’tilgan. Qonunda ta’kidlanganidek buxgalteriya hisobini yanda takomillashtish , tadbirkor va buxgalterlarga yangi qulayliklar yaratilmoqda. Yildan yilga ushbu qonun hujjatlarga yangiliklar, o’zagartirishlar kiritilmoqda. Sababi, rivojlanayotgan har bir mamlakat uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi tartib qoidalar, yangi texnoligiyalar, yangi tadbirkorlik g’oyalari yaratilar ekan albatta buxgalteriyaning ham yangi takomillashgan variantlari ham ortib boraveradi. Bu albattda xalq manfaatlarini ko’zlagan holda xizmat qilishiga guvohi bo’lmoqdamiz. Qisqacha qilib aytganda ushbu qonun hujjatlari jamiyatimizni, ishlovchilarning keng imkoniyatlarini yaratish maqsadida, huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlashda va uni bartaraf etishda, ish sifatini yaxshilashda, vaqtni tejashda va boshqa ko’p imkoniyatlar uchun xizmat qiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling