Toshkent davlat iqtisodiyot
Buxoroda turizm infratuzilmasining tahlili
Download 111.44 Kb.
|
tu-52.Nurdinova.S.Kurs.ishi
3. Buxoroda turizm infratuzilmasining tahlili
Dunyo turizm sohasidagi o`sish O`zbekiston Respublikasi turizmidagi o`sishga ham ta’sir etdi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, O`zbekiston dunyo turizm bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi o`z o`rnini egallab kelmoqda. Buxoro viloyatida umumiy yodgorliklar soni 365 ta tashkil etib Buxoro shahrining o`zida 255 tani tashkil qiladi va bu yodgorliklarning qisqacha tahlili: Buxoro shahrining jami yodgorliklari 255 ta bo`lib shulardan Ba’zi asosiy tarixiy obidalar soni 14 ta, madrasalar – 30 ta, masjidlar – 48 ta, karvonsaroylar – 15 ta, tim va toqlar – 4 ta, boshqa yodgorliklar esa 145 tani tashkil etadi. Ba’zi asosiy tarixiy yodgorliklar soni jami 14 tani tashkil etadi. shulardan Buxoro viloyat inspeksiyasi – 1 ta, buxoro viloyat badiiy me’morchilik muzey qo`riqxonasi – 1 ta, diniy tashkilot – 5 ta, foydanilmaydi – 7 ta. Bu yerda 50 % ni foydanilmaydiga obyektlar ko`proq hissa qo`shgan ya’ni bular qaysilar Turki Jandi, Imom Qozixon Abdulloh, Zinda Filli Ahmadiy Jomiy, Boboi Parado`z, Sufiyoni Savri, Pushtan g’aribon va Bexishtion (Mazori Sharif)lardir. Buxoro viloyatida umumiy yodgorliklar soni jami: 365 ta shulardan 255 tasi buxoro shahriga to`g’ri keladi. Qolgan 110 tasi buxoro viloyatidagi tumanlarga to`g’ri keladi. Buxoro tumanida jami yodgorliklardan 3 tasi foydalanmaydi qolgan 4 tasi diniy tashkilot bo`lib hisoblanadi. Kogon tumanida esa 45 ta yodgorlik bo`lib shulardan 25 tasi fuqorolar tomonidan uy-joy sifatida foydalanib kelinmoqda. G’ijduvon viloyatida ham 17 ta foydalanmaydigan yodgorliklar bo`lsa, qolgan 5 tasi turli xil maqsadlarga foydalanib kelinmoqda. Shofirkon tumanida 2 ta foydanilmaydi, 1 ta diniy tashkilot hisoblanadi. Peshku tumanida esa jami yodgorliklar 12 tani tashkil etadi shulardan 10 tasi foydanilmaydi. Qorovulbozorda jami 2 ta yodgorlik bo`lsa shulardan hammasi ham foydanilmaydi. Vobkent tumanida esa jami 10 ta yodgorlik bo`lsa shulardan 6 tasi foydanilmaydi. Romitan tumanida ham jami 5 ta yodgorlik, shulardan 3 tasi foydanilmaydi. Jondor tumanida esa jami yodgorliklar 4 ta bo`lsa shulardan 4 tasi ham hozirgacha foydanilmasdan xaroba holicha turibdi. Qorovulbozor tumanida 2 ta sardoba mavjud bo`lib unda hozirgi kunda biror maqsadga foydalanmasdan kelinmoqda. Bu sardobalar Sardobayi Qaravulbozor bilan Bo`zachi sardobalardir. Hozir kunda bu sardobalar kundan-kunga xaroba holicha turibdi. Bu sardobalarning 1 tasi yo`l bo`yicha bo`lsa 2 chisi qaravulbozor markazidan 21 km uzoqlikda joylashgan edi. U yerda yo`l infratuzilmasi yo`lga qo`yilmagan va hozirgi kunda juda og’ir ahvolda yastanib yotibdi. Agar bu 2 ta sardobani yo`l infratuzilmasini qayta tiklab, 2 ta sardobani ham qayta tiklansa, ikkala sardobalarda ham turistlar e’tiboridan qolmaydi degan umidaman. Sardobalarning vazifasi qadimda cho`ldan o`tayotgan karvonlar uchun suv vazifasini bajargan. Agarda hozir qayta tiklab avvalgidek tiklansan chet el sayyohlar e’tiboridan qolmaydi degan mulohazada keldim. Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinib, ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati ko`rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarand, Buxoro va Xivadagi obyektlarga tashrif buyuriladi. Respublikamizda hammasi bo`lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg`ona vodiysida amalga oshiriluvchi ko`ngilochar, sarguzasht, ov, dam olish – davolanish, tog`-chang`i va golf sporti bilan shug`ullanish turlari ham mavjud. Buxoro viloyatida turistik faoliyatni amalga oshiruvchi firma va tashkilotlar soni 37 tani tashkil qilib, 2019- yilda ular tomonidan 12,4 ming nafar tashrif buyuruvchiga xizmat ko`rsatildi. Ular tomonidan 7064 ta sayyohlik yo`llanmalari sotilgan bo`lib, uning qiymati 7240,9 mln. so`mni tashkil qildi. 2019- yilga kelib Buxoro viloyatida mehmonxona va shunga o`xshash joylashtirish vositalari soni 173 taga yetdi. Mehmonxonalarda joylashtirilgan shaxslar soni 220,6 ming kishini tashkil etdi. Shunday qilib xulosa qilishimiz mumkinki, Buxoro viloyatida turizm sohasi jaddal sur’atlar bilan rivojlanib kelmoqda. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda qo`lga kiritilgan yutuqlarga nazar tashlaydigan bo`lsak, avvalo, o`lkamizga tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlar sonining oshib borayotganligini inobatga olish zarur bo`ladi. Ammo ushbu sohaning rivojlanishiga hali bir nechta salbiy omillar ham ta’sir qilmoqda. Buxoroga kirib keluvchi turistik oqimining o`sishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo`lgan ba’zi hollarni sanab o`tish mumkin: - ba’zi mehmonxonalarda taomlarning zamonaviy talablarga javob bermasligi: - O`zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlarining narxlari asosiy raqobatchilariga nisbatan qimmatligi; - turistlar esdalik uchun xarid qiladigan milliy suvenirlarimizning kamligi va nisbatdan qimmatligi; - joriy infratuzilmani takomillashtirish va yangilarini yaratish uchun xususiy soha vakillarida mablag`larning yetishmasligi; - targ`ibot masalalariga yetarlicha e’tibor berilmaganligi tufayli xorijiy fuqarolarning aksariyatida O`zbekiston to`g`risida ma’lumotning kamligi; - O`zbekistondagi joriy narxlarning qimmatligidan tashqari, ba’zi hollarda, taklif etilayotgan tovar va xizmatlar sifatining shu narxga mos kelmasligi. Buxoro hududidagi turistik infratuzilmani tahlil qiladigan bo`lsak, u quyidagi ko`rinishga ega: Aviatransport Turstik mavsum paytida talab taklifdan oshib ketadi. Buxoro aeroportidan faqat Moskva, Sankt-Peterburg va Krasnodarga xalqaro avia-reyslar amalga oshiriladi. Urganch aeroportidan Milan va Parijga reyslar mavjud. Shu bilan birga, Mamlakatning ichida shaharlararo avia-reyslar yo`lga qo`yilmagan, faqatgina Toshkent orqali uchish mumkin. Temir yo`l transporti Buxorodan Samarqand va Toshkent shaharlariga kunduzgi va kechki poezdlar qatnamoqda. Lekin temir yo`l stanstiyasi Kogon shahrida joylashgan bo`lib, Buxoro markazidan 10 km uzoq. Avtomobil transporti Avtobuslar, mikroavtobuslar va taksilar Samarqand, Xiva va Toshkent yo`nalishida o`z xizmatlarini asosan norasmiy ravishda taklif qiladilar. Avtobuslar aniq jadval asosida qatnamaydi, kelajakda ichki turizmni rivojrantirish uchun yo`llarni hamda transport infratuzilmasini yaxshilash kerak. Buxoroda turistik infratuzilmasini rivojlantirish muammolari: • Yo`l ko`rsatkichlarning yo`qligi; • Avtomobillarni qo`yish joylarning mavjud emasligi; • Ma’lumot (informatsiya) beruvchi markazlarning yo`qligi; • Internet portal mavjud emasligi. Ushbu muammolar yechimi uchun bir qancha takliflarimiz quyidagilardan iborat: • shaharning tarixiy markazlaridan boshlab butun shaharda yagona dizayndagi informatsion ko`rsatkichlar o`rnatish (yakka tartibdagi mustaqil sayyohlar uchun qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida); • Labi Hovuz turistik kompleksi hududida yirik axborot informatsion markazi, vokzal va aeroportlar, aholi gavjum joylarida esa uning shahobchalarini yaratish (axborot olish bilan bog`liq bo`lgan muammolarini bartaraf etish maqsadida); • Shahar bo`ylab o`rnatilgan bank terminallarida shahar haqidagi informatsion dasturni o`rnatish va uni yangilab turish (mavjud bo`lgan resurslardan ratsional tarzda foydalanib, ularni multivazifali xususiyatlarini yaxshilash maqsadida); • Turistik ob'yektlarda statsionar durbinlarni o`rnatish; • Yagona internet-portali yaratib, unda shaharda mavjud bo`lgan barcha turistik tashkilotlar, didga sazovor joylar, do`konlar va hokazolar haqidagi barcha ma’lumotlarni joylashtirish (distantsion va tez ravishda ishonchli ma’lumot olishni osonlashtirish, umumiy axborot tizimini yaratish maqsadida); • Turistlar uchun call-markazni tashkil qilish. • Mehmonxonalarda turistlarga ma’lumot beruvchi punktlarni yaratish; • Piyoda yurishga mo`ljallangan zonalarni tashkil qilish va takomillashtirish; • Namoyish ob'yektlarning ko`rsatkichlariga QR-kodlarini o`rnatish; • Yuqoridagilarni amalga oshirishni yosh kadrlar zimmasiga yuklab, ularning shaharga bo`lgan munosabatlarini mustahkamlanishiga va shahar rivojiga o`z hissasini qo`shishiga ko`maklashish (yoshlarga o`z vataniga bo`lgan mehrni uyg`otish va shakllantirish, shahar ravnaqi va farovonligiga nisbatan kelajak avlodning munosabatini mustahkamlash maqsadida). Yuqoridagi takliflarni hayotda tadbiq etishdan ko`rilayotgan natijalar qisqacha quyidagilardan iborat: • Buxoroga tashrif buyuruvchi sayyohlarning mustaqil tarzda sayohat qilishlari uchun qo`shimcha qulayliklar yaratilgani sababli, shaharning turistik obro`i oshishi; • Domino effekti, ya’ni, bir sayyohning ijobiy bahosi mamlakatga tashrif buyuruvchilar sonini tabiiy hamda tizimli ravishda oshiradi; • Shaharning turistik infratuzilmasi sifati sezilarli darajada oshadi va shaharning jozibadorligi ma’lum miqdorda oshadi; Kelajakda yosh kadrlar tomonidan yangi investitsiyalarni jalb qila oladigan turli yo`nalishlardagi loyihalar ishlab chiqiladi. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 2017 — 2019-YILLARDA BUXORO SHAHRI VA BUXORO VILOYATINING TURIZM SALOHIYATINI JADAL RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA Buxoro — Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo`lib, Buyuk Ipak yo`lidagi eng yirik va mashhur savdo markazlaridan biridir. Shahar umumjahon tamadduni rivojlanishining eng muhim bosqichlari bilan chambarchas bog`liq bo`lgan o`zining ming yillar davomida shakllangan boy va noyob tarixi bilan madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-diniy qadriyatlarning rivojlanishiga ulkan hissasini qo`shib kelgani bilan butun dunyoda shuhrat qozongan. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi YUNESKOning Butun jahon merosi shaharlari ro`yxatiga kiritilgani uning tarixiy jihatdan bebaholigi, butun ma’rifatli dunyo uchun madaniy va sivilizatsion ahamiyatining to`g`ridan to`g`ri isboti bo`ldi. Mustaqil rivojlanish davrida O`zbekistonning butun turizm tarmog`i kabi Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turistik salohiyatini targ`ib qilish, turizmning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish davlatning doimiy diqqat-e’tibori markazida turibdi. Bugungi kunda Buxoro viloyatida turizm industriyasi va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirishda band bo`lgan turistik faoliyat subyektlari soni jadal sur’atlarda oshib bormoqda. Shu bilan birga, qayd etish lozimki, hududning mavjud turistik salohiyatidan yetarli darajada samarali foydalanilmayapti. Yevropa, Afrika, Osiyo va MDH davlatlaridan sayyohlar oqimini samarali jalb qilish uchun Buxoro shahri va Buxoro viloyatining yangi zamonaviy qiyofasini yaratish, shahar va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turizm sohasi subyektlari, shu jumladan, zamonaviy mehmonxonalar sonini oshirish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy turoperatorlar uchun axborot turlarini amaliy tashkil etishni kengaytirish. Xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy turoperatorlar uchun axborot turlarini amaliy tashkil etishni kengaytirish hamda turizm sohasida zamonaviy kadrlarini tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda. Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, betakror tarixiy-madaniy va me’moriy meros obyektlari bilan sayyohlarni keng tanishtirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlantirishni ta’minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko`rsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari ro`yxatini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida: 1. 2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish Dasturi (keyingi o`rinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagi ustuvor yo`nalishlar bo`yicha uni samarali amalga oshirilishi ta’minlansin: yangi mehmonxonalar, madaniy-sog`lomlashtirish va savdo-ko`ngilochar markazlarini, turizmni rivojlantirish uchun zarur bo`lgan sharoitlarni yaratish bilan birga boshqa turistik infratuzilma obyektlarini qurish; umumiy ovqatlanish tizimini takomillashtirish va turistlar kechki bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazishlari uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan, qurilishi hisobiga zamonaviy restoranlar, o`zbek milliy musiqasining teatrlashtirilgan konsert dasturlarini o`tkazish, madaniy meros obyektlari hududida milliy urf-odat va an’analarni namoyish etish; aviareyslar va “Afrosiyob” elektropoyezdi reyslari sonini oshirish yo`li orqali, transport xizmati, avia va temiryo`l infratuzilmasini yaxshilash, Buxoro shahrining tarixiy qismi atrofida sayyohlarga xizmat ko`rsatuvchi ixtisoslashtirilgan kompaniyani tashkil etish, turistik namoyish obyektlariga olib boradigan avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruksiya qilish; Buxoro shahri hududini obodonlashtirish, shu jumladan Buxoro shahrining markaziy qismining batafsil planining yangilangan loyihasini tasdiqlash, shahar markazida ixtisoslashtirilgan suvenir va sovg`a do`konlari joylashtirilgan yangi “savdo” ko`chasini tashkil qilish, turistik infratuzilma obyektlarida bankomat va terminallarni o`rnatish, valyuta ayirboshlash punktlarini tashkil etish, butunjahon axborot Internet tarmog`idan foydalanishga keng imkoniyat ta’minlagan holda, sayyohlar gavjum bo`lgan joylarda Wi-Fi-zonalarni tashkil etish; “Ipak va ziravorlar”, “Qovun sayli”, “Shahar kuni”, “Sharq taomlari”, “Buxoro hunarmandlari” kabi festivallarni o`tkazish hisobiga keng qamrovli reklama kampaniyasini o`tkazish va Buxoro brendini targ`ib etish, xorijiy turistik tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun axborot turlarini tashkil etish hamda ommaviy va mashhur xorijiy telekanallarda mavjud turistik salohiyatni targ`ib qilish, butunjahon axborot Internet tarmog`idagi maxsus veb-saytlarda va mashhur ijtimoiy tarmoqlarda hududning tarixi, obidalar va yodgorliklarga bag`ishlangan maqolalarni joylashtirish; kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari, hududning turistik tarmog`i xodimlarini o`qitish va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish, sayyohlarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni keng jalb qilgan holda turistik faoliyati subyektlari va transport tashkilotlari xodimlari uchun seminarlar va mahorat darslarini (master-klass) o`tkazish orqali Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turistik tarmog`i uchun kadrlar tayyorlashni ta’minlash; yangi turistik yo`nalishlarni tashkil etish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish, shu jumladan, Shofirkon tumanidagi “Og`itma” ko`li atrofida turistik infratuzilmasini rivojlantirish, “Jayron” ekologik markazining “Qabul markazi”ni kapital ta’mirlash va uning atrofida hayvonot parkini tashkil etish, Peshku tumanidagi “Qoraqir” ko`lida ov, plyaj va sport turizmi bilan shug`ullanish uchun zarur sharoitlarni yaratish, “Afshona” muzeyi atrofidagi hududni obodonlashtirish va ixtisoslashtirilgan uy- shifoxonalarni qurish; 2017 — 2021-yillarda turizm xizmatlari eksporti hajmini 2,1 barobar, turistlar sonini esa 1,9 barobarga oshishini ta’minlash. 2. 2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish Dasturini amalga oshirish yuzasidan nazoratni ta’minlash bo`yicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruh (keyingi o`rinlarda — Ishchi guruh) tashkil etilsin. Ishchi guruh (A.N. Aripov): Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirishni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda o`z vaqtida va sifatli amalga oshirish; Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni bosqichma-boskich amalga oshirish bo`yicha “yo`l xaritalari”ni bir oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash; Dasturga kiritilgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalar, donor-mamlakatlarning kredit va grant mablag`lari, xalqaro moliya institutlarini jalb etish zimmasiga yuklansin. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ishchi guruhning asoslangan takliflari asosida, Dastur parametrlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish huquqi berilsin. 3. Buxoro viloyati hokimligi O`zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo`mitasi, Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan birgalikda: uch oy muddatda BUXORO shahrining tarixiy qismi va boshqa joylarida qulay muhit bo`lishni yaratishga yo`naltirilgan, shaharning tarixiy qismi hududida va boshqa joylarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan keng miqyosdagi obodonlashtirish hamda qurilish ishlari hajmi va parametrlaridan kelib chiqqan holda, Buxoro shahri markaziy qismining mufassal rejasiga belgilangan tartibda o`zgartirishlarni ishlab chiqsin va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura- shaharsozlik kengashiga ko`rib chiqish uchun taqdim etsin; Buxoro shahrining tarixiy qismini loyihalashtirish va moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishning uzoq muddatli konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchun YUNESKO va boshqa shu kabi donorlik tashkilotlari, Yevropa mamlakatlarining yetakchi ekspert-maslahatchilari jalb etsin. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi Buxoro viloyatining alohida qo`riqlanadigan tarixiy-madaniy hududlari — Buxoro shahrining tarixiy markazi va muhofaza ostidagi hududlarida, uning Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan noyob obyekt ekanligini hisobga olib, qurilish, ta’mirlash-tiklash va boshqa ishlarni amalga oshirishda Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish Konvensiyasi (Parij, 1972-y.) normalari hamda YUNESKO Butunjahon merosi Markazining tavsiyalariga muvofiq uning arxitekturasiga minimal aralashuv yuzasidan zarur choralar ko`rishga alohida e’tibor qaratsin. 4. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan konsepsiya asosida, uch oy muddatda 2018 — 2027-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining qayta ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshiriladigan tarixiy-madaniy merosi obyektlarining manzilli ro`yxatini hamda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining barcha moddiy madaniy meros obyektlarida qayta ta’mirlash va tiklash ishlarini yakunlashning aniq muddatlari ko`zda tutilgan tarmoq jadvalini tasdiqlash uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlarining texnik hamkorligi va grant hamda donorlik tashkilotlarining mablag`larini jalb etishda zarur ko`mak bersin. 5. O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Buxoro viloyati hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankining: Buxoro shahrida sayyohlar kechayu-kunduz bo`sh vaqtlarini maroqli o`tishiga to`laqonli sharoitlarni ta’minlash, uning hududida zamonaviy kam qavatli mehmonxonalar, madaniy-sog`lomlashtirish va savdo-ko`ngilochar markazlari qurilishi bilan birga, “Qadimiy Buxoro” turistik zonasini tashkil etish; Buxoro shahrining tarixiy qismida (“Shahriston” bozori hududida) milliy me’moriy an’analardagi uslub, bezaklarni qo`llagan hamda tarixiy ko`rinishini saqlab qolgan holda, ikki qavatli uylardan iborat an’anaviy hunarmandchilik ustaxonalari va milliy suvenirlar. zardo`zlik buyumlari, kitob mahsulotlari, meva va sabzavotlar, shirinliklar hamda sayyohlar o`rtasida talab yuqori bo`lgan boshqa mahsulotlar sotiladigan do`konlari mavjud hunarmandlar shaharchasi va usti yopiq bozor qurish borasidagi takliflari ma’qullansin. 6. Quyidagilar: O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki — “Qadimiy Buxoro” turistik zonasini qurish” loyihasini moliyalashtirish sxemasini tashkillashtirishni ta’minlovchi, shu jumladan, rossiyalik tadbirkor A.B. Usmonovning to`g`ridan to`g`ri investitsiyalarini va xayriya mablag`larini jalb qilish orqali vakolatli bank etib; “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki — “Buxoro shahrining tarixiy qismida hunarmandlar shaharchasi qurish” loyihasini amalga oshirish doirasida qurilgan obyektlarni sotib olish istagini bildiradigan hunarmandlar va tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli tijorat va ipoteka kreditlarini ajratilishini ta’minlovchi vakolatli bank etib belgilansin. 7. Belgilansinki, “Qadimiy Buxoro” turistik zonasini qurish” va “Buxoro shahrining tarixiy qismida hunarmandlar shaharchasini qurish” loyihalari O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankining maxsus tashkil etilgan tegishli investitsiya kompaniyalari (keyingi o`rinlarda — investitsiya kompaniyalari) tomonidan amalga oshiriladi. 8. O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Qadimiy Buxoro” turistik zonasini qurish” va “Buxoro shahrining tarixiy qismida hunarmandlar shaharchasini qurish” loyihalarini amalga oshirishning tashkiliy tadbirlari bo`yicha hukumat qarori loyihasini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasinlar. 9. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Qadimiy Buxoro” turistik zonasini qurish” va “Buxoro shahrining tarixiy qismida hunarmandlar shaharchasini qurish” loyihalarini amalga oshirish doirasida uskunalar, xomashyo, butlovchi buyumlar, qurilish va boshqa materiallarni sotib olish uchun investitsiya kompaniyalarining, shuningdek, “Qadimiy Buxoro” turistik zonasida faoliyat yurituvchi boshqa tadbirkorlik subyektlarining buyurtmanomalariga binoan mablag`larning o`z vaqtida konvertatsiya qilinishini ta’minlasin. 10. “Qadimiy Buxoro” turizm hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, investitsiya kompaniyalari 2020-yil 1-yanvargacha bo`lgan muddatda: yer solig`i, daromad solig`i, yuridik shaxslarning mulk solig`i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to`lovi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo`l jamg`armasi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg`armasiga majburiy to`lovlardan; belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxatlar bo`yicha O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan o`z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan asbob-uskuna, xomashyo, butlovchi buyumlar, qurilish va materiallari bojxona to`lovlaridan (bojxona yig`imlari bundan mustasno) ozod qilinsin. Belgilansinki, mazkur bandda ko`rsatilgan bojxona imtiyozlarini qo`llagan holda olib kirilgan asbob-uskunalar, xomashyo, butlovchi buyumlar, qurilish va boshqa materiallar olib kirilgandan so`ng uch yil mobaynida ular sotilgan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona to`lovlari qonunchilikda belgilangan tartibda to`liq hajmda undiriladi. 11. Buxoro viloyati hokimligi: O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi bilan birgalikda “Qadimiy Buxoro” turistik zonasi va hunarmandlar shaharchasining aniq chegaralarini (10 gektardan kam bo`lmagan) ikki oy muddatda belgilasin, shuningdek, ularni qurish uchun investitsiya kompaniyalariga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsin; O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki bilan birgalikda ishga tushirishning aniq muddatlarini belgilagan holda “Qadimiy Buxoro” turistik zonasi hududida va hunarmandlar shaharchasida quriladigan obyektlarning manzilli ro`yxatini uch oy muddatda tasdiqlasin; qonunchilikda belgilangan tartibda egalariga kompensatsiya to`lagan holda tarixiy va madaniy qiymatga ega bo`lmagan eski uy-joy va boshqa binolarning belgilangan tartibda buzilishini, shuningdek, Buxoro viloyati mahalliy budjeti hisobidan barcha zarur tashqi kommunikatsiya-muhandislik va kommunal infratuzilmalarning quriladigan obyektlarga yetkazilishini ta’minlasin; O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Buxoro viloyatining ziyoratgoh va qadamjolariga tashrif buyurish davomida Buxoro shahrining tarixiy qismida xorijiy va mahalliy sayyohlarning qulay va xavfsiz vaqt o`tkazishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlasin; O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda “Qadimiy Buxoro” turistik zonasida va shaharning boshqa joylarida turli shoular, tarixiy voqealarni namoyon etgan holda teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor jamoalari va zamonaviy estrada xonandalarining chiqishlari, modalar namoyishi va boshqa ko`ngilochar tadbirlarning tashkil qilinishini ta’minlasin; O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda “Qadimiy Buxoro” turistik zonasi va Buxoro shahrining tarixiy qismida ochiq “Wi-Fi” zonalari faoliyatini ta’minlasin. 12. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Arxitektura va qurilish davlat qo`mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda: savdo shahobchalari, mehmonxonalar, ko`ngilochar va boshqa sayyohlik namoyishi obyektlarini tashkil etish maqsadida foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obyektlarini investorlarga berish tartibini soddalashtirish bo`yicha uch oy muddatda taklif kiritsin, zarur hollarda moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni investitsiya majburiyatlarini olgan holda ijaraga berishga doir tadbirkorlik faoliyati subyektlarining takliflarini ko`rib chiqish bo`yicha sayyor yig`ilishlari o`tkazilishini nazarda tutsin; ichki hovlisining buzilgan qismini tiklash (tozalash) bo`yicha ishlarni 2021-yilga qadar yakunlashni ta’minlagan holda “Ark” majmuasini to`liq ta’mirlash bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan choralar ko`rsin. 13. O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda Sharq marvaridi bo`lgan noyob muzey-shahar sifatida Buxoro shahrining brendini ishlab chiqish hamda ommabop xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokida 2017 — 2019-yillarda “Muqaddas Buxoro — ma’rifiy Islom markazi” shiori ostida keng reklama kampaniyalarini o`tkazishni nazarda tutgan holda Buxoro shahri va Buxoro viloyatiga sayyohlar oqimini oshirish bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rsin. 14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Download 111.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling