Toshkent davlat iqtisodiyot


O`zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanish holati


Download 111.44 Kb.
bet5/16
Sana09.01.2022
Hajmi111.44 Kb.
#259978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
tu-52.Nurdinova.S.Kurs.ishi

2. O`zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanish holati.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Turizm O`zbekiston iqtisodining tezkor rivojlanayotgan sohasidir. O`zbekiston juda katta turizm va rekreatsiya salohiyatiga ega, unda jami 7,4 ming madaniy meros obyektlari mavjud, ulardan 209 tasi to`rtta muzey shaharlar — “Xiva shahridagi Ichan-qal’a”, “Buxoro shahrining tarixiy markazi”, “Shahrisabz shahrining tarixiy markazi”, “Samarqand shahri” hududida joylashgan bo`lib, YUNESKO butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan.

So`nggi yillarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi, shu jumladan Toshkent shahrida “Nyatt Regency Tashkent” va “Lotte City Notel Tashkent Palace” brendli mehmonxonalar ochilishi, Andijon, Urganch va Toshkent shahrida madaniy-ko`ngilochar bog`larning tashkil etilishi, “Angren-Pop” temir yo`li ochilishi, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz va Xiva shaharlariga tezyurar poyezdlar uchun elektrlashtirilgan temir yo`llari ochilishini aytib o`tish joiz.

Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi yetakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni echish, ish o`rinlarini ko`paytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta’minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan.

2018-yilda kirib kelayotgan xorijiy turistlar sonini ikki baravarga oshirishning muhim omillari sifatida viza rejimi, O`zbekistonda bo`lish qoidalari hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borish tartibi soddalashtirilgani, turizm sohasida infratuzilmaning rivojlanishi va turizm salohiyatini targ`ib qilish choralari ko`rilgani ko`rsatish mumkin, shu jumladan:

qo`shimcha 9 ta (umumiy 18 ta) davlatga vizasiz rejim joriy etilgani, fuqarolariga kirish vizalarini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan davlatlar soni 12 tadan 50 taga ko`paygani;

elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi ishga tushirilgani, O`zbekiston hududidan tranzit bilan o`tayotgan 101 davlat fuqarolariga O`zbekistonga vizasiz kirish, vaqtincha bo`lish va fuqarolarni o`tkazish punktlari orqali chiqib ketish tartibi joriy qilingani;

xorijiy fuqarolarni respublika hududida vaqtinchalik ro`yxatga olish tartibi soddalashtirilgani, mazkur tartib “E-MENMON” tizimi orqali to`liq elektron shaklga o`tkazilgani;

mehmon uylarini sertifikatsiya qilish tartibi bekor qilingani;

respublika hududiga olib kirilayotgan 8 va undan ko`proq yo`lovchi tashishga mo`ljallangan turistik klassdagi avtotransport vositalarini sertifikatsiya qilishning yangi mexanizmi joriy etilgani hamda buning natijasida 2018-yilda turistik klass avtotransport vositalarining parki 128 donaga ko`paytirilgani (47 avtobus va 81 mikroavtobus).

Mamlakatning boy madaniy merosni ommalashtirish maqsadida doimiy ravishda xalqaro ko`rgazma yarmarkalar tashkillashtirildi, ular o`rtasida eng ommalashgani xar yili o`tqaziladigan "Buyuk Ipak yulida turizm" Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi Markaziy Osiyodagi eng katta yirik yarmarkalardan biri xisoblanadi. Yarmarka turizm sohasidagi muxim xalqaro tadbirlardan biri bo`lib, Xalqaro Turistik Tashkilot BBTning xar yili 500dan ortiq xalqaro turistik kompaniyalarni shuningdek, xalqaro ommaviy axborot vositalarining 100dan ortiq vakillari ishtirok etadi.

Turizm - bu zamonaviy, doimny ravishda rivojlanib kelayotgan, yuqori daromadli xalqaro industriyadir. Butunjaxon Sayyohlik Tashkilotining xisoblashicha, yuqori sayyohlik xizmat ko`rsatuvchi shaxardagi 100ta sayyoh 200 dollar sarf qiladi, ya`ni shaxardagi 1ta sayyoh 2 dollar foyda keltiradi.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatga kelgan xar bir 30 sayyoh, bevosita turizm sohasida bir ish urinni hamda u bilan bog`liq sohalarda ikkita ish urinni tashkil kqlinishiga sabab bo`lar ekan. SHuningdek, sayyohlik sohasi mamlakatning qishloq xo`jaligi, mahalliy sanoatda, xizmat ko`rsatish, milliy xunarmandchilik va boshqa sohalarini rivojlantirishga ko`mak beradi.

Bu borada mamlakatimizda zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantishga katta e`tibor qaratilmoqda. Respublikamiz poytaxti va jahonga tanilgan mashxur ta’rixiy shaharlarimizda yangi zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan mehmonxonalar, aeroportlar, muzeylar, ovqatlanish va madaniy xordik chnkarish joylari, yullar va boshqa inshoolar qurildi, transport va kommunikatsiya tarmoqlari tubdan yaxshilandi, mehmonlarga xizmat ko`rsatish darajasi keskin o`zgardi.

SHunnngdek, ishbilarmon va tadbirkor kishilarga xususiy mehmonxonalar barpo etish, maxalliy va chet ellik mehmonlar va sayyohlarga xizmat ko`rsatish uchun keng imkoniyatlar yarataldi. Buning natijasida mamlakatning barcha shaxarlarida kichik xususiy mehmonxonalar qurilib ularning keng tarmogi shakllandi.

Turizm servis tajribasi shuni ko`rsatadiki, mamlakatga kelayotgan mehmonlarning bir kqismi yirik, nomdor va yuqori darajadagi qulayliklarga ega mehmonxonalarda turishni avzal ko`radi. Ikkinchi qismi esa kichik, kam xajmli mehmonxonalarni yoqtiradi. Birinchi guruh mehmonlarni asosan ish bilan, biznes yoki qaysidir anjumanlarga katnashish uchun kelgan kishilar tashkil etadi. Ikkinchi guruh mehmonlarni esa asosan turistlar, ulkamizni ziyorat qilishga kelgan sayyohlar tashkil qiladi.

O`zbekiston Respublikasn Davlat Statistika Qo`mitasining ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistondagi xorijiy va mahalliy sayyohlarga mo`ljallangan joylashuv vositalari 966taga yetdi, yana 138tasida qurilish ishlari davom etmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

O`zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimining keskin ortib borishi hududlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi turizm obektlarini tashkil etishga turtki berib, joriy yilning o`tgan davri mobaynida hududlarda jami 2038 o`rinli 40 joylashuv vositasi (mehmonxona) qurilib, foydalanishga topshirildi.

Toshkent shahrida 451 o`rinli - 10ta, Buxoro viloyatida 160 o`rinli - 6ta, Samarqand viloyatida 108 o`rinli - 4ta, Xorazm viloyatida 430 o`rinli - 9ta mehmonxona foydalanishga topshirildi. Buning natijasida bugungi kunda respublika bo`ylab joylashtirish vositalari (mehmonxona) soni 966tani tashkil etib, ulardagi o`rinlar soni 43 423taga yetdi.

Hududlardan olingan ma’lumotlarga ko`ra, ayni kunlarda 14 634 o`rinli 138ta joylashtirish vositasi shu jumladan, 13 196 ta o`rinli 3 va 4 yulduzli 93ta joylashuv vositasini qurish ishlari davom etmoqda.

"Uzbekturizm" milliy kompaniyasi ma`lumotiga ko`ra tarixiy va sayyohlik xududiga kelayotgan sayyohlarning soni yildan yilga oshib bormoqda. 2018 yil sayyohlar soni (mahalliyni o`z ichiga olgan holda) 5 346,8 ming kishini tashkil qilgan bo`lsa, 2019 yil bu ko`rsatkich 6 748 ming kishini tashknl qildi (2018 ga nisbatan 125 %), 1,313 mlrd AQSh dollariga bahilangan xizmatlar eksport qilindi. Bu ko`rsatkich 2018 yil 1,041 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.

Bugungi kunda YaIMimizda turizmning ulushi 1,2 foizdan 1,7 foizgacha xolos. Buni yaqin 5 yil ichida 30 foizga olib chiqish – asosiy maqsadlarimizdan biri.

Bugungi kunda sayyohlarni jalb qilish uchun faqat standart xizmatlar ko`rsatiladigan mehmonxonalarni qurish yetarli emas. Sayyohlik industriyasini jahon miqyosida rivojlantirish bu boradagi kuchli raqobat bu jabhada yangi noan’anaviy shakllarni izlab topishni talab qiladi. Bularga mehmonxonalarda xizmat ko`rsatish usullari, shuningdek, sayyohlarni ortib borayotgan talablarini qondirish kiradi. Mamlakatda 1 482 turoperator, 1188 ta joylashtirish vositalari, 886 ta mehmon uylari faoliyat yuritmoqda.

Respublikamizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning 455,7 mingtasini Rossiya, 63,5 mingtasini Turkiya Respublikasi, 62,5 mingtasini Afg`oniston, 54,2 mingtasini Xitoy fuqarolari tashkil qiladi. Sayyohlarning asosiy qismi (76,2%) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaxarlariga tashrif buyuradi, qolgani (23,8%) respublikaning boshqa joylariga borishga qiziqadi.

Shunday qilib, O`zbekiston juda katta sayyohlik imkoniyatlari va barqaror rivojlanuvchi sayyohlik infrastrukturasiga ega. Lekin jahon sayyohlik industriyasidagi raqobat va sayyohlarning ehtiyoji yildan-yilga oshib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizga kelayotgan sayyohlarga tarixiy joylarimiz haqida ma`lumot berish bilan cheklanib qolmay, sayyohlarni qiziqtiradigan, ularning tobora oshib borayotgan xohish-istaklari va talablarini qondirish yuzasidan yangi usullar va shakllarni izlab topish, ularni noan’anaviy tarzda tadbiq qilish lozim. O`lkamiz, ko`hna tariximiz, turmush tarzimiz, bizni o`rab turgan muxit, madaniyat va san'at sohasida qo`lga kirishlgan yutuqlarimizni namoyish va targ`ib qilishning samarali, qiziqarli va original usullarini ishlab chiqib rivojlantirish zarur.

Sayyohlik yo`nalishlarini diversifikatsiya qilish, chet ellik va mahalliy sayyohlarga taklif etiladigan alpinizm, otda, tuyada, avtomobilda sayohat qilish, off-road sayohatlari, baliq ovi, rafting, xeliski, geoturizm, ta’lim turizmi kabi yangi sayyohlik yo`nalish va dasturlarini ishlab chiqish ishlari samarali amalga oshirilmoqda.




Download 111.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling