O’quvchilarning aqliy tarbiyasi Reja


Download 442.49 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi442.49 Kb.
#1188014
Bog'liq
O\'quvchilarning aqliy rivojlanish


O’quvchilarning aqliy tarbiyasi
Reja: 
1.Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g’oyani shakllantirish o’quv-
tarbiya jarayonining tarkibiy qisimlari. 
2.O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
shakllantirishning tarkibiy qisimlari. 
3.Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 
4.Aqliy tarbiya vositalari. 

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar samarasi avvalombor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog’liq.
  
SH.M. Mirziyoev

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan 2017 yil 7 dekabr kuni “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy etishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi ma’ruzasi.


Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.
Aqliy tarbiya – shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni toʻplash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasnif-lash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektu-al koʻnikmalar, ya’ni har qanday fanni oʻrganishda qoʻllaniladigan umumiy oʻquv koʻnikmalari –oʻqish, tinglash, oʻz fi-krini ogʻzaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash boʻyicha zarur boʻlgan maxsus koʻnikmalar (chizma, haritalarni oʻqiy bilish, ularning na-tijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat.
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir.
Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy
tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi. Eng muhimi insonning olamga munosabati,
dunyodagi o‘rni, mohiyati, hayotiy yo‘nalishini, o‘zligini anglash kabi savollarga javob
beradi. 
Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaningyo‘lga qo‘yilishi, uning turliyo‘nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘z-o‘zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi.
Olimlar orasidagi ba’zi xilma-xillik aqliy rivojlanishda bilimlarning roli qandayligi haqidagi masalani keltirib chiqaradi. Masalan, A.N. Leontev bilimlar bilan aqliy rivojlanish, xuddi Shunday rivojlanish o‘rtasida aniq teng ishorasini qo‘yadi. Uning fikricha, insoniyat tajribasini “o‘zlashtirish” butunlay bola yashayotgan va rivojlanayotgan ijtimoiy Sharoitlarda qo‘lga kiritilganligi bilan xarakterlanadi.
Boshqa olimlar(E.N. Kabanov-Meller, V.A. Krutetskiy) bilimlarni ahamiyatini pasaytirmaydi, biroq uni mutlaqlashtirmaydi ham. Ular bilim aqliy rivojlanish sharti sifatida aks etadi, lekin uning tuzilishiga kirmaydi, deb hisoblashadi. Bu mualliflarning fikricha, aqliy rivojlanish faqatgina bilimni o‘zinigina emas, insonning mazkur bilimni yangi Sharoitlarda qo‘lga kiritish, qo‘llay olish, uzatish imkoniyatidan kelib chiqadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:
  • belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;
  • dunyoqarashni shakllantirish;
  • aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;
  • bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
  • shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish;
  • bilish faoliyatini shakllantirish;
  • doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’limiy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish;
  • ta’lim oluvchilarni bilish faoliyati metodlari bilan qurollantirish;
  • fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.

Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim.

  • Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim.
  • Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta’sir etish va oqibatlarning barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin.

Download 442.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling